Sayt test holatida ishlamoqda!
25 Dekabr, 2024   |   24 Jumadul soni, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:22
Quyosh
07:47
Peshin
12:28
Asr
15:18
Shom
17:02
Xufton
18:22
Bismillah
25 Dekabr, 2024, 24 Jumadul soni, 1446

Dunyodagi yagona yog'och Qur'on Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo'g'onga hadya qilindi

9.04.2021   1222   1 min.
Dunyodagi yagona yog'och Qur'on Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo'g'onga hadya qilindi

Istanbuldagi "Adolat va taraqqiyot" partiyasi mahalliy bo'limining 7-yig'ilishida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo'g'on noodatiy sovg'a - yog'ochdan yasalgan Qur'on oldi. Qur'onning bu g'aroyib nusxasini 79 yoshli turk rassomi Munir Erbyoryu yaratgan. Qur'on 30 jilddan iborat. Har bir hajmning qalinligi 4,5 sm. Qur'on qayin yog'ochidan qilingan.

Islam.ru ma'lumotlariga ko'ra, muqova charmdan qilingan. Yog'och "sahifalar" da Qur'on matni kuydirish uslubi bilan tushirilgan. Bu dunyoda bunday texnikada qilingan yagona Qur'on. "Sahifalar qalinligi 3 mm bo'lgan qayin taxtachalaridan tayyorlangan. Rossiya va u bilan chegaradosh ayrim mamlakatlarda o'sadi. U erdan taxtalar olib kelindi. Uning yog'ochlari oq va qattiq bo'lgani uchun qayinni afzal ko'rdik", - deydi Munir Erbyoryu.

Rassom yog'ochga Qur'onni tushirganini gapirib berdi: "1978-1980 yillarda qo'limga kuydirish apparati tushib qoldi. O'sha paytda savdo bilan shug'ullanardim. Kechqurunlari uyga qaytgach, televizor tomosha qilmay, kuydirish bilan shug'ullandim. 1982-1983-yillarda katta qiziqish uyg'otgan ko'rgazmamni o'tkazdim. 1998 – yilda ustaxona ochdim. Hozir Turkiyaning turli burchaklarida shogirdlarim bor".

Sovg'ani olgach, Rajab Toyyib Erdo'g'on Munir Erbyoryuni sahnaga taklif qildi va unga minnatdorchilik bildirdi. Rassomning so'zlariga ko'ra, shaxsiy uchrashuv chog'ida u davlat rahbariga o'z tilaklarini bildirgan: "Prezidentim, iltimos, uni yaxshi joyda saqlang". "Albatta", - ishontirdi uni Erdo'g'on.

 

O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Huquqiy va hujjat yuritish bo‘yicha bilimlar boyitildi

24.12.2024   6362   1 min.
Huquqiy va hujjat yuritish bo‘yicha bilimlar boyitildi

Shu yil 23 dekabr kuni Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti, Toshkent shahar va viloyatlar vakilliklarining huquqshunoslari, kadrlar masalalari bo‘yicha mutaxassislari uchun onlayn seminar-trening o‘tkazildi. 

Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Kadrlar bo‘limi mudiri Salohiddin Sherxonov, Huquqshunoslik bo‘limi mudiri v.b. Jahongir Xotamov va Masjidlar bilan ishlash bo‘limi mudiri Muzaffar Kamolov huquqiy va hujjat yuritish bo‘yicha nutq qildilar. Jumladan, diniy tashkilotlar faoliyatida qonuniylikni ta’minlash, qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyatini barcha mas’ul xodimlarga yetkazish orqali ularning huquqiy savodxonligini muntazam ravishda oshirib borish masalalari muhokama qilindi. Shu bilan birga, qabul qilingan qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati ijrochilarga to‘liq yetkazish, mehnat qonunchiligiga oid hujjatlarni to‘g‘ri yuritish va mas’ul xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirib borish, huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, diniy soha xodimlarini qonunchilikdagi o‘zgarishlar to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qilib borish, kadrlar faoliyatiga oid buyruqlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish, hujjatlar almashinuvini to‘liq tizimlashtirish, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi tashkilotlarga o‘z vaqtida hisobot taqdim etish, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish kabi masalalarga ham urg‘u qaratildi. 

Yig‘ilishda mutaxassislar tomonidan berilgan savollarga mas’ullar javob berish barobarida kelgusida amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Huquqiy va hujjat yuritish bo‘yicha bilimlar boyitildi Huquqiy va hujjat yuritish bo‘yicha bilimlar boyitildi Huquqiy va hujjat yuritish bo‘yicha bilimlar boyitildi Huquqiy va hujjat yuritish bo‘yicha bilimlar boyitildi Huquqiy va hujjat yuritish bo‘yicha bilimlar boyitildi Huquqiy va hujjat yuritish bo‘yicha bilimlar boyitildi