العَظِيمُ
Aql tasavvur qila olmaydigan darajada azamatli va ulug'.
الغَفُورُ
Ko'p mag'firat qiluvchi.
الشَّكُورُ
Oz amal uchun ko'p savob beruvchi.
العَلِيُّ
Martabasi oliylikda benihoya.
الكَبِيرُ
Har bir narsadan ulug'.
االْحَافِظُ
Har bir narsani muhofaza qiluvchi.
المُقِيتُ
Barcha moddiy va ruhiy rizqlarni yaratuvchi.
الحَسِيبُ
Kifoya qiluvchi. Qiyomatda bandalarning hisobini qiluvchi.
الجَلِيل
Sifatlari ulug' zot.
الكَرِيمُ
Birov so'ramasa ham, hech bir evaz olmasdan, narsalarni ko'plab ato qiluvchi.
الرَّقِيبُ
Hech bir zarrani ham qo'ymay tekshirib turuvchi.
المُجِيبُ
Duolarni ijobat qiluvchi.
الوَاسِعُ
Hamma narsani keng ilmi ila ihota qilgan. Barchani keng rahmati ila qamrab olgan.
الحَكِيمُ
Har bir narsani hikmat ila qiluvchi.
الوَدُودُ
Barchaga yaxshilikni ravo ko'ruvchi.
المَجِيدُ
Shon-sharafi va qadri behad yuksak.
Halqlarga payg'ambarlar yuboruvchi. Kishilarga himmat yuboruvchi. O'liklarni qayta tiriltiruvchi.
الشَّهِيدُ
Har bir narsaga hoziru nozir. Barchaga shohidlik beruvchi.
الحَقُّ
O'zgarmas, sobit zot. Haqni yuzaga chiqaruvchi.
الوَكِيلُ
Barchaning ishi unga topshirilgan zot.
القَوِيُ
Quvvatli Zot.
المَتِينُ
Mashaqqat bilmas, kuchli Zot.
الوَلِيُ
Muhabbat qiluvchi, nusrat beruvchi va xalqining ishini yurituvchi zot.
الحَمِيدُ
Barchaga maqtovlar ila maqtalgan zot.
المُحْصِى
Barcha narsaning hisobini oluvchi zot.
المُبْدِئ
Barcha narsalarni avval boshdan bor qilgan zot.
المُعِيد
Yo'q bo'lgan narsalarni yana qaytadan bor qiluvchi.
المُحْيِى
Tiriltiruvchi. U zot o'liklarni tiriltiruvchidir.
المُمِيت
O'ldiruvchi. Barcha jonzotlarning jonini oluvchi.
الحَيُّ
U hamisha tirikdir, U o'lmaydi. Allohning hayoti abadiydir, o'lim ila yo'q bo'lmas. Allohning hayoti azaliy, oldin yo'q bo'lgan emas.
القَيُّومُ
Har bir narsa ustida turuvchi va har bir turuvchi narsa Uning sababidangina turadi.
الوَاجِد
Hohlagan narsasini topuvchi. Bu ishda birov Uni to'sa olmaydi.
المَاجِد
Ulug'lik va sharaf sohibi.
Davron NURMUHAMMAD
Islom dini biror shaxs, guruh, mol-dunyoga nisbatan va obro‘-e’tibor topish uchun qilinadigan har qanday mutaassiblik va firqalarga bo‘linishni qoralaydi, tarafkashlikni johiliyat holatiga o‘xshatadi.
Mutaassiblikning turli ko‘rinishlari bor bo‘lib, ular kishining o‘zi, mol-dunyosi, farzandlari, millatini boshqalardan afzal bilib, bu yo‘lda ashaddiy ravishda kurashishi demakdir. Mo‘tabar manbalarimizda ota-bobolari va o‘zining nasabi bilan faxrlanish tuyg‘usi kishini do‘zaxga tortadi deb ta’kidlangan.
Mutaassiblik turlaridan biri bu diniy mutaassiblikdir. Diniy mutaassiblik deganda, ma’lum bir dinda asos bo‘lgan, ushbu din vakillari amal qiladigan ta’limot va qoidalarga qarshi chiqish, diniy tushunchalarni shariat ko‘rsatmalariga zid ravishda o‘zicha talqin qilib, boshqalarni unga ergashishga chorlash nazarda tutiladi. Diniy mutaassiblikning eng katta xatarlaridan biri bu, dinlararo muloqotga rahna solishdir.
Dinda mutaassibona harakat, dinda chuqur ketish, haddan oshish, Qur’on va Sunnatda kelgan ta’limotlarga zid ravishda o‘z fikriga ergashishni qattiq qoralanadi. Dinda haddan oshish deganda shariat belgilab qo‘ygan chegaradan chiqib ketish tushuniladi. Bu ish aqidada bo‘lsin, so‘z yoki amalda bo‘lsin, baribir. Bu borada Alloh taolo Baqara surasida “Ushbular Allohning chegaralaridir. Bas, ulardan tajovuz qilmang. Va kim Allohning chegaralaridan tajovuz qilsa, bas, o‘shalar, ana o‘shalar, zolimlardir”, deb marhamat qiladi.
Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallam: “Dinda haddan oshishdan ehtiyot bo‘linglar. Chunki, sizlardan oldin o‘tganlarni dinda haddan oshishlik halok qilgandir” deb uqtirganlar.
Shunday ekan, bugungi kundagi ko‘plab muammolarning ildizi mutaassiblik va haddan oshish ekanligini hammamiz chuqur anglashimiz lozim. Xulosa o‘rnida, bu kabi muammolarning yechimi sifatida Faqih doktor Vahba Mustafo Zuhayliy janoblarining ushbu so‘zlarini keltirish bilan yakunlaymiz: “Islom mo‘tadil din bo‘lib haqiqatlardan birortasida chetga chiqishga yoki haddan oshishga yo‘l qo‘ymasligini anglatadi. Islomda va boshqa dinlarda dinda haddan oshish ham, e’tiqodda bir taraflama va g‘ayritabiiy bo‘lish ham, haddan tashqari qattiq olish ham, juda bo‘sh qo‘yib yuborish ham yo‘q…”.
Alloh ta’olo barchamizni haq yo‘ldan adashtirmasin.
Kosonsoy tumani "Sodod" jome masjidi imom-xatibi
Bahodir Mirfayziyev
Manba: @Softalimotlar