Sayt test holatida ishlamoqda!
02 Oktabr, 2025   |   10 Rabi`us soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:03
Quyosh
06:21
Peshin
12:17
Asr
16:18
Shom
18:07
Xufton
19:19
Bismillah
02 Oktabr, 2025, 10 Rabi`us soni, 1447

Qozog'iston Markaziy Osiyodagi eng katta masjidni qurmoqda

19.04.2021   2713   1 min.
Qozog'iston Markaziy Osiyodagi eng katta masjidni qurmoqda

Nur Sulton hokimligi saytining xabar berishicha, Qozog'iston Respublikasida Markaziy Osiyodagi eng katta masjid qurilish jarayonidan olingan fotosuratlar e'lon qilindi. Bu haqda tengrinews.kz. nashri xabar berdi. Mamlakat poytaxtida Kabanbay botir va Mangilik el xiyobonlari oralig'ida yangi masjid qurilmoqda. Nur Sulton hokimi Oltoy Kulginov o'zining instagram sahifasida ushbu masjid Qozog'iston va Markaziy Osiyodagi eng yirik maskanga aylanadi, deya ma'lumot yozib qoldirgan.

Masjid gumbazining balandligi deyarli 90 metr, minoralar esa 130 metr balandlikda quriladi. Masjidning sig'imi 30 ming kishini tashkil qiladi. Hokimning ta'kidlashicha, qurilish Nursulton Nazarboyev nomidan homiylik mablag'lari hisobiga amalga oshirilmoqda.

«Bugun men masjid qurilish jarayoni bilan yaqindan tanishib chiqdim. O'z navbatida biz muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalar ustida ish olib bormoqdamiz. Jumladan, masjid hududi obod qilinadi va daraxtlar ekiladi. Kelajakda masjid nafaqat mamlakatimiz aholisiga, shuningdek, sayyohlar uchun ham diqqatga sazovor joylarga aylanadi», deydi Kulginov.

Hurshid Ma'ruf tayyorladi

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Salomlashganda bajariladigan sunnatlar

30.09.2025   2245   2 min.
Salomlashganda bajariladigan sunnatlar

Bismillahir Rohmanir Rohiym

1. Eng avval salom berish.

Sahobalar roziyallohu anhum Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan “Eng yashi amal qaysi?” deb so‘rashdi. Shunda U zot alayhissalom: “Taom ulashishing hamda tanigan-tanimaganingga salom berishing”, dedilar (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilariga bir kishi keldi va “Assalamu alaykum”, deb salom berdi. U zot unga javob qaytardilar va “O‘nta”, dedilar. Keyin yana bir kishi kelib, “Assalamu alaykum va rohmatulloh”, dedi. U zot unga ham javob qaytardilar va “Yigirmata”, dedilar. So‘ngra yana bir kishi keldi-da, “Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh”, dedi. U zot unga javob qaytargach, O‘ttizta, dedilar (Imom Abu Dovud rivoyati).

 

2. Ko‘rishgan kishi bilan xayrlashayotganda ham salom berish.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: Sizlardan birortangiz bir majlisga kelsa, salom bersin, qaytmoqchi bo‘lsa, yana salom bersin. Birinchi salom ikkinchisidan haqli emas (Imom Abu Dovud, Imom Termiziy rivoyati). Ya’ni, ikkinchi salomning ahamiyati birinchinikidan kam emas.

 

3. Tabassum bilan ro‘baro‘ bo‘lish.

Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytadilar: “Yaxshi amaldan biror narsani arzimas sanama, hatto birodaring yuziga ochiq chehra bilan yo‘liqishni ham” (Imom Muslim rivoyati).

 

4. Ikki qo‘l bilan ko‘rishish

“Ikki musulmon bir-birlariga yo‘liqib, qo‘l berib ko‘rishar ekan, ular hali ajralmay turib, albatta, ularning gunohlari mag‘firat qilinadi” (Imom Abu Dovud rivoyati).

 

5. Go‘zal so‘z so‘zlash.

Alloh taolo marhamat qiladi: “odamlarga shirinso‘z bo‘ling...” (Baqara surasi, 83-oyat)

Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Yaxshi so‘z sadaqadir”, deganlar (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).

 

Davron NURMUHAMMAD