Hindistonning etakchi sayyohlik nashrlaridan biri «Travel Jingles» jurnali tomonidan Dehli shahrida tashkil etilgan «Travel in New Normal» nomli seminarda respublikamiz turizm salohiyati xususida so'z yuritildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.
Mamlakatimiz elchixonasi ma'lumotiga ko'ra, tadbirda Dehli shahrida akkreditatsiyadan o'tgan diplomatik korpus vakillari, Hindistonning etakchi sayyohlik kompaniyalari va OAV vakillari ishtirok etdi.
O'zbekistonning Hindistondagi elchisi Dilshod Axatov tadbir qatnashchilariga mamlakatimizning turizm salohiyati, pandemiya davrida sohani qo'llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar, xavfsiz turizmni ta'minlash doirasida yo'lga qo'yilgan ishlar va erishilgan yutuqlar bo'yicha batafsil ma'lumot berdi.
Joriy yil 5 mart kunidan boshlab «Toshkent-Dehli-Toshkent» yo'nalishidagi aviaqatnovlarning haftasiga ikki marotaba tashkil etilayotgani alohida e'tirof etildi va bu mamlakatlar o'rtasida sayyohlar oqimining oshishiga xizmat qilishi ta'kidlandi.
Tadbir davomida O'zbekistondagi turizm sohasi yo'nalishlari, hududlar kesimidagi turizm salohiyati keng yoritilgan ingliz tilidagi broshyura va jurnallar ishtirokchilarga taqdim etildi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Mir Arab oliy madrasasida Buxoro davlat universiteti bilan hamkorlikda alloma ajdodlarimizdan bo‘lgan Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Boburning ijodini o‘rganishga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Unda Oliy madrasaning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Mustafo Xodjayev, Bahouddin Naqshband jome masjidi imom xatibi Abdug‘ofur Razzoqov, Buxoro davlat universiteti O‘zbek adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi Azimjon Hamidov, ustoz va talabalar ishtirok etdi.
Abdug‘ofur Razzoqov Mir Alisher Navoiy hayoti va ijodi, qoldirgan ilmiy merosi, asarlaridagi yaxshilik, go‘zallikka targ‘ib masalalari, buyuk mutafakkirning nafaqat turkiy, balki, forsiy tilda qilgan ijodining bugungi kundagi ahamiyati haqida so‘zladi.
Azimjon Hamidov esa shoir, adib, olim, sarkarda, yirik davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Boburning hayot yo‘li, asarlari, Vatan sog‘inchi tarannum etilgan asarlariga to‘xtaldi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati