Sayt test holatida ishlamoqda!
10 Yanvar, 2025   |   10 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:48
Peshin
12:36
Asr
15:32
Shom
17:16
Xufton
18:35
Bismillah
10 Yanvar, 2025, 10 Rajab, 1446

Amir Temur kutubxonasi sirlari

22.03.2021   1604   7 min.
Amir Temur kutubxonasi sirlari

Dunyoda sirlarga o'rin yo'qdek tuyuladi. Biroq, farazlar va sarguzashtlarni sevuvchilarning tasavvurini uyg'otadigan narsa hali ham mavjud. Rossiyada olimlar Ivan Grozniyning kutubxonasini qayerdan izlab topish haqida bahslashayotgan bo'lsa, xuddi shunday topishmoqni Markaziy Osiyoda hal qilishga harakat qilinmoqda, deb xabar beradi "MIR" telekanali.

Bu yo qissa, yo afsonadir, Temuriylar sulolasidan bo'lgan O'rta Osiyo hukmdori, Temurning nabirasi va Sharqning eng buyuk olimlaridan biri – Mirzo Ulug'bekning yo'qolgan kutubxonasi haqidagi hikoyalar hayratlanarlidir.

Aslida kutubxonaning asl egasi Ulug'bek emas , balki sulolaning boshi -Amir Temurning o'zi edi.

Ma'lumki, Temur O'rta Osiyoning ko'p qismini, Kavkazni, shuningdek, Suriya, Iroq va Eron hududlarini bosib olgan. Ya'ni eng qadimgi tsivilizatsiyalar bir vaqtlar gullab – yashnagan hududlar-fors, ossuriya, bobil. Bu imperiyalarning barchasi jahon madaniyati rivojiga ulkan hissa qo'shgan.

Tarixchilarning guvohlik berishicha, Temur faqat zabt etilgan erlarni biriktirib, boyliklarini ko'paytirmagan. Harbiy kampaniyalardan quruvchilar, olimlar, hunarmandlar va, albatta, o'z davlatining poytaxti – Samarqandga kitoblar olib keldi. O'sha davrlarda fors tili adabiyot tili, arab tili esa din tili bo'lgan.

Temur tufayli O'rta Osiyoda paydo bo'lgan xazinalardan biri Usmon Qur'onidir. Asosiy manba (!) uch dunyo dinlaridan birining muqaddas kitoblaridan. Hozir kitob Toshkentdagi Mo'yi Muborak madrasasida saqlanmoqda va namoyish etilmoqda.

– Bu eng qadimgi Qur'on, kitob shaklida to'plangan ilk Qur'on, – deydi Usmon Qur'oni muzeyi direktori Farrux Hudoyberdiyev. – Qur'on ettinchi asrda yozilgan. Ya'ni bu islom tug'ilishining manbalaridir. Halifa Usmon davrida Qur'onning 6 nusxasi yozilgan. Halifa Usmon ulardan 5 nafarini Islom davlatining yirik shaharlariga yubordi. Biri uyida saqlandi. Hozir bizda aynan shu Qur'on nusxasi.

Aytishlaricha, bu Qur'onni o'qiyotib Halifa Usmon o'ldirilgan. Uning qoni hali ham bu muqaddas kitobning birinchi sahifalarida ko'rinadi."

Dastlab Qur'on matni og'izdan-og'izga o'tdi. Muqaddas matnni yoddan biladigan odamlarning ichki urushlari paytida ommaviy qirilib ketishi hamda uni birlashtirish uchun Halifa Usmon ibn Affon muqaddas kitobni yozishga buyruq bergan. Matnlar eski hijoziy arab yozuvida kiyik terisida yozilgan. Har bir sahifaning o'lchami 53 ga 68 santimetr.
"Hozir bu Qur'onda 338 sahifa bor", - deb izoh beradi Farrux Hudoyberdiyev. – Bu Qur'onning uchdan biri. Qolgan qismlar 1 400 yil davomida yo'qolgan. Uning uchdan bir qismi bizgacha etib keldi".

Demak, tarixchilarning fikricha, O'rta Osiyoga Usmon Qur'oni Amir Temur tufayli paydo bo'lib qolgan. Uni Iroqning Basra shahridan olib kelib, uzoq yillar kitob Samarqandda saqlangan. 1869 qadar. Chor Rossiyasi tomonidan O'rta Osiyoni bosib olgach, Turkiston general-gubernatori fon Kaufman Qur'onni Sankt-Peterburgga yuborishni buyurdi.

Muqaddas kitob 1924-yildagina O'zbekistonga qaytib keldi.
Ammo Usmon Qur'oni Amir Temur kutubxonasining javohiri bo'lganmi? Va umuman, kutubxona haqiqatan ham mavjudmi?

Toshkentdagi Sergey Yesenin adabiyot muzeyi tadqiqotchisi, yozuvchi va mahalliy tarixchi Boris Golenderning aytishicha, "bu kutubxonadan alohida kitoblar bor, hatto ular o'sha erdan kelgan degan yozuv bilan ham. – Lekin kitoblarning asosiy qismi yo'qolib ketgan. Uning qayerdaligini hech kim bilmaydi. Musulmon qo'lyozmalaridan tashqari, bu kutubxonada qadimgi yunon, suriya va arman qo'lyozmalari ham bo'lgan ekan. Amir Temur kitoblarning qadrini yaxshi bilardi. Aftidan, u bu xil boylikni Samarqandga olib borish kerak, degan buyruq chiqardi. Shuning uchun ular bu kutubxonaga kelib tushgan".

Mirzo Ulug'bek dunyodagi eng buyuk allomalardan biri edi. Butun Yevropa uning kitoblarini tarjima qildi. Ko'p jihatdan, kitoblarni qayta yozish an'anasi uning ilmiy va nafaqat asarlarining tarqalishiga yordam berdi. Bugun Registon maydonini bezab turgan Ulug'bekning shu madrasasida hattotlar o'z asarlarini ko'paytirdilar. O'sha davrda xattotlik o'quv dasturining majburiy qismi edi. Darvoqe, O'zbekistonda HH asr boshlarigacha kitoblar qayta yozilgan.

Hozirgi kunda O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Abu Rayxon Beruniy Sharqshunoslik institutida dunyodagi eng boy va noyob to'plamlardan biri – 25 ming 500 dan ortiq Sharq qo'lyozmalari mavjud. Ular orasida Transoksiana hukmdori Mirzo Ulug'bekning o'rta asrlardagi katalogi ham bor. Biroq, bu asl emas, balki ro'yxat.
Kitoblardan nusxa ko'chirish va shu tariqa ularni ko'paytirish an'anasi tufayli Mirzo Ulug'bekning matematika va astronomiyaga oid ilmiy asarlari hamda uning she'riyati avlod uchun saqlanib qolgan. Ho'sh, uning kutubxonasiga nima bo'ldi? Ulug'bekning fojiali o'limidan so'ng uning izlari izsiz yo'qoldi.
"Ehtimol, bu XV asrning oxirida sodir bo'lgan", - deydi yozuvchi va mahalliy tarixchi Boris Golender. - Keyin fuqaroldar, keyin esa umuman Shayboniylar (izoh - o'zbek hukmron sulolasi) Temuriylar davlatiga hujum qildi. Kimdir esa, ehtimol, Ulug'bekning izdoshlari ana shunday qimmatli kutubxonani yashirishga qaror qilishgan. Yashirishdi! Va tamom! Hozir uni topolmaymiz. Lekin bir kun kelib topilishiga ishonaman. Agar Afrosiyobni ko'rgan bo'lsangiz-bu ulkan maydon bo'lib, u bugungi kunda qazishmalar orqali atigi 10 foizga o'rganib chiqilgan. Shunday qilib, bunday kashfiyotlar u erda hali bo'lishi mumkin".

Afrosiyob Samarqanddagi maskan bo'lib, uning tuprog'i ostida bu abadiy shaharning tarixi yashiringan: Iskandardan tortib Chingizxongacha bu shaharni vayron qilgan. Temuriylar yangi Samarqandni eskisi atrofiga qurdilar. Afrosiyobning yana qanday sirlarini kim biladi? Mirzo Ulug'bek kutubxonasini izlab topish kerak bo'lgan boshqa versiyalari ham bor. Shu jumladan Samarqand yaqinida ham. Aytishlaricha, shahar ostida er osti tunnel' tizimi mavjud. Ko'p taxminlar bor. Hattoki kutubxona talon-taroj qilingan va yo'q qilingan degan ehtimol ham mavjud. Hozirgacha bu farazlarning hech biri tasdiqlanmagan yoki inkor etilmagan. Bu shuni anglatadiki, qidiruv davom etishi va ehtimol, bir kun kitob xazinasi dunyoga ochilishi ehtimoli bor.

O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Duolarning ta’sirlari bayoni

10.01.2025   1949   10 min.
Duolarning ta’sirlari bayoni

 - 58وَلِلدَّعَوَاتِ تَأْثِيرٌ بَلِيغٌ وَقَدْ يَنْفِيهِ أَصْحَابُ الضَّلاَلِ

 

Ma’nolar tarjimasi: Duolarning yetuk ta’siri bordir, gohida adashganlar uni inkor qiladilar.


Nazmiy bayoni:

Duolarning yetuk ta’sirlari bor,
Adashganlargina qilarlar inkor.


Lug‘atlar izohi:

لِ – jor harfi فِي ma’nosida kelgan.

دَعَوَاتِ – kalimasi دَعْوَةٌ ning ko‘plik shakli bo‘lib, lug‘atda “iltijolar” ma’nosini anglatadi. Jor va majrur mubtadosidan oldin keltirilgan xabardir.

تَأْثِيرٌ – xabaridan keyin keltirilgan mubtado.

بَلِيغٌ – sifat. Ushbu kalimada duoning ta’sirga sabab ekaniga ishora bor. Chunki ta’sir, aslida, Alloh taoloning yaratishi bilan vujudga keladi.

وَ – “holiya” ma’nosida kelgan.

قَدْ – “taqliliya” (cheklash) ma’nosida kelgan.

يَنْفِيهِ – fe’l va maf’ul. نَفِي kalimasi lug‘atda “bir chetga surib qo‘yish” ma’nosiga to‘g‘ri keladi.

اَصْحَابُ – foil. Bu kalima صَاحِب ning ko‘plik shakli bo‘lib, “lozim tutuvchilar” ma’nosiga to‘g‘ri keladi.

الضَّلاَلِ – muzofun ilayh. Ushbu izofada لِ jor harfi muqaddar bo‘lgan[1]. “Zalolat” kalimasi “to‘g‘ri yo‘ldan adashish” ma’nosida ishlatiladi.

 

Matn sharhi:

Duo lug‘atda “iltijo”, “o‘tinch” kabi ma’nolarni anglatadi. Istilohda esa “banda o‘zining faqirligini, hojatmandligini va muteligini hamma narsaga qodir bo‘lgan Alloh taologa izhor qilib, manfaatlarni jalb qilishni va zararlarni daf qilishni so‘rashi, duo deb ataladi”[2].

Mo‘min bandalarning qilgan duolarida o‘zlariga ham, agar marhumlar haqlariga duo qilayotgan bo‘lsalar, ularga ham manfaatlar yetadi. Duolarning ta’siri borligini adashgan kimsalargina inkor qiladilar. Matndagi “zalolatdagilar” degan so‘zdan mo‘taziliy toifasi ko‘zda tutilgan. Chunki mo‘taziliy toifasi bu masalada ham Ahli sunna val-jamoa e’tiqodiga zid da’volarni qilgan.

Duolarning ta’sirini inkor etadiganlar bir qancha dalillarni keltirishgan. Masalan, oyati karimalarda har bir insonga o‘zi qilgandan boshqa narsa yo‘qligi bayon qilingan:

“Insonga faqat o‘zi qilgan harakatigina (mansub) bo‘lur”[3].

Boshqa bir oyatda esa kishi o‘zining qilgan yaxshi ishlari tufayli mukofotga erishsa, yomon qilmishlari sababli jazolanishi bayon etilgan:

“Uning kasb etgani (yaxshiligi) – o‘ziga va orttirgani (yomonligi) ham o‘zigadir”[4].

Ushbu oyati karimalarda har bir kishining ko‘radigan manfaatlari boshqalarning qilgan duo va xayrli ishlaridan emas, faqat o‘zining qilgan ishlaridan bo‘lishi bayon qilingan, bu esa duolarning ta’siri yo‘qligiga dalolat qiladi, – deyishgan.


Duolarning ta’sirlarini inkor etuvchilarga raddiyalar

Duolarning ta’sirlarini inkor etuvchilar keltirishgan yuqoridagi va undan boshqa dalillariga batafsil javoblar berilgan. “Talxisu sharhi aqidatit-Tahoviy” kitobida quyidagicha javob kelgan: "Insonga faqat o‘zi qilgan harakatigina (mansub) bo‘lur" ma’nosidagi oyatda bayon qilinganidek, haqiqatda inson o‘z sayi-harakati va yaxshi fe’l-atvori bilan do‘stlar orttiradi, uylanib bola-chaqali bo‘ladi, insonlarga mehr-muhabbat ko‘rsatadi va ko‘plab yaxshi ishlarni amalga oshiradi. Shunga ko‘ra insonlar uni yaxshilik bilan eslab, unga Alloh taolodan rahmat so‘rab duo qilsalar, toat-ibodatlarning savoblarini unga hadya qilsalar, bularning barchasi birovning emas, aslida, o‘z sayi-harakatining natijasi bo‘ladi.

Ikkinchi dalil bo‘lgan "Uning kasb etgani (yaxshiligi) – o‘ziga va orttirgani (yomonligi) ham o‘zigadir", ma’nosidagi oyat ham yuqoridagi kabi oyat bo‘lib, har bir kishi o‘zining qilgan yaxshi ishining samarasini ko‘radi, qilgan ma’siyatiga ko‘ra jazolanadi, kabi ma’nolarni ifodalaydi. (Ya’ni “har kim ekkanini o‘radi”, deyilgani kabi)”[5].

Shuningdek, duo qilishning foydasi bo‘lmaganida mag‘firat so‘rashga buyruq ham bo‘lmasdi. Qur’oni karimda esa mag‘firat so‘rashga buyurilgan:

“Bas, (ey Muhammad!) Allohdan o‘zga iloh yo‘q ekanini biling va o‘z gunohingiz uchun hamda mo‘min va mo‘minalar(ning gunohlari) uchun mag‘firat so‘rang!”[6].

Shuningdek, vafot etib ketgan kishilar haqiga qilingan duolarda manfaat bo‘lmaganida, ularni eslab duo qilganlar Qur’oni karimda madh etilmasdi:

“Ulardan keyin (dunyoga) kelganlar: “Ey Robbimiz, bizni va bizdan avval iymon bilan o‘tgan birodarlarimizni mag‘firat qilgin, iymon keltirganlarga (nisbatan) qalbimizda nafrat (paydo) qilmagin. Ey, Robbimiz, albatta, Sen shafqatli mehribonsan”, – derlar”[7].

Shuningdek, vafot etganlarga janoza namozini o‘qish tiriklar zimmasiga vojib qilingan. Janoza namozida esa sano va salovot aytish bilan birgalikda “Ey Allohim, bizlarning tiriklarimizni ham, o‘liklarimizni ham mag‘firat qilgin”, ma’nosidagi duo o‘qiladi.

Mazkur dalillarning barchasida duolarning ta’siri borligi ko‘rinib turibdi. Shuning uchun inson vafotidan keyin ham o‘z haqiga xayrli duolar qilinishiga sabab bo‘ladigan yaxshi amallarni qilishi lozim.

Duo qilish bandaga foyda keltiradigan va undan zararlarni daf qiladigan eng kuchli sabablardan ekani Qur’oni karimda ham, hadisi shariflarda ham bayon qilingan:

“Parvardigoringiz: “Menga duo qilingiz, Men sizlar uchun (duolaringizni) ijobat qilay!” – dedi. Albatta, Menga ibodat qilishdan kibr qilgan kimsalar yaqinda tuban holatda jahannamga kirurlar”[8].

Ibn Kasir rahmatullohi alayh ushbu oyat haqida: “Alloh taolo bandalarini O‘ziga duo qilishga da’vat etgan va O‘z fazlu marhamati bilan qilgan duolarini albatta ijobat etishga kafolat bergan”, – degan. Oyati karimaning davomidagi “ibodatdan kibr qilganlar” esa Alloh taologa duo qilishdan takabburlik qilgan kimsalar deya tafsir qilingan. Hadisi shariflarda duoning qazoni qaytarishga sabab qilib qo‘yilgani bayon etilgan:

عَنْ سَلْمَانَ الْفَارْسِيِّ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ أَنَّ رَسُولَ الله صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قال لَا يَرُدُّ القَضاءَ إلا الدُّعاءُ وَ لَا يَزِيدُ فِي الْعُمُرِ إِلاَّ الْبِرُّ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ

Salmon Forsiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Qazoni faqatgina duo qaytaradi, umrni faqatgina yaxshilik ziyoda qiladi”, – dedilar (Termiziy rivoyat qilgan).

Sharh: Ushbu hadisda duoning bajariladigan ishlarga bog‘lab qo‘yilgan qazoni qaytarish sabablaridan ekani bayon qilingan. Zero, Alloh taolo amalga oshadigan barcha narsalarga azaliy sabablarni tayin qilib qo‘ygan. Solih amallar saodatga erishish uchun azaliy sabablar bo‘lsa, yomon amallar badbaxt bo‘lish uchun azaliy sabablardir. Shuningdek, yaxshilik, go‘zal xulqli bo‘lish, qarindoshlik aloqalarini uzmaslik kabi amallar ham azaliy sabablar qatoriga kiradi. Ana shunday azaliy sabablar yuzaga chiqarilgan paytda o‘sha sababga bog‘langan ishlar ham yuzaga chiqadi.

Imom Tahoviy[9] rahmatullohi alayh “Aqidatut Tahoviya” asarida quyidagilarni yozgan: “Tiriklarning duo va sadaqalarida o‘liklar uchun manfaatlar bordir. Alloh taolo duolarni qabul qiladi va xojatlarni ravo qiladi (deb e’tiqod qilamiz)”.


Keyingi mavzu:
Dunyoning yo‘qdan bor qilingani bayoni.

 


[1] Bu haqidagi ma’lumot 53-baytning izohida bayon qilindi.

[2] Doktor Ahmad Farid. Bahrur-Roiq. – Iskandariya: “Dorul Majd”, 2009. – B. 105.

[3] Najm surasi, 39-oyat.

[4] Baqara surasi, 286-oyat.

[5] Muhammad Anvar Badaxshoniy. Talxisu sharhi aqidatit-Tahoviy. – Karachi: “Zamzam babilsharz”, 1415h. – B. 192.

[6] Muhammad surasi, 19-oyat.

[7] Hashr surasi, 10-oyat.

[8] G‘ofir surasi, 60-oyat.

[9] Abu Ja’far Ahmad ibn Muhamad ibn Salama Tahoviy rahmatullohi alayh hijriy 239 yilda Misrning “Toha” shaharchasida tug‘ilgan.

Imom Tahoviy hanafiy mazhabidagi mo‘tabar olimlardan bo‘lib, “Sihohi sitta” mualliflari bilan bir asrda yashab faoliyat yuritgan. Bu zot haqida ulamolar ko‘plab maqtovli so‘zlarni aytganlar. Jumladan Suyutiy “Tobaqotul Huffoz” asarida: “Imom Tahoviy alloma, hofiz, go‘zal tasnifotlar sohibidir”, – degan. Zahabiy: “Kimki ushbu imomning yozgan asarlariga nazar solsa, bu zotning ilm  darajasi yuqori, ma’rifati keng ekaniga amin bo‘ladi”, – degan.

Imom Tahoviy tafsir, hadis, aqida, fiqh va siyratga oid ko‘plab asarlar yozib qoldirgan. Ularning ayrimlari quyidagilardir:

1. Ahkamul Qur’an (Qur’on hukmlari);

2. Sharhu ma’onil osor ( Asarlarning ma’nolari sharhi);

3. Aqidatut Tahoviya (Tahoviy aqidasi);

4. Bayonu mushkilil osor (Asarlarning mushkilotlari bayoni);

5. Sharhu jomeis sag‘ir (Jomeus sag‘ir sharhi);

Imom Tahoviy rahmatullohi alayh hijriy 321 yilda Misrda vafot etgan.