#Ramazon_tuhfasi № 6
Aziz muxlislarning talab va istaklarini inobatga olgan holda UzReportTV telekanalida har kuni soat 18:00 da jonli efirga uzatilayotgan “Muborak oy suhbatlari” nomli savol-javob dasturini matnli ko'rinishda ham mutolaa qilishingiz mumkin.
Endilikda ushbu teledasturdagi taniqli ulamolarning fayzli suhbatlari va mo'min-musulmonlaring eng muhim savollariga javoblarni matnli ko'rinishda ham sayt va ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali e'lon qilib boriladi. Quyida Ramazon oyining birinchi kungi suhbat va savol-javoblar e'lon qilinadi.
Alloh taolo mo'min-musulmonlarimizga rushdi hidoyat, ulamolarimizga kuch-quvvat ato etsin.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Joriy yilning 6 fevral kuni Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanidagi “Shoh Tolib” masjidiga tumandagi masjid imom-xatiblari, noiblari, “Haj-2024” ziyoratchilari, MFY raislari, hojilar taklif qilindi.
Tadbirga O‘zbekiston musulmonlari idorasi Farg‘ona viloyati vakili, viloyat bosh imom-xatibi Ubaydulloh domla Abdullayev boshchilik qildi.
Tadbirning amaliy qismida mahallalarga kirilib, taklif, fikr-mulohazalar tinglandi. 100 ta xonadonning muammolari o‘rganilib, moddiy-ma’naviy ko‘mak berildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati