2030 yili Ramazon oy ikki marta boshlanadi. O'sha yili Ramazon oyining birinchi vaqti – yanvar' oyida boshlanadi, ikkinchi vaqti esa shu yilning dekabr' oyida boshlanadi. Bunga sabab islomiy oy taqvimi yiliga 354 kunni tashkil etadi, shu bois har yili gregorian taqvimi bo'yicha islom taqvimi sanalari o'rtacha 11 kun orqaga suriladi.
Shunday qilib, 2030 yilga kelib yanvar' oyiga suriladi va keyingi muqaddas oy o'sha yilning dekabr' oxirida boshlanadi, deya xabar bermoqda IslamNews Birmingham Mail nashriga tayangan holda.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
Dunyoga muhabbatni ketkazish va oxirat g‘amini qalbda paydo qilishning yo‘li bor. Yigirma to‘rt soat ichidan ozgina vaqt ajrating, kechayu kunduzlarimiz g‘aflatda o‘tayotganini o‘ylang, o‘limni unutganimizni o‘ylang, hali Alloh taoloning huzurida hozir bo‘lishdan, buyuk hisob-kitobdan, jazo va mukofotdan g‘aflatda qolganimizni o‘ylang. Shu narsalar haqida o‘ylashga vaqt ajrating, bir kunmas bir kun o‘laman, keyin Alloh taoloning huzurida qanday qilib hisob beraman? So‘rovlariga nima deb javob qilaman?, deb o‘ylang. Shu o‘ylar har doim qalbda tirik tursin.
Agar kishi har kuni shu narsalarni fikrlab tursa, bor-yo‘g‘i bir necha haftada, inshaAlloh, dunyoga muhabbat qalbidan chiqib ketadi. Alloh taolo O‘zining rahmatidan barchamizga bu aytilganlarga amal qilish tavfiqini ato etsin, omin.
«Nasihatlar guldastasi» kitobidan