Sayt test holatida ishlamoqda!
04 Iyul, 2025   |   9 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:11
Quyosh
04:55
Peshin
12:33
Asr
17:42
Shom
20:04
Xufton
21:40
Bismillah
04 Iyul, 2025, 9 Muharram, 1447

Eng go'zal g'azal sharhi

23.02.2021   1952   1 min.
Eng go'zal g'azal sharhi

2. Jon berib shirin-u muhlik
joh uchun – ilgingda tiyg',
Naz' vaqti sharbati
marg istab aylaysen nizo'.

“Qo'lingda tig' ushlab, xanjar, pichoq, qilich kabi narsalarni ko'tarib, shirin, yoqimli, lekin halokatga eltuvchi mansab-mavqe uchun, mol-dunyo uchun, obro'-e'tibor uchun elib-yugurasan. Holbuki, naz' vaqtida, jon chiqar vaqtida, jon talvasasi, o'lim achchig'i onida, azobga chiday olmasdan, o'lim sharbatini istab, orzu qilib, talashib-tortishib qolasan”.

Modomiki shundoq ekan, o'lim kelmay turib, hayotni g'animat bil. O'z hayotingni qadrlamoqchi bo'lsang, o'zgalar hayotini qadrla. O'tkinchi hayot maqe-martabasi uchun, mol-dunyo uchun o'z hayotingni ham, o'zgalar hayotini ham xatarga qo'yma. Agar bu dunyoning pashsha qanoticha qadri bo'lsa edi, Haq taolo kufr ahliga bir qultum suvni ham ravo ko'rmasdi.

Mirzo Kenjabek,
“Navoiy muhabbati”
kitobidan.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Videolar

Takfir tushunchasi tahlili | Qoraqalpoqcha

03.07.2025   1863   1 min.

Muhammad al-Beruniy madrasasi o‘qituvchisi Nizamatdinov Yesengeldi

VIDEO