8 noyabr kuni Shayxontohur tumanida joylashgan “Baland” jome masjidini Madaniy meros agentligi mutasaddilari, Toshkent shahar Madaniy meros boshqarmasi mutaxassislari, shuningdek, masjidining mas'ul vakillari ishtirokida obektni restavratsiya hamda ta'mirlash-tiklash bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar o'rganildi. “Baland” masjidi 1857 yilda qurilgan bo'lib, hozirda obekt davlat mulki hisoblanadi.
Madaniy meros agentligining Ilmiy ekspert kengashi tomonidan 2023 yilning 6-8 aprelida bo'lib o'tgan yig'ilishida ushbu qurilish ishlarini amalga oshirish loyihasi ko'rib chiqilib, belgilangan tartibda ma'qullangan edi.
Binoning tarixiy qismiga shikast etkazmagan holda, Toshkent shahar Madaniy meros boshqarmasi nazorati ostida atrofini rekonstruktsiya qilish bo'yicha ishlarni amalga oshirishga ruxsat berilgan.
Sardor Poyonov
O'zA
Alloh taolo aytadi: “Kim Allohga taqvo qilsa, U unga (tashvishlardan) chiqish yo‘lini (paydo) qilur”, (Taloq surasi, 2-oyat).
Izoh:
- Ibn Abbos roziyallohu anhu oyati karimaning “chiqish yo‘li” qismini “dunyo va oxiratdagi har turli tashvishlardan uni qutqaradi”, deb tafsir qilganlar.
- Ali ibn Solihga ko‘ra, “chiqish yo‘li” Alloh taoloning o‘sha bandaga rizq berish bilan uni xushnud etishidir.
- Kalbiy oyatni bunday tafsir qiladi: “Kim musibat paytida sabr qilib, Allohdan qo‘rqsa, Parvardigor unga do‘zax otashidan jannat sari bir chiqish yo‘li ko‘rsatadi”.
- Abul Oliya oyatni: “Turli mashaqqat va tashvishlardan chiqish yo‘li”, deya sharhlagan bo‘lsa,
- Rabi’ ibn Haysam: “Odamni siqadigan hamma narsadan unga chiqish yo‘li ko‘rsatadi”, shaklida tafsir qilgan.
- Husayn ibn Fazlga ko‘ra, oyat tafsiri bunday: “Kim farzlarni ado etish borasida Allohdan qo‘rqsa, Alloh unga jazolanishdan qutulish yo‘lini ko‘rsatadi”.