Sayt test holatida ishlamoqda!
08 Fevral, 2025   |   9 Sha`bon, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:07
Quyosh
07:27
Peshin
12:42
Asr
16:06
Shom
17:51
Xufton
19:06
Bismillah
08 Fevral, 2025, 9 Sha`bon, 1446

Turkiyada O'zbek taqiqotchisining "Fazoil-i Balx – Balx shahrining fazilatlari" kitobi chop etildi

17.03.2021   1336   3 min.
Turkiyada O'zbek taqiqotchisining

Kon'ya shahridagi Saljuqiylar universiteti ilmiy tadqiqotchisi Iqboljon Usmonov va uning ustozi Shamsiddin Kamoliddin hammuallifligidagi «Fazoil-i Balx – Balx shahrining fazilatlari» asarining ilmiy nashri «Generıs» nashriyoti tomonidan chop etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.

Asar 3 fasldan tashkil topgan bo'lib, 1-fasli Balx fazilatlari haqida aytilgan rivoyatlarni, 2-fasli Balx shahrining ta'rifini o'z ichiga olgan. 3-faslda esa Balx va uning atrofidagi qishloqlarda yashab ijod qilgan shayxlar va olimlar, shuningdek, turli davrlarda boshqa shaharlardan Balxga kelib, bu erda faoliyat olib borgan jami 70 ta mashhur shaxs haqida qimmatli biografik ma'lumotlar keltirilgan.

Yevropa mamlakatlari, Eron, Afg'oniston va O'zbekiston olimlari «Fazoil-i Balx – Balx shahrining fazilatlari» kitobi bo'yicha ilmiy izlanishlar olib borgan. Jumladan, Iqboljon Usmonov ham ushbu asarni o'rganib, ikkita ilmiy maqola e'lon qildi va 2011 yilda Saljuqiylar universitetida “Fazoil-i Balx” asari Markaziy Osiyo xalqlari tarixiga oid muhim manba” mavzusida magistrlik dissertatsiyasini yoqladi.

O'quvchilar diqqatiga havola etilayotgan ushbu kitob “Fazoil-i Balx” asarining 1- va 2-fasllarining tarjimasi, ilmiy izohlar va sharhlarni o'z ichiga olgan. Tarjima «Fazoil-i Balx» asarining tanqidiy matnini o'z ichiga olgan Abdulhay Habibiy nashri (Tehron, 1350/1971) asosida amalga oshirildi. Asar matnining tarjimasi Balx shahrining tarixi va uning tarixiy topografiyasiga oid ma'lumotlardan iborat.

So'z boshi, ilmiy izohlar va sharhlarni Sh.Kamoliddin, asar va uning muallifi haqidagi ma'lumot va fors tilidan tarjimani I.Usmonov amalga oshirgan.

Ma'lumot uchun, Balx shahrida yashab ijod qilgan Safiy ad-Din Abu Bakr Abdulloh ibn Umar ibn Muhammad ibn Dovud al-Vo'iz al-Balxiy hijriy 610 (milodiy 1213-14 yy.) yilda arab tilida «Fazoil-i Balx» nomli asarini yozib tugallagan. Ushbu asarning arab tilidagi nusxasi bizgacha etib kelmagan. Lekin o'sha davrda asar o'zining qimmatli ma'lumotlari bilan ilm ahlining katta qiziqishiga sabab bo'lgan. Shu sababli ushbu kitob hijriy 676 (milodiy 1277-78 yy.) yilda Abdulloh ibn Muhammad ibn al-Qosim al-Husayniy ibn al-Husayniy tomonidan fors tiliga tarjima qilingan. Keyinchalik asarning forscha matn bir nechta xattotlar tomonidan to'ldirilgan. Shu holda 3 nusxada bizgacha etib kelgan.

Mazkur kitob 2021 yilning ilk oylarida o'zbekistonlik yosh tadqiqotchilar tomonidan Turkiyada nashrdan chiqarilgan ikkinchi kitob bo'ldi.

Avval xabar qilganimizdek, joriy yil fevral' oyida O'zbekiston Halqaro islom akademiyasi va Anqara universiti bitiruvchisi, falsafa doktori (PhD) Abdulmalik Tuychiboyev tomonidan tayyorlangan “Muxtasar Favoyid ar-Rustufag'niy” asarining ilmiy-tanqidiy nashri Istanbuldagi “Haşimî Yayınları” nashriyotida chop etilgandi.

 

O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Taklif va fikr-mulohazalar tinglandi

7.02.2025   2094   1 min.
Taklif va fikr-mulohazalar tinglandi

Joriy yilning 6 fevral kuni Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanidagi “Shoh Tolib” masjidiga tumandagi masjid imom-xatiblari, noiblari, “Haj-2024” ziyoratchilari, MFY raislari, hojilar taklif qilindi.

Tadbirga O‘zbekiston musulmonlari idorasi Farg‘ona viloyati vakili, viloyat bosh imom-xatibi Ubaydulloh domla Abdullayev boshchilik qildi. 

Tadbirning amaliy qismida mahallalarga kirilib, taklif, fikr-mulohazalar tinglandi. 100 ta xonadonning muammolari o‘rganilib, moddiy-ma’naviy ko‘mak berildi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Taklif va fikr-mulohazalar tinglandi Taklif va fikr-mulohazalar tinglandi Taklif va fikr-mulohazalar tinglandi Taklif va fikr-mulohazalar tinglandi Taklif va fikr-mulohazalar tinglandi
O'zbekiston yangiliklari