Samarqandda o'tkazilgan Imom Buxoriy merosini o'rganishga bag'ishlangan xalqaro anjuman ishtirok etgan Afg'oniston Islom Respublikasi Irshod, haj va vaqf ishlari vaziri va Tojikiston Islom markazi raisi boshchiligidagi delegatsiya a'zolari “Afrosiyob” tezyurar poyezdida Buxoroga etib kelishdi.
Mehmonlarni Buxoro viloyati hokimi o'rinbosari E.Majidov, Buxoro viloyati bosh imom-xatibi J.Elov va boshqa mutasaddilar kutib olishdi.
Tashrif davomida mehmonlar Buxoroning diqqatga sazovor joylari, muborak qadamjolarida, jumladan, “Sayyid Amir Kulol”, “Hazrati Muhammad Bahouddin Naqshband”, buyuk fiqhshunos olim, Imom Buxoriyning zamondoshi bo'lgan “Abu Hafs Kabir” zyoratgohlarida bo'ldilar. Ushbu qadamjolardagi me'moriy ansanbillar, allomalarning yozgan asarlari bilan yaqindan tanishdilar.
Shundan so'ng mehmonlar O'rta Osiyoda Somoniylar davri me'morchiligining nodir namunalaridan biri bo'lgan tarixiy obida “Ismoil Somoniy” me'moriy ansambilini ko'zdan kechirishdi. Keyin Movarounnahrda qurilgan ilk masjid Masjidi Kalon tarixiy me'moriy majmuasi bo'lishdi.
Sayohat davomida qardosh xalqlar ulamolari Buxoroi azimdagi allomalar beshigi bo'lgan “Mir Arab” o'rta maxsus Islom bilim yurti faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Mir Arab madrasasi Minorai Kalon va Masjidi Kalon bilan go'zal bir me'moriy majmuani tashkil etadi. Ushbu bilim dargohi shahardagi madrasalardan ikki ulkan moviy gumbazi bilan ajralib turadi.
Shuning bilan Tojikiston va Afg'oniston ulamolarining Islom tamadduniga ulkan hissa qo'shgan, buyuk madaniy ma'naviy tarixga ega, osmon ostidagi madrasalar yurti bo'lmish Buxoro shaxriga tashrifi yakuniga etdi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Buxoro viloyat vakilligi
matbuot xizmati
O‘tgan 2024 yil davomida ko‘hna shaharga 1 million 745 ming 200 nafardan ziyod xorijiy sayyoh tashrif buyurgan bo‘lib, ularga ko‘rsatiladigan xizmatlar orqali turizm eksporti 436,3 million AQSH dollariga yetkazilgan. Shu bilan birga, respublika hududlaridan Buxoroga 4 milliondan ziyod mahalliy aholi sayohat maqsadida tashrif buyurgan.
Shaharning sayyohlik salohiyatini yaxshilash maqsadida o‘tgan yili 74 ta joylashtirish vositasi, jumladan, 17 ta mehmonxona, 15 ta xostel, 42 ta oilaviy mehmon uyi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, hududda 43 nafar yangi turoperator-turagent ish boshlashi natijasida ularning soni 2023 yildagi 143 dan 186 nafarga yetgan.
Tohir ISTATOV(surat),O‘zA