Sayt test holatida ishlamoqda!
20 Dekabr, 2024   |   19 Jumadul soni, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:19
Quyosh
07:45
Peshin
12:26
Asr
15:16
Shom
17:00
Xufton
18:20
Bismillah
20 Dekabr, 2024, 19 Jumadul soni, 1446

Bir oyat tafsiri: Qur'on nozil bo'lgan oy

20.04.2021   1728   9 min.
Bir oyat tafsiri: Qur'on nozil bo'lgan oy

«Ramazon oyi – odamlar uchun hidoyat (manbai) va to'g'ri yo'l hamda ajrim etuvchi hujjatlardan iborat Qur'on nozil qilingan oydir. Bas, sizlardan kim bu oyda (o'z yashash joyida) hozir bo'lsa, ro'zasini tutsin. Kimki bemor yoki safarda bo'lsa, (tuta olmagan kunlarining)sanog'i boshqa kunlardandir. Alloh sizlarga engillikni istaydi, og'irlikni xohlamaydi. Bu – hisobni to'ldirishingiz hamda hidoyatga boshlagani uchun Allohga takbir (hamdu sano) aytishingiz va shukr qilishingiz uchundir» (Baqara, 185).

Alloh taolo yil oylari orasidan ramazon oyini maqtadi, Qur'onni nozil qilish uchun oylar ichidan uni ixtiyor qilgan.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytadilar: “Ibrohim alayhissalomga sahifalar ramazon oyining birinchi kechasi nozil bo'lgan, Tavrot ramazon oyining oltinchi kuni, Injil o'n uchinchi kuni nozil bo'lgan. Qur'oni karim esa Qadr kechasi nozil qilingan” (Imom Ahmad rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ramazon oyida Qur'onni to'liq Jabroil alayhissalomdan o'tkazib olar edilar. Vafot etadigan yillarida ikki marta o'tkazib olganlar.

Zuhriy rahimahulloh ramazon oyi kirsa: “Bu oy Qur'on tilovat qilish va taom berish oyidir”, deb aytardilar.

«...Odamlar uchun hidoyat (manbai) va to'g'ri yo'l hamda ajrim etuvchi hujjatlardan iborat Qur'on nozil qilingan oydir». Alloh taolo Qur'onni unga imon keltirgan, ergashgan va uni tasdiqlagan bandalar uchun hidoyat etib, uni tushunadiganlar uchun, ochiq-oydin dalil, hujjat qilib, haq va botilni, harom va halolni ajratib beruvchi Furqon etib nozil qildi.

Payg'ambarimiz sollallohu alayhi va sallam bunday deganlar: «Kim Alloh kitobidan bir harf o'qisa, unga bitta hasana bo'ladi. Bu bir hasana o'ziga o'xshagan o'nta hasana bilan birga bo'ladi. Men «Alif lam mim» bitta harf deb aytmayman. Balki, alif bir harf, lam bir harf va mim bir harfdir» (Imom Termiziy rivoyati).

Abdulloh ibn Mas'ud roziyallohu anhu aytadi: “Mana bu Qur'on Allohning odobnomasidir. Uning odobnomasidan imkoningiz boricha o'rganinglar. Bu Qur'on Allohning qat'iy ahdi, yorqin nur va foyda beruvchi shifodir. Unga amal qilgan kishiga salomatlik, unga ergashgan kishiga najotdir. Uning ajoyibotlari tuganmas, ko'p takrorlash bilan eskirmas. Uni o'qinglar, Alloh sizlarga uning har bir harfiga o'ntadan hasanot beradi. Men «Alif lam mim» bitta harf deb aytmayman. Balki, alif bir harf, lam bir harf va mim bir harfdir (Imom Hokim rivoyati).

Oysha roziyallohu anho aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Qur'onni mahorat bilan tilovat qiluvchi qori kiroman kotibinlar (yaxshi va yomon amallarni yozib turuvchi ulug' farishtalar) bilan (bir maqomda)dir. Qiynalib tilovat qiluvchiga ikki barobar ko'p ajr bo'ladi”, deganlar» (Buxoriy, Muslim, «Sunan» sohiblari, Ahmad va Ibn Hibbon rivoyati).

Abu Said Hudriy roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladi: «Alloh taolo: “Qur'on (tilovati) va Mening zikrim kimni Mendan so'rashdan mashg'ul qilib qo'ysa, unga so'rovchilarga beriladigan (narsalarning) eng afzalini ato etaman, deydi” (Imom Termiziy rivoyati). Dorimiy va Bayhaqiy rivoyatida: “Qur'on qiroati va Mening zikrim kimni Mendan so'rashdan mashg'ul qilib qo'ysa, unga so'rovchilarga beriladigan eng afzal savobni beraman”, deyilgan.

Abu Umoma Bohiliy roziyallohu anhu rivoyat qiladi: «Men Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Qur'on o'qinglar, zero, u qiyomat kuni o'z sohibiga shafoatchi bo'ladi”, deb aytganlarini eshitganman» (Imom Muslim va Imom Ahmad).

Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bunday deganlar: «Ro'za va Qur'on (qiyomat kuni) bandani shafoat qiladi. Ro'za aytadi: “(Ey Rabbim,) men uni kunduzi taom va shahvatlardan to'sdim, endi uni shafoat qilishim uchun izn ber”. So'ngra Qur'on aytadi: “(Ey Rabbim,) men uni kechasi uyqudan to'sdim. Endi uni shafoat qilishim uchun izn ber”. Bas, u ikkisiga (bandani) shafoat qilish imkoni beriladi» (Imom Hokim).

“Kim ramazon oyida hozir bo'lsa”, ya'ni muqim va sog'lom holda ramazon oyiga etib borsa, ro'za tutishi farz sanaladi. Safardagi odamga ro'za farz emas, ular ro'za tutish va tutmaslikda ixtiyorlidirlar.

«...Alloh sizlarga engillikni istaydi, og'irlikni xohlamaydi...» Bu oyatdagi “engillikdan” murod safarda ro'za tutmaslik, “og'irlik”dan esa safarda ro'za tutish nazarda tutilgan.

«...Bu – hisobni to'ldirishingiz hamda hidoyatga boshlagani uchun...». Safar yoki kasallik sababidan ro'za tutmaganlar safardan qaytgach yoki sog'aygach, qoldirgan ro'zalarining qazosini tutib bersinlar. Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhu bunday degan: “Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: “Oy yigirma to'qqiz kun ham bo'ladi”.

Hanafiy mazhabi bo'yicha, yangi oyning chiqqaniga ikki kishi guvohlik berishi lozim. Abu Yusuf rahimahulloh bunday degan: “Agar Shavvolning yangi oyi zavoldan keyin ko'rinsa, u kelayotgan tunning oyi sanaladi. Agar zavoldan oldin ko'rinsa, u o'tgan tunning oyi hisoblanadi”.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Eng boy kambag‘al oila

20.12.2024   666   4 min.
Eng boy kambag‘al oila

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuhu

Ba’zilar qashshoq oila yoki faqir jamiyatda hayot kechiradi. Bunday sinovli vaziyatda ona – farzandlariga qambag‘allikni yengishga va qashshoqlikdan ham ustun turadigan boy qadriyatlar borligini o‘rgatishi lozim. Ya’ni kambag‘allikda yashayotgan farzandlar onaning go‘zal tarbiyasi sababli o‘zlarini aslo kambag‘al deb bilmasliklari lozim.

Sizlarga so‘zlab beradigan hikoyam ham o‘z qizini “Qizalog‘im, sen boysan” deb go‘zal tarbiyalagan ona haqida bo‘ladi.

Ushbu hikoyani jajji qizaloq ulg‘ayganida so‘zlab bergan.

Yoshligimda qashshoqlikda yashaganimizga qaramasdan onam meni “Qizim, biz boymiz” deb katta qildilar. Kambag‘al oilada yashashimizni kattaroq sinfga o‘tganimda bilganman.

Onam hamisha kiyimlarimni pokiza, ozoda qilib qo‘yardi. Kechalari kiyimlarimni tikardi. Kiyimimda yamoqlar juda ko‘p bo‘lardi. Har kuni ertalab sochlarimni tarardi. Oyoq kiyimlarini ham tozalardi. Onamning g‘amxo‘rligi sababli men hech qachon o‘zimni kambag‘al oilaning farzandi deb hisoblamasdim.

Kunlarning birida maktabdagi darslarim tugaganidan so‘ng ikki sinfdoshim: “Sen kambag‘alsan” deb meni mazax qilishdi. Ularning aytgan so‘zlari menga og‘ir botdi, qattiq xafa bo‘ldim.

Uyga yig‘lab bordim. Uyimga yaxshilab razm soldim, uyimiz juda eski va ta’mirsiz edi. Ko‘p joylarni onam o‘z qo‘llari bilan ta’mirlab, bo‘yab qo‘ygandi. Muzlatgich ham bo‘m-bo‘sh edi. Onam maktbdan qaytganimdan beri meni kuzatib turgan ekan.

Muzlatgichda yeyishga yegulik ham yo‘q edi. Stol ustida onam menga tayyorlab qo‘ygan 3-4 bo‘lak non ham 4-5 kunlik edi. “Bu nimasi? Nahotki men kambag‘al ekanimizni bilmagan bo‘lsam. Biz haqiqatdan ham qashshoq ekanmiz”.

Onamning oyoqlariga yopishib olib: “Onajon biz kambag‘almizmi?” deb so‘radim. Men o‘zimcha onam meni aldashga urinib, meni yupatsa kerak deb o‘ylagandim. Ammo onam menga xotirjam qarab: “Kambag‘al? Biz kambag‘al ekanmizmi?! Yo‘q, jonginam biz aslo kambag‘al emasmiz”, dedi.

Onam oshxonaning pardasini ko‘tarib: “Tinch o‘ynab o‘tirgan ukalaring va singlingga bir qara. Ularning kulishini va mazza qilib o‘ynashayotganini, sog‘-salomat ekanini ko‘ryapsanmi? Bu narsa boshqalarning uyida yo‘q”, dedi-da, yugurib borib qo‘lida bir surat olib kelib, menga ko‘rsatdi: “Shu rasmni eslaysanmi? Yodingdami, barchamiz bir dasturxon atrofida tushlik qilgandik. Stol ustidagi loviya va nonni ko‘ryapsanmi? Rasmga chiroyli tabassum qilib tushgan ekanmiz”, dedi.

Keyin onam muzlatgichni ochib: “Ozgina bo‘lsa ham yeyishga loviyamiz bor. Ayrimlarning uyida shu ham yo‘q”, dedi.

Ha, agar qizalog‘im bizning pulimiz yo‘q, shuning uchun biz kambag‘almiz demoqchi bo‘lsang, to‘g‘ri pulimiz kam bo‘lishi mumkin, ammo bizda boshqalarda yo‘q ko‘p narsalarimiz bor. Ayrimlar biz kabi baxtli tabassum qila olmasligi mumkin. Biz baxtlimiz.

Boshqalarning boyligi bo‘lsa ham, sog‘lig‘i bo‘lmasligi mumkin. Biz esa sog‘-salomatmiz.

O‘zgalarning puli ko‘p bo‘lishi mumkin, lekin oila a’zolari bir-biriga ahil bo‘lmasligi va biz kabi bir-birini qattiq yaxshi ko‘rmasligi mumkin. Shunday ekan, aslo xavotir olma qizalog‘im, biz haqiqatdan ham boymiz. Bizda juda ko‘p boyliklar bor”.

Onam meni shu tariqa ko‘nglimni ko‘tarardi. Hayotda yengilmaslikka o‘rgatardi. Onam hamisha qornimni to‘yg‘izish bilan birga, menga ruhiy ozuqa ham berardi.

Farzandlarimizning yuzi hamisha umid tabassumidan porlab tursin. Ularning qalblari aslo kambag‘allikdan o‘ksimasin. Dilbandlarimizga Alloh bizga juda ko‘plab ne’matlarini beminnat berganini o‘rgataylik. Zero, Robbimizning karami keng Zotdir. U O‘zi xohlagan bandasining qalbini va rizqini keng qilib qo‘yadi.

MAQOLANING VIDЕOLAVHA SHAKLI

Davron NURMUHAMMAD

Maqolalar