Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Iyul, 2025   |   19 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:21
Quyosh
05:02
Peshin
12:34
Asr
17:40
Shom
19:59
Xufton
21:33
Bismillah
14 Iyul, 2025, 19 Muharram, 1447

Sug'urta o'rniga takoful kirib kelmoqda...

06.03.2021   1535   4 min.
Sug'urta o'rniga takoful kirib kelmoqda...

Joriy yilning 3-mart kuni Toshkent shahridagi "Hilton" mehmonxonasida "O'zbekistonda islom moliyasi va takaful" mavzusida anjuman bo'lib o'tayotganligi haqida azon.uz saytida xabar berilgandi.

Ushbu anjumanda Apex Insurance tashkiloti tomonidan mamlakatimizda Islom moliyasi tamoyillariga muvofiq sug'urta xizmatlari - Takafulni taqdim etish bo'yicha yangi loyiha - Apex Takaful taqdimoti bo'lib o'tdi. Shuningdek, bir necha yildan buyon o'zaro yordam loyihasi mamlakatimizda faoliyat olib bormoqda. O'tkazilgan tadbir haqida soha mutaxassisi Muzaffar Husniddinovning fikrlari bilan qiziqdik:
—  Anjumanda bir qator mavzular yoritildi. Shular orasida Takaful - islomiy sug'urta mavzusi ko'pchilikni diqqat e'tiborida bo'ldi. Avvalo Takaful, sug'urta va o'zaro yordam nima, degan savolga javob bersak.

Islom sug'urtasi turli shakllarda amalga oshirilishi mumkin, jumladan takaful, vaqf, o'zaro yordam jamg'armalari va o'zaro sug'urta ko'rinishida. Misol uchun, “takaful” arabcha so'z bo'lib “o'zaro kafolatlash” ma'nosini bildiradi va O'zbekiston qonunchiligida ko'zda tutilgan, fuqaro va tashkilotlar tomonidan muayyan pul mablag'larini birlashtirish yo'li bilan, amalga oshirilishi mumkin bo'lgan ikki tomonlama sug'urtaga mos keladi. Ushbu sug'urta turi ayrim mamlakatlarda vaqf ko'rinishida ham qo'llanib kelinmoqda. Bundan moliyaviy mahsulot yoki tizimning nafaqat nomiga, balki uning shakli va tamoyillariga ham e'tibor qaratish muhimligini anglashimiz mumkin.  

Takaful to'g'ri amalga oshirilishi uchun maxsus sug'urta jamg'armasi tuziladi. Jamg'arma a'zolari oldindan e'lon qilingan tartib-qoidaga ko'ra sug'urta uchun badallarni ehson sifatida jamg'armaga kiritishadi, jamg'arma esa o'z mulkiga aylangan ushbu mablag'lar hisobidan a'zolarining kelishilgan zararlarini qoplab turadi. Yil yakunida sug'urtadan ortgan mablag'larning bir qismi jamiyat nizomidagi tartib-qoidalar asosida keyingi yillar zaxirasiga olib qo'yilishi yoki a'zolar o'rtasida taqsimlanishi, vaqf shaklida tuzilgan jamg'armaning qoldig'idan esa muhtojlarga moddiy yordam ham ko'rsatilishi mumkin.
 
Ko'p hollarda savol tug'iladi: Islomiy sug'urta faqat musulmonlar uchunmi? 
—   Yo'q bu musulmon va musulmon bo'lmagan barcha uchun mo'ljallangan. Shuning uchun ham bu soha Yevropa va AQSh kabi noislomiy o'lkalarda ham jadallik bilan rivojlanib bormoqda. Chunki bu tizimning judayam ko'p afzalliklari bor va bu haqda Azon.uz saytida ham bir qator maqolalar e'lon qilingan.


Takafulni amalga oshirish tizimi haqida to'xtalib o'tsak. Jamg'arma boshqaruvi odatda tijorat tashkilotiga topshiriladi. Bunda boshqaruvchi tashkilot jamg'armaga egalik qilmaydi, balki jamg'arma faoliyatini vakil sifatida boshqaradi va o'zining xizmatlari evaziga jamg'armadan haq olish huquqiga ega bo'ladi. Bunda, boshqaruvchi tashkilot va jamg'arma a'zolari o'rtasida manfaatlar qarama-qarshiligi yuzaga kelmaydi, chunki jamg'arma hisobidan zararlarni to'lamaslikdan boshqaruvchi tashkilot hech qanaqasiga manfaatdor bo'lmaydi. Shu o'rinda bir narsani ta'kidlash lozim: jamg'armaning tovon to'lovidan ortgan qismi jamg'arma va uning a'zolari ixtiyorida qoldiriladi, ya'ni boshqaruvchi tashkilot tasarrufiga o'tkazilmaydi.
Ba'zida ko'rilgan zarar taxmin qilingan ko'rsatkichlardan yuqori bo'lib qolishi va shu sababli jamg'arilgan badallar zararlarni qoplashga etmay qolishi mumkin. Shunday paytlarda tovon to'lovi uchun kerak bo'lgan mablag' jamg'armaning boshqaruvchi tashkilotidan qarz yoki boshqa o'zaro sug'urta jamiyatlaridan (avvalroq tuzilgan kelishuv asosida) yordam sifatida olinadi.
Olingan qarzlar keyingi yillardagi sug'urta to'lovlaridan ortgan zaxira hisobidan qaytariladi. Agar boshqa jamg'armalardan, ularga oldindan badal o'tkazib turish hisobiga, yordam puli olingan bo'lsa, ushbu yordam puli qaytarilmaydi, dedi Muzaffar Husniddinov.

Anjumanda:
 — O'zbekistonda islom moliyasi rivojlanishining istiqbollari;
— Investitsiyalarni sug'urtalash va eksportni moliyalashtirish;
—   Hususiy sektorni rivojlantirish va uning O'zbekistondagi loyihalari;
— Jahon miqyosidagi takaful va uning O'zbekistondagi istiqbollari mavzulariga ham to'xtalib o'tildi.

Islomiy moliya islom aqidasi bilan chambarchas bog'liq. Bu bog'liqlik iqtisodiy faoliyati va moliviy muomalotida musulmonni to'g'ri yo'naltirib boradi. Barcha amaliyotlarida xotirjam va sokin bo'lishini taminlaydi. 

 

azon.uz

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Dunyo va oxiratdagi tashvishlardan qutilish yo‘li

11.07.2025   4804   1 min.
Dunyo va oxiratdagi tashvishlardan qutilish yo‘li

 Alloh taolo aytadi: “Kim Allohga taqvo qilsa, U unga (tashvishlardan) chiqish yo‘lini (paydo) qilur”, (Taloq surasi, 2-oyat).

Izoh:
- Ibn Abbos roziyallohu anhu oyati karimaning “chiqish yo‘li” qismini “dunyo va oxiratdagi har turli tashvishlardan uni qutqaradi”, deb tafsir qilganlar.

- Ali ibn Solihga ko‘ra, “chiqish yo‘li” Alloh taoloning o‘sha bandaga rizq berish bilan uni xushnud etishidir. 

- Kalbiy oyatni bunday tafsir qiladi: “Kim musibat paytida sabr qilib, Allohdan qo‘rqsa, Parvardigor unga do‘zax otashidan jannat sari bir chiqish yo‘li ko‘rsatadi”.

- Abul Oliya oyatni: “Turli mashaqqat va tashvishlardan chiqish yo‘li”, deya sharhlagan bo‘lsa,

- Rabi’ ibn Haysam: “Odamni siqadigan hamma narsadan unga chiqish yo‘li ko‘rsatadi”, shaklida tafsir qilgan.

- Husayn ibn Fazlga ko‘ra, oyat tafsiri bunday: “Kim farzlarni ado etish borasida Allohdan qo‘rqsa, Alloh unga jazolanishdan qutulish yo‘lini ko‘rsatadi”.