Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Mart, 2025   |   14 Ramazon, 1446

Toshkent shahri
Tong
05:18
Quyosh
06:37
Peshin
12:37
Asr
16:42
Shom
18:32
Xufton
19:44
Bismillah
14 Mart, 2025, 14 Ramazon, 1446

Moskvada islomiy adabiyotlar do'koni ochiladi

26.03.2021   1748   1 min.
Moskvada islomiy adabiyotlar do'koni ochiladi

Volga bulg'orlari Islomni qabul qilinganiga 1100 yil to'lishi arafasida “Barakat” islomiy kitoblar kontseptual chakana savdo do'konining ochilish marosimi Moskva jome masjidi hududida bo'lib o'tadi.

Islamnews.ru xabariga ko'ra, tadbir shu yil 1 aprel' kuni soat 13.00 da Moskva shahridagi Viepolzov ko'chasi, 7-uyda o'tkaziladi. Bu poytaxtdagi birinchi ixtisoslashgan musulmon adabiyoti do'konidir.

“Barakat” do'koni moskvalik va mehmonlarni zaruriy Islomiy adabiyotlar bilan ta'minlash uchun mo'ljallangan. Uning javonlarida Rossiya va Osiyo mamlakatlarining 15 dan ortiq tillarida chop etilgan kitoblar joy olgan. Ayni shu nomdagi kompaniyaning boshqa loyihalari – suvenir do'konlar, halol mahsulotlar bozori hamda tarixiy masjiddagi kiyim-kechak do'konini tashkil etishdan iborat.

Yangi kitob do'koni javonlarida Qur'oni karim, Islom shariati, aqida, Islom tarixi, Payg'ambarlar siyratlari, arab tili darsliklari, bolalar adabiyoti va boshqa mavzularga oid kitoblar o'rin olgan.

 

O'zbekiston musulmonlari idorasi
Halqaro aloqalar bo'limi

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

6-ju'z: Niso surasi 148-oyatidan Moida surasi 81-oyatigacha

07.03.2025   7849   1 min.

"(Ey Muhammad! Ushbu Qur’on) oyatlarini tafakkur qilishlari va aql egalari eslatma olishlari uchun Biz Sizga nozil qilgan muborak Kitobdir" (Sod surasi, 29-oyat).

Muhammad A’loxon qori Nuriddinov.