Sayt test holatida ishlamoqda!
05 Iyul, 2025   |   10 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:12
Quyosh
04:56
Peshin
12:33
Asr
17:42
Shom
20:03
Xufton
21:39
Bismillah
05 Iyul, 2025, 10 Muharram, 1447

Ramazon oyi munosabati bilan qutlovlar

17.04.2021   2031   3 min.
Ramazon oyi munosabati bilan qutlovlar

Butun musulmon olami uchun muqaddas bo'lgan Ramazon oyi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev nomiga xorijiy mamlakatlarning davlat va hukumatlari, etakchi xalqaro tashkilotlar rahbarlaridan, taniqli din arboblaridan samimiy qutlovlar kelmoqda.

Maktublarda xorijiy hamkorlarimiz tomonidan O'zbekiston Prezidenti va ko'p millatli xalqiga chuqur hurmat-ehtirom bildirilib, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaklari izhor etilgan.

Quyidagilar o'z tabriklarini yo'llagan:

Ikki muqaddas masjid xodimi, Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud

Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi

Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy     

Qozog'iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev

Birlashgan Arab Respublikasi Prezidenti Halifa bin Zoid Ol Nahayon      

Tunis Respublikasi Prezidenti Qais Said       

Jazoir Halq Demokratik Respublikasi Prezidenti Abdulmajid Tabbun

Falastin Prezidenti Mahmud Abbos 

O'mon Sultoni Haysam bin Toriq Al Said 

Quvayt Amiri Navaf al-Ahmad al-Jobir as-Saboh 

Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II

Saudiya Arabistoni Podshohligi valiahdi, Vazirlar Kengashi raisi o'rinbosari, mudofaa vaziri Muhammad ibn Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud

Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Muhammad bin Roshid Ol Maktum

Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Oliy bosh qo'mondoni o'rinbosari, Abu-Dabi Amirligi valiahdi Muhammad bin Zoid Ol Nahayon

Islom hamkorligi tashkilotining bosh kotibi Yusuf al Usaymin 

Islom taraqqiyot banki guruhi prezidenti Bandar Hajar

Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Hodi Sulaymonpur

Misr Bosh imomi, Al-Azhar universiteti rahbari Shayx Ahmad Muhammad at-Tayyib.

 

Qutlovlar kelishda davom etmoqda.

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

“Profilingiz” sizni uyaltirib qo‘ymasin!

04.07.2025   2150   1 min.
“Profilingiz” sizni uyaltirib qo‘ymasin!

- Avvalo, ijtimoiy tarmoqlarga kirishdan maqsadingiz shunchaki vaqt o‘tkazish, ermak emas, balki boshqalarga manfaat ulashish, ulardan manfaat olish, ilmni oshirish, yaxshilikka chorlab, yomonlikdan qaytarish;

- Fahsh, harom, boshqalarga tegishli rasm va videolarini tarqatish tiyilish;

- Dinni, ulamolarni, shaxslarni, xalqlarni kamsitadigan, obro‘ to‘kishga qaratilgan maqola, rasm va videolarni post qilib qo‘ymang;

- Foydasiz tortishuvlarga kirishmang;

- Mish-mish aytuvchi, tarqatuvchi bo‘lmang! Ma’lumotlarni tarqatishdan oldin tekshirib, aniqlashtiring;

- Postlaringiz bilan odamlarga ilm-ma’rifat, yaxshilik ulashishga intiling va bu ishlarning barchasini Alloh taoloning roziligi uchun qiling;

- Yozayotgan, yuborayotgan, ulashayotgan har bir so‘zingiz oxiratda sizning zararingizga emas, foydangizga guvohlik beradigan so‘z bo‘lishiga diqqat qiling;

- Ijtimoiy tarmoqlardan me’yorida foydalaning! Ibodatni ado etish, oilaning nafaqasi, silai rahm, qo‘shniga yaxshilik qilish kabi zimmangizdagi mas’uliyatlaringizni unutib qo‘ymang;

- Postlarga “yoqdi” tugmasidan bosishdan oldin bu ish iymoningizga futur yetkazadimi yoki yo‘qmi, aniqlab oling! Gunoh bo‘lgan postlarga “yoqdi” tugmasini bosish iymonga salbiy ta’sir etadi;

- Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaringizni oxiratda Alloh taoloning huzurida, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning oldilarida xijolat bo‘lib qolmaydigan tarzda yuriting!

Norin tumani “Abu Iso at-Termiziy” jome masjidi

imom-xatibi Maxmudov Yosinxon.

Manba: @SOFTALIMOTLAR

MAQOLA