الوَاحِدُ
Yagona, bitta. U zot zotida ham, sifatlarida, ishlarida ham yagonadir.
الصَّمَدُ
Hech kimga hojati tushmaydi, barchaning hojati Unga tushadi.
القَادِرُ
Cheksiz qudrat sohibi. U zot har bir narsaga qodirdir. Har bir ish unga osondir.
المُقْتَدِرُ
Juda ham qudratli.
المُقَدِّم
Oldinga suruvchi. U zot xohlagan shaxs va narsani xohlagan shaxs va narsasidan oldinga suradi.
المُؤَخِّر
Orqaga suruvchi. U zot xohlagan shaxs va narsani, xohlagan shaxs va narsasidan orqaga suradi.
الأَوَّلُ
U hamma narsadan avval, ya'ni, barcha mavjudotlar yo'qligida Alloh bor edi.
الْآَخِرُ
Hamma narsa yo'q bo'lib ketganda ham, Uning o'zi qoladi.
الظَّاهِرُ
Uning mavjudligi oshkor, ochiq-oydindir. U hamma narsadan zohir-ustundir.
الْبَاطِنُ
Ko'zlar ko'rolmaydigan; barcha yashirin narsalarni biluvchi.
Barcha narsani boshqaruvchi. Himoya qiluvchi
المُتَعَالِي
Qudrati, ulug'ligi har narsadan ulug'; har narsani bo'ysundiruvchi
البَرُّ
Yaxshilik qiluvchi.
التَّوَابُ
Bandalarni tavbaga yo'llovchi va ularning tavbasini qabul qiluvchi.
المُنْتَقِم
Zolim va osiylarni jazolovchi.
العَفُوّ
Afv qiluvchi.
الرَّؤُوفُ
O'ta mehribon.
مَالِك المُلْك
Koinotdagi barcha mulkning yagona egasi.
ذُو الجَلاَل و الأِكرَام
Koinotdagi barcha mulkning tanho egasi.
المُقْسِط
Adolati ila mazlumlarga nusrat va zolimlarga jazo beruvchi.
الجَامِع
Odamlarni qiyomat kuni jamlovchi.
الغَنِيُّ
Behojat. Uning hech kimga va hech narsaga hojati tushmaydi.
المُغْنِي
Behojat qiluvchi. U zot o'z bandalaridan xohlaganini behojat qilib qo'yadi.
المَانِع
Hohlagan bandasini boylikdan mahrum etuvchi. Asraguvchi.
الضَّار
Hohlaganiga zarar qiluvchi.
النَّافِع
Manfaat beruvchi.
النُّور
Munavvar, nurli etuvchi.
الهَادِى
Hidoyat qiluvchi.
البَدِيع
Narsalarni yo'qdan yaratuvchi
البَاقِي
Mangu, boqiy qoluvchi. U doimiy bordir.
الوَارِثُ
Mavjudotlar yo'q bo'lganda ham boqiy qoluvchi Zot.
الرَّشِيد
To'g'ri yo'lga yo'llovchi.
الصَّبُور
O'ta sabrli. Gunohkorlarni azoblashga shoshilmaydi.
Davron NURMUHAMMAD
Xolid ibn Valid roziyallohu anhu yoshlari o‘tib, keksayib qolgan chog‘larida Mus'hafi sharifni olib, yig‘lab turib shunday der edilar: “Jihodlar bilan ovora bo‘lib seni o‘qiy olmay qoldik”.
Bu qandayin go‘zal uzr! Xo‘sh, biz o‘zimizni nima deb oqlaymiz?! Xolid ibn Valid roziyallohu anhu shundayin gap aytdilar, ammo biz nima deymiz?! Qiyomat kunida “Qur’oni karim o‘qishdan seni nima chalg‘itdi?!” – deb so‘ralsak, nima deb javob beramiz?! Toki u bizni zararimizga emas, foydamizga hujjat bo‘lishi uchun ko‘ksimizga bosib, kechayu kunduz tilovat qilib bormaymizmi?! Axir Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Alloh taoloning zikrini lozim tut, Qur’oni karim tilovatida mahkam bo‘l. Chunki bu sening osmondagi ruhing, yerdagi zikringdir” [1], deganlar.
Quroni karim oyatlarini tadabbur qilmasdan, ma’nolari haqida fikr yuritmagan holda, hech qanday tushunchasiz ko‘p tilovat qilish asosiy maqsad emas. Agar inson bir necha oyatni tadabbur qilsa, tafsir kitoblariga murojaat etsa yoki tafsir darslariga qatnashsa, ma’nolarni o‘zlashtirsa va ularga amal qilsa, bu ishi o‘sha inson uchun ulkan yaxshilik, xayr-baraka bo‘ladi.
Imom G‘azzoliy hazratlari bunday deydilar: “Qur’on siz so‘rashingiz mumkin bo‘lgan va u sizning so‘rovlaringizga javob bera oladigan tirik Rasuldir. Siz unga quloq solsangiz, u sizni qondiradi”.
Qalblari iymon nuri ila qorishib ketgan zotlar uchun, albatta, Qur’onda shifo bordir. Yana Qur’oni karimda sarosima, shaytoniy vasvasalar, nafsu havoga ergashishdan saqlovchi shifo bor. Qur’on o‘qigan paytimizda bizni farishtalar qurshab oladi va ular ham bizga qo‘shilib Rahmon bo‘lgan Zotning oyatlariga quloq tutadi. Samo farishtalari tuni bilan Qur’onga qoim bo‘ladigan yer farishtalariga yaqinlashadilar. Endi ayting-chi, odamlar uxlayotgan paytda, tun qorong‘usida biz Qur’on tilovat qilyapmizmi?! Yeru osmonlar Robbi bizga quloq soladigan darajada oyatlarini tilovat qilyapmizmi?!
Alloh taoloning shifo oyatlari quyidagilardir:
«...Va mo‘min qavmlarning ko‘ngillariga shifo beradir» (Tavba surasi, 14-oyat).
«Ey odamlar! Sizga o‘z Rabbingizdan mav’iza, ko‘ksingizdagi narsaga shifo, mo‘minlarga hidoyat va rahmat keldi» (Yunus surasi, 57-oyat).
«Biz Qur’onni mo‘minlar uchun shifo va rahmat o‘laroq nozil qilurmiz...» (Isro surasi, 82-oyat).
«...U iymon keltirganlar uchun hidoyat va shifodir...» (Fussilat surasi, 44-oyat).
«...Unda (asalda) odamlar uchun shifo bordir...» (Nahl surasi, 69-oyat).
«Bemor bo‘lganimda menga shifo beradigan ham Uning O‘zi» (Shuaro surasi, 80-oyat).
Qur’oni karimni tilovat qilish, eshitish, amal qilish va har bir ishda undagi hukmlarga tayanib ish ko‘rishdan chetlashmang!
Hasson Shamsiy Poshoning
“Jannat bo‘stonidagi oilaviy oqshomlar” nomli kitobidan
G‘iyosiddin Habibulloh, Ilhom Ohund, Abdulbosit Abdulvohid tarjimasi.
[1] Imom Ahmad rivoyati.