Turkiya Savdo vaziri Ruxsar Pekjan boshchiligidagi Turkiya delegatsiyasining O'zbekistonga tashrifi boshlandi. Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi xabar berdi.
Turkiya delegatsiyasining tashrifi dasturiga Investitsiya va tashqi savdo vazirligida, Davlat bojxona qo'mitasida muzokaralar o'tkazish hamda ikki mamlakat ishbilarmon doiralari ishtirokida davra suhbati kiritilgan. Unda bir qator iqtisodiy shartnomalar imzolash ko'zda tutilgan.
Hususan, Turkiya savdo vazirligi va O'zbekiston Davlat bojxona qo'mitasi o'rtasida bayonnoma, Turkiya savdo vazirligi va "O'zstandart" agentligi o'rtasida halol standartini akkreditatsiya qilish sohasidagi hamkorlik bo'yicha o'zaro anglashuv memorandumni imzolashga tayyorlashgan.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Shu yil 23 dekabr kuni Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti, Toshkent shahar va viloyatlar vakilliklarining huquqshunoslari, kadrlar masalalari bo‘yicha mutaxassislari uchun onlayn seminar-trening o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Kadrlar bo‘limi mudiri Salohiddin Sherxonov, Huquqshunoslik bo‘limi mudiri v.b. Jahongir Xotamov va Masjidlar bilan ishlash bo‘limi mudiri Muzaffar Kamolov huquqiy va hujjat yuritish bo‘yicha nutq qildilar. Jumladan, diniy tashkilotlar faoliyatida qonuniylikni ta’minlash, qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyatini barcha mas’ul xodimlarga yetkazish orqali ularning huquqiy savodxonligini muntazam ravishda oshirib borish masalalari muhokama qilindi. Shu bilan birga, qabul qilingan qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati ijrochilarga to‘liq yetkazish, mehnat qonunchiligiga oid hujjatlarni to‘g‘ri yuritish va mas’ul xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirib borish, huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, diniy soha xodimlarini qonunchilikdagi o‘zgarishlar to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qilib borish, kadrlar faoliyatiga oid buyruqlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish, hujjatlar almashinuvini to‘liq tizimlashtirish, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi tashkilotlarga o‘z vaqtida hisobot taqdim etish, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish kabi masalalarga ham urg‘u qaratildi.
Yig‘ilishda mutaxassislar tomonidan berilgan savollarga mas’ullar javob berish barobarida kelgusida amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati