Sayt test holatida ishlamoqda!
12 Iyul, 2025   |   17 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:19
Quyosh
05:01
Peshin
12:34
Asr
17:41
Shom
20:01
Xufton
21:34
Bismillah
12 Iyul, 2025, 17 Muharram, 1447

Masjid tomon bosilgan qadamlarning mukofoti

06.04.2021   1861   1 min.
Masjid tomon bosilgan qadamlarning mukofoti

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim o'z uyida tahorat qilib, Allohning uylaridan biriga Allohning farzlaridan birini ado etish uchun yurib borsa, uning ikki qadamidan biri ila xatosi o'chadi, boshqasi ila darajasi ko'tariladi», dedilar» (Muslim, Nasaiy va Termiziylar rivoyat qilganlar).

Hadisi sharifda yaxshi niyat bilan masjid tomon bosilgan har bir qadam behuda ketmasligi ajoyib uslubda vasf qilinmoqda.

Ehtimol, masjidga jamoat namoziga qatnaydigan har bir kishi ham o'zining qilayotgan amali naqadar ulkanligini tasavvur eta olmas. Agar haqiqatda tasavvur eta olmasa, Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ushbu hadisi shariflari ila yaxshilab tanishib olsin. Unday odam masjidga jamoat namozi o'qish uchun borish niyatida tahorat qilib, birinchi qadamini bosishi bilan bir gunohi yuviladi, ikkinchi qadamini bosishi bilan darajasi bir pog'ona ko'tariladi. Masjidga etib borgunicha har qadamda darajasi ko'tarilib boraveradi.

Tahorat va namoz uchun beriladigan savoblar, kechiriladigan gunohlar alohida bo'ladi. Shuningdek, darajalar masalasi ham o'ziga yarasha bo'ladi.

Demak, farz namozlarni doimo masjidda, jamoat ila ado qilishga urinishimiz, iloji boricha masjid tomon bosadigan qadamlarimizni ko'paytirishimiz lozim.

 

«Hadis va hayot» kitobidan

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Birgina gumonim uchun

11.07.2025   1757   1 min.
Birgina gumonim uchun

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Sufyon Savriy rahimahulloh aytadilar"Birgina gunohim uchun besh oy tahajjuddan mahrum bo‘ldim". “U qaysi gunoh edi?” deb so‘rashdi. "Yig‘lab duo qilayotgan kishini ko‘rib, ichimda: "Bu kishi riyo qilyapti", degandim…".

Imom Makhul rahmatullohi alayhi: "Bir kishini namozda ruku’ va sajda qilib, yig‘layotganini ko‘rdim va ichimda "u riyo qilyapti!" deb unga tuhmat qildim va o‘zim bir yil yig‘lashdan mahrum bo‘ldim". 

Maqolalar