“Mystery Box” kompaniyasining 6 nafar mahoratli rejissor, operator kabi xodimlaridan tarkib topgan ijodiy guruh O'zbekiston sayyohlik salohiyatini tasvirga olib, uni AQSh bo'ylab keng targ'ib qiladi.
Tasvirga olish jarayonlari Poytaxtimizda joylashgan Toshkent teleminorasi, "Jasorat" monumenti, Amir Temur xiyoboni, Hazrati Imom majmuasi kabi diqqatga sazovor obektlaridan boshlanib, Chorsu bozorida ham olib borildi.
Shuningdek, ijodiy jamoa Qashqadaryo viloyatining Kitob va Shahrisabz tumanlaridagi diqqatga sazovor manzillari, jumladan, qadimiy Ipak yo'lining muhim yo'nalishlaridan sanalgan Taxtiqoracha dovoni va Shahrisabzning tarixiy markazi kabi turli turizm obektlarida tasvirga olish ishlari olib borildi.
Sahnalashtiruvchi rejessyor Uil'yam Gerrit Kampenhout boshchiligidagi “Mystery Box” kompaniyasi vakillari Samarqand viloyatidagi Amir Temur maqbarasi, Registon maydoni, Bibixonim masjidi, Ulug'bek rasadxonasi kabi manzillarda ham bo'lishdi. Shuningdek, Navoiy viloyatidagi, «Chashma» majmuasi, Nurota tabiati va antik-arxeologik yodgorlik – Nur qal'asi tasvirga olindi.
Endilikda tasvirga olish jarayonlari Hiva va Buxoro viloyatlarining qadimiy maskanlarida davom ettirish reja qilingan, xabar bermoqda uzbektourism.uz.
Ma'lumot o'rnida: Amerikaning “Mystery Box” – Utah (AQSh)da joylashgan bo'lib, turli fil'm, jumladan, hujjatli fil'm, televizion sahna, reklama, musiqiy klip, syujetli video, veb-saytlar yaratish kabi ko'plab video xizmatlar ko'rsatishga ixtisoslashgan kompaniya. Jumladan, UltraHD + hamda 8K formatlarida ham sifatli kontent ishlab chiqaradi. Kompaniya hozirda «“Mystery Box” Sony, Dell, Vizio, nVidia, Samsung, SES va Harmonic kabi yirik kompaniyalar bilan muvaffaqiyatli hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'ygan.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Shu yilning 6 fevral kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasida o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalarining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha yangi tayinlangan mudir (direktor) o‘rinbosarlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon Ishmatbekov, rais o‘rinbosari Muhammadolim Muhammadsiddiqov hamda Ta’lim va ilmiy-tadqiqot, Kadrlar va Ichki nazorat bo‘limlaridan vakillar ishtirok etdi.
Tadbirda yangi tayinlangan xodimlar ham tanishtirilib, ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama qilindi.
Yangi rahbar xodimlarga kerakli tavsiyalar berilib, xususan, yoshlarning axloqiy va ma’naviy tarbiyasiga alohida e’tibor qaratish, ularga milliy va diniy qadriyatlarimizni singdirish, zamonaviy ta’lim usullaridan samarali foydalanish masalalari eslatib o‘tildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati