Sayt test holatida ishlamoqda!
12 Iyul, 2025   |   17 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:19
Quyosh
05:01
Peshin
12:34
Asr
17:41
Shom
20:01
Xufton
21:34
Bismillah
12 Iyul, 2025, 17 Muharram, 1447

Amirlar taxtga o'tirishdan oldin Buxorodagi qaysi avliyo qabrini ziyorat qilgan?

02.03.2021   1855   3 min.
Amirlar taxtga o'tirishdan oldin Buxorodagi qaysi avliyo qabrini ziyorat qilgan?

Vatanimiz tarixidagi 2 mart sanasi bilan bog'liq ayrim voqealar bayoni.

1389 yil (bundan 632 yil oldin) – avliyo, naqshbandiya tariqatining asoschisi Bahouddin Naqshband vafot etdi. Bu voqea haqida Saloh ibn Muborak al-Buxoriyning “Anis at-tolibin” (“Toliblarning suhbatdoshi”) asarida quyidagicha qayd etilgan: “Alouddin Attor aytmishlar: Hazrat Bahouddin Naqshbandning o'limlari oldidan men Qur'oni karimning Yosin surasini o'qirdim. Suraning yarmiga etganda (Bahouddin Naqshband vujudlaridan) nurlar shu'la socha boshladi. Bir ozdan so'ng jonlari uzildi. Yoshlari etmish to'rtda edi, dushanba kechasi rabiulavval oyining uchinchi kuni, (hijriy) etti yuz to'qson birinchi yil (milodiy 1389 yil 2 mart)”.

Bahouddin Naqshbandning qabri ziyoratgoh hisoblanadi. Ilgari amirlar taxtga o'tirishdan oldin, safarga chiqayotganda va qaytayotganda albatta Bahouddin Naqshband daxmasini ziyorat qilishgan. Bahouddin Naqshband vafotidan keyin naqshbandiya tariqati keng yoyildi. O'n beshinchi asrda Ho'ja Ahror Ubaydulloh Valiy bu tariqatning eng yirik rahnamosi sifatida maydonga chiqdi. Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Boborahim Mashrab kabi shoirlar ham naqshbandiya tariqatida edilar.

1992 yil (bundan 29 yil oldin) – O'zbekiston Respublikasi jahon hamjamiyatining teng huquqli a'zosi sifatida Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ga qabul qilindi. Shundan so'ng 1993 yil 24 oktyabrda Toshkentda Holid Malik boshchiligida BMTning vakolatxonasi ish boshladi.

O'zbekistonning BMT bilan o'zaro hamkorligining ustuvor yo'nalishlari bu – mintaqaviy xavfsizlik, tahdidlarga qarshi kurashish, ekologik muammolarni bartaraf etish, ta'lim, fan va madaniyatni rivojlantirish, milliy an'analar, tarixiy shaxslar merosi va me'moriy yodgorliklarni asrash, qayta tiklash, ularni umumbashariy qadriyatlar sifatida jahon tsivilizatsiyasiga qo'shgan hissasini e'tirof etish kabilardir.

1992 yil (bundan 29 yil oldin) – Namangan viloyatining Mingbuloq qishlog'i yaqinida burg'ulash ishlari olib borilayotgan paytda 5 ming 237 metr chuqurlikdan kuchli neft' favvorasi otilib chiqdi – nodir neft' koni ochildi.

1999 yil (bundan 22 yil oldin) – O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “9 mayni Hotira va qadrlash kuni deb e'lon qilish to'g'risida”gi farmoni qabul qilindi.

2001 yil (bundan 20 yil oldin) – O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Temir yo'l transportini monopoliyadan chiqarish va aktsiyalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmoni imzolandi.

2020 yil (bundan 1 yil oldin) – O'zbekiston Respublikasining “Halqaro xususiy huquq bo'yicha Gaaga konferentsiyasi Ustavini (Gaaga, 1951 yil 31 oktyabr') ratifikatsiya qilish haqida”gi Qonuni qabul qilindi.

2020 yil (bundan 1 yil oldin) – O'zbekiston Respublikasining “Mahalla tizimi xodimlari kunini belgilash to'g'risida”gi Qonuni qabul qilindi. Unga muvofiq, 22 mart Mahalla tizimi xodimlari kuni etib belgilandi.

Alisher EGAMBYeRDIYeV
tayyorladi

Maqolalar
Boshqa maqolalar

“Usmon mus'hafi” matnini tadqiq qilish muhokama etildi

11.07.2025   5976   2 min.
“Usmon mus'hafi” matnini tadqiq qilish muhokama etildi

2025 yil 10 iyul kuni Qur’oni Karim xodimi, ustoz, shayx Alijon qori Fayzulloh Maxdum boshchiligida «Qur’on va tajvidni o‘rgatish» bo‘limi xodimlari O‘zbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasiga tashrif buyurishdi.


Ma’lumki, kutubxonada turli mavzudagi nodir qo‘lyozma asarlar, Qur’oni Karim qo‘lyozma nusxalarining namunalari saqlanadi. Mana shunday nodir manbalardan biri Hazrati Usmon mus'hafi hisoblanadi. Qur’oni Karimning ushbu noyob va qadimiy qo‘lyozma nusxasi tadqiqotchilar va keng jamoatchilikning doimiy e’tiborida bo‘lib kelgan.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2023 yil 22 dekabr kuni o‘tkazilgan Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida muzeylar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha yetti yillik dastur qabul qilinishi e’lon qilindi. Ushbu yig‘ilish davomida berilgan topshiriqlar bo‘yicha 50-son Bayonnomaning 47-bandida Muqaddas kitob – Usmon Qur’oni sahifalarining konservatsiya va restavratsiya qilinishini ta’minlash belgilangan. Mazkur dasturni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi qo‘llab quvvatlovi ostida xorijlik mutaxassislar, jumladan, Kembrij universitetidan Kristine Rose, fransiyalik restavratorlar Aksell Deleau va Koraliye Barbe, Istanbul qo‘lyozmalar ustaxonasi va arxiv bo‘limi mudiri Nil Baydar Usmon mus'hafini bosqichma-bosqich ta’mirlash rejasini ishlab chiqib, kelgusida muhofaza qilish bo‘yicha tavsiyalarni berdilar. Jumladan, «yengil restavratsiya ishlari»ni amalga oshirishdan avval Hazrati Usmon Qur’oni sahifalarini skaner qilish va matnini kodikologik tadqiq qilish bo‘yicha yo‘nalishlar belgilab olindi.


Ushbu xayrli ishlarning davomi sifatida O‘zbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasida Hazrati Usmon Mus'hafi matnini kodikologik tadqiq qilish bo‘yicha muhim yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda «Qur’on va tajvidni o‘rgatish» bo‘limi mudiri shayx Alijon qori Fayzulloh va Kutubxona mudiri Kamoliddin Mahkamov boshchiligida bo‘lim xodimlari ishtirok etishdi. Yig‘ilishda «Mo‘yi muborak» madrasa-muzeyida saqlanayotgan Hazrati Usmon Mus'hafining tarixi va bugungi kundagi ahamiyati haqida so‘z yuritilib, uni kelajak avlodlar asrab-avaylashga xizmat qiladigan muhim masalalar muhokama qilindi. Jumladan, Hazrati Usmon Qur’oni sahifalari va fondda saqlanayotgan 1905 yilda Sankt-Peterburgda olingan nusxasini kodikologik tadqiq qilish bo‘yicha taklif va mulohazalar bildirilib, kelgusida qilinadigan ishlar rejalashtirildi. 

AlQuranuz

“Usmon mus'hafi” matnini tadqiq qilish muhokama etildi “Usmon mus'hafi” matnini tadqiq qilish muhokama etildi “Usmon mus'hafi” matnini tadqiq qilish muhokama etildi “Usmon mus'hafi” matnini tadqiq qilish muhokama etildi “Usmon mus'hafi” matnini tadqiq qilish muhokama etildi “Usmon mus'hafi” matnini tadqiq qilish muhokama etildi “Usmon mus'hafi” matnini tadqiq qilish muhokama etildi “Usmon mus'hafi” matnini tadqiq qilish muhokama etildi