Shu yil 22-27 fevral' kunlari O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi malaka oshirish markazi Din ishlari bo'yicha qo'mita, O'zbekiston musulmonlari idorasi va viloyat hokimliklari bilan hamkorlikda Respublikamiz otinoyilari uchun navbatdagi malaka oshirish o'quv mashg'ulotlari o'tkazilmoqda.
Ana shunday malaka oshirish o'quv mashg'ulotlari Sirdaryo viloyatidagi otinoyilar uchun bo'lib o'tdi. Unda ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar bilan ishlash, yoshlar tarbiyasi, diniy va milliy marosimlarni to'g'ri tashkil qilish, yot g'oyalarga raddiya berish, otinoyilarning jamiyatdagi o'rni va ayollarga xos fiqhiy masalalar kabi mavzularda dars tinglashdi. O'quvlarda viloyat xotin-qizlar targ'ibot guruhlari a'zolari ham qatnashmoqda.
O'quv mashg'ulotlarini tajribali professor-o'qituvchilar olib bormoqda.
Maqsud Karimov,
O'zbekiston musulmonlari idorasi etakchi mutaxassisi