Sayt test holatida ishlamoqda!
03 Iyul, 2025   |   8 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:10
Quyosh
04:55
Peshin
12:32
Asr
17:42
Shom
20:04
Xufton
21:40
Bismillah
03 Iyul, 2025, 8 Muharram, 1447

Shayx Muhammad bin Abdul Karim Al-Issa: Ayollar huquqlari buzilishi din ahkomlariga zid

01.03.2021   1427   1 min.
Shayx Muhammad bin Abdul Karim Al-Issa: Ayollar huquqlari buzilishi din ahkomlariga zid

Musulmon dunyosi ligasi tashkiloti Bosh kotibi Islomning ayollarga bo'lgan munosabati haqida muhim eslatmalar berdi. Unga ko'ra, zamonaviy jamiyatda ayollarning islomdagi mavqei haqidagi xavfli afsonalarga qarshi kurashish muhim ahamiyatga ega.

Islamisemya.com ma'lumotlariga ko'ra, shayx Muhammad bin Abdul Karim Al-Issa Los-Anjelesda nodavlat notijorat tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etilgan onlayn seminar chog'ida ayollar Islom paydo bo'lganidan beri jamiyatda yuksak mavqega ega ekani va ularning huquqlari buzilishi din ahkomlariga zid ekanini tilga oldi.

Liga rahbari intellektual vositalar bilan Islomga zid g'oyalarga qarshi kurashish zarurligini ta'kidladi. Shayx Al-Issa fikricha, dunyoda zo'ravonlikning asosiy sababi jamoalar o'rtasida ishonchsizlik bo'lib, Islomiy insof tushunchasi (vasatiya) munosabatlar qurishning kaliti bo'lishi kerak.

O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi davlat gerbi qabul qilinganiga 33 yil to‘ldi

02.07.2025   5639   1 min.
O‘zbekiston Respublikasi davlat gerbi qabul qilinganiga 33 yil to‘ldi

"O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida"gi qonun 1992 yil 2 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X-sessiyasida qabul qilingan.


O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi quyidagi ko‘rinishga ega: tog‘lar, daryolar va so‘l tomoni bug‘doy boshoqlaridan, o‘ng tomoni esa chanoqlari ochilgan g‘o‘za shoxlaridan iborat chambarga o‘ralgan gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi.

Gerbning yuqori qismida Respublika hurligining ramzi sifatida sakkizburchak tasvirlangan bo‘lib, uning ichki qismida yarim oy va yulduz tasvirlangan. Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi — qanotlarini yozgan Humo qushi tasvirlangan.

Gerbning pastki qismida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ini ifoda etuvchi chambar lentasining bantida "O‘zbekiston" deb yozib qo‘yilgan.

 

Dunyo yangiliklari