Bugun, 9 noyabr' kuni O'zbekiston musulmonlari idorasining Namangan viloyat vakilligida viloyatda faoliyat ko'rsatayotgan masjidlar imom-xatiblari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.
Yig'ilishda Namangan shahridagi “Boqi Polvon” jome masjidi imom-xatibi vazifasida mehnat qilib kelayotgan Abdulloxon domla Samatov O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Holiqnazar hazratlarining buyruqlari bilan Namangan shahar bosh imom-xatibi va “Boqi Polvon” jome masjidi imom-xatibi vazifasiga tayinlangani e'lon qilindi.
Abdulloxon domla Samatovga Namangan shahar bosh imom-xatibi vazifasida fidokorona mehnat qilib, Namangan shahri imom-xatiblari bilan hamjihatlikda dinimiz ravnaqi yo'lida xizmat qilishlarida Alloh taolodan ulkan muvaffaqiyatlar tilandi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Namangan viloyat vakilligi
Matbuot xizmati
Savol: Namozga “Allohu akbar”, deb quloq qoqishda “Allohu akbar” dagi “r” ga kelganda ikki qo‘lni bosh barmog‘i quloq yumshog‘iga tegiziladimi? Shunday deb, eshitdim.
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Namozga kirishda avval ikki qo‘lni yuqoriga ko‘tarib, bosh barmoqlarni quloqning yumshoq joyiga tegiziladi. So‘ng “Allohu akbar”, deb, namozga kirishiladi.
Bu haqida Faqih Abu Ja’far rahimahulloh bunday zikr qilganlar: “Ikki kaftini ichki taraflari bilan qiblaga yuzlanadi va panjalari yozadi hamda qo‘llarini yuqoriga ko‘taradi. Qachonki, ikki bosh barmog‘i ikki quloqlarining yumshoq joylariga tegsa, “Allohu akbar” deb namozga shuru’ qiladi.
Shamsulaimma Saraxsiy rahimahullohga ko‘ra, barcha mashoyixlar shunga ittifoq qilganlar (“Muhiyt” kitobi). Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.