Sayt test holatida ishlamoqda!
20 Iyun, 2025   |   24 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:50
Peshin
12:30
Asr
17:40
Shom
20:03
Xufton
21:41
Bismillah
20 Iyun, 2025, 24 Zulhijja, 1446

Erkinjon Turdimov Afg'onistondagi vazirlik medali bilan taqdirlandi

16.03.2021   2543   1 min.
Erkinjon Turdimov Afg'onistondagi vazirlik medali bilan taqdirlandi

Bugun Samarqandda o'tkazilgan “Imom Buxoriy merosining o'ziga xos xususiyatlari va bugungi kundagi tarbiyaviy ahamiyati” mavzusidagi xalqaro anjumanda sovg'a almashish chog'ida Afg'oniston Islom Respublikasi Irshod, haj va vaqf ishlari vaziri Muhammad Qosim Halimiy viloyat hokimi E.Turdimovga vazirlikning esdalik medalini topshirdi.

Vazirning qayd etishicha, E.Turdimov ushbu vazirlik medaliga sazovor bo'lgan ilk o'zbekistonlikdir.

O'zA

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Eng afzal sadaqa - suv ulashish

18.06.2025   7099   1 min.
Eng afzal sadaqa - suv ulashish

Sa’d ibn Uboda roziyallohu anhu aytadilar: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: “Yo Rasululloh, onam vafot etdi. Onamning nomidan biror narsa sadaqa qilsam bo‘ladimi? Qaysi sadaqa afzal?” deb so‘radim. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: (odamlarga) Suv ulashish”, dedilar (Imom Nasoiy rivoyati).

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Bir kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib, "Yo Allohning Rasuli! Onam to‘satdan jon taslim qildi. Vasiyat qila olmadi. O‘ylaymanki, agar gapira olganida, sadaqa qilgan bo‘lar edi. Endi uning nomidan sadaqa qilsam, unga ajr bo‘ladimi?" dedi. U zot alayhissalom: "Ha", dedilar» (Imom Muslim rivoyati).