Sayt test holatida ishlamoqda!
02 Aprel, 2025   |   4 Shavvol, 1446

Toshkent shahri
Tong
04:44
Quyosh
06:05
Peshin
12:32
Asr
16:57
Shom
18:52
Xufton
20:07
Bismillah
02 Aprel, 2025, 4 Shavvol, 1446

Buxoroda madaniy meros ob'ektlarini ta'mirlash-tiklashda turkiyalik restavrator qatnashadi

06.03.2021   1405   1 min.
Buxoroda madaniy meros ob'ektlarini ta'mirlash-tiklashda turkiyalik restavrator qatnashadi

So'nggi yillarda madaniy meros ob'ektlarini asrash, ularni restavratsiya va konservatsiya qilish yo'nalishi bo'yicha ko'plab dasturlar ishlab chiqilmoqda.

Mazkur dasturlarga asosan Buxoro viloyatidagi yuzga yaqin moddiy madaniy meros ob'ektini ta'mirlash rejalashtirilmoqda.  

Bunday keng ko'lamli ishlarni amalga oshirishda xorijdagi soha mutaxassislari bilan hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi. An'anaviy me'morchiligi tarixiy obidalarimiz uslubiga nisbatan yaqin bo'lgan Turkiya, Eron kabi davlatlar bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatish ko'zda tutilgan.

Yurtimizdagi milliy arxitektura yodgorliklari bilan tanishish, kelajakda ularni restavratsiya qilish bo'yicha loyihalarni ishlab chiqish va asrashga doir ishlarni amalga oshirish istiqbollarini o'rganish maqsadida Turkiyaning “HF ARCHITECTURE” kompaniyasi bosh arxitektori, madaniy meros ob'ektlari bo'yicha mutaxassis Hakan Chifki viloyatga tashrif buyurdi.  

Tashrif davomida xorijiy mutaxassis O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega bo'lgan ob'ektlarni qurish, rekonstruktsiya, restavratsiya qilish va mukammal ta'mirlash Direktsiyasining viloyatdagi vakili Sh.Obidov, Madaniy meros departamenti viloyat madaniy meros boshqarmasi boshlig'i Sh.Mahmudov va viloyatdagi malakali arxitektor Z.Klichev, usta-restavrator B.Bobomurodov bilan uchrashdi.

Mehmon Buxoro shahridagi restavratsiya qilinishi rejalashtirilgan yigirmadan ortiq madaniy meros ob'ektlari bilan tanishtirildi.

 

Zarif Komilov, O'zA

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Yoshlar ongini himoyalash yo‘lida

28.03.2025   7954   1 min.
Yoshlar ongini himoyalash yo‘lida

Joriy yilning 27 mart kuni Mir Arab oliy madrasasida Jaholatga qarshi ma’rifat mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Mir Arab o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi o‘qituvchi va talabalari ishtirok etishdi. 

Asosiy ma’ruzachi sifatida ishtirok etgan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi dots.nt, siyosiy fanlar doktori Bektosh Berdiyev bugungi kunda yuzaga kelayotgan radikallashuv jarayonlari, ularning yoshlar ongu-tafakkuriga ko‘rsatayotgan salbiy ta’sirlari, bugun yoshlarimizni jamiyatimizni ushbu salbiy ta’sirlardan himoya qilishning vazifalari va texnologiyalari haqida so‘z yuritdi. 
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Yoshlar ongini himoyalash yo‘lida Yoshlar ongini himoyalash yo‘lida