Sayt test holatida ishlamoqda!
04 Iyul, 2025   |   9 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:11
Quyosh
04:55
Peshin
12:33
Asr
17:42
Shom
20:04
Xufton
21:40
Bismillah
04 Iyul, 2025, 9 Muharram, 1447

Nishonga urilgan gaplar: Bizni bilgan biladi, bilmagan o'zi biladi

01.03.2021   2503   1 min.
Nishonga urilgan gaplar: Bizni bilgan biladi, bilmagan o'zi biladi

Ishtaha – birinchi luqma ortidan, nizo esa – birinchi so'z ortidan keladi...

Tarix muhrlagan so'zlar

***

Dunyoni ko'r, sayr qil, ichiga kir, ammo ehtiyot bo'l, dunyo sening ichingga kirmasin.

Saydo Jazariy

***

O'lim — senga qarata uzilgan o'q, hayot esa – o'qning sengacha etib borgan lahzasi.

Sharq hikmatlaridan

***

Ayol kulgan kulba ayol yig'lagan qasrdan yaxshiroqdir.

Arab hikmatlaridan

***

Boylar saxovati qoshida o'zingizni zinhor kamsitilgandek his qilmang

Imom G'azzoliy

***

Ko'pchilik g'ozni oqqush, deb o'ylaydi.

 

O'ylamay gapirish – mo'ljalga olmay o'q uzishdir.

Andalusiya hikmatlaridan

***

O'tmish unutilganda, bugun arosat, kelajak esa vayron bo'ladi...

Sayyid Abror Umar

***

 Bizni bilgan biladi, bilmagan o'zi biladi.

Jaloliddin Rumiy

***

Manbalar asosida Saidabror Umarov tayyorladi

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Kamtarga kamol, manmanga zavol

03.07.2025   4101   1 min.

O‘tkirbek domla Tolibov
Toshkent shahar, Sergeli tumani “Abdulloh ibn Zubayr” jome masjidi imom-xatibi