Alhamdulillah, O'zbekiston musulmonlari idorasi tizimidagi masjidlar soni yana bittaga ko'paydi!
Farg'ona viloyati Adliya boshqarmasi O'zbekiston tumanidagi “O'qchi” jome masjidini davlat ro'yxatidan o'tkazdi, bu to'g'ridagi guvohnomani jome xodimlariga topshirdi.
Yangi masjid tumanning “O'qchi” mahallasi hududida joylashgan. Masjid ham shu mahalla nomi bilan ataldi.
Ma'lumot uchun, ushbu jome ochilishi bilan Respublikamizdagi masjidlar soni 2084 taga, Farg'ona viloyatidagi masjidlar soni 200 taga etdi.
Eslatib o'tamiz, kuni kecha Surxondaryo viloyati (http://muslim.uz/index.php/yangiliklar-2016/uzbekistan/item/25316) va Qoraqalpog'iston Respublikasida (http://muslim.uz/index.php/yangiliklar-2016/uzbekistan/item/25323) ochilgan yangi masjidlar haqida xabar bergan edik.
Allohdan ushbu masjidga hissa qo'shgan barchadan rozi bo'lsin, uni mo'min-musulmon xalqimizga muborak qilsin!
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Alhamdulillah, biz mo‘min-musulmonlar Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamga salavot aytishga buyurilganmiz. Agar bir marta salavot aytsak, bizga Alloh o‘n marta rahmat yo‘llaydi, o‘nta gunohimiz o‘chiriladi, martabamiz o‘n daraja ortadi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar: “Kim menga bir marta salavot aytsa, Alloh unga o‘n marta rahmat yo‘llaydi. Uning o‘nta gunohi o‘chiriladi, martabasi o‘n daraja ko‘tariladi” (Imom Ahmad rivoyati). Manbalarda qisqa salavot sifatida quyidagi salavot beriladi:
اَللَّهُمَّ صل وَسَلِّمْ عَلَى نَبِيِّنَا مُحَمَّد
Allóhumma solli vasallim alá nabiyyiná Muhammad
Ma’nosi: “Ey, Alloh! Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomga rahmat va salom yo‘llagin!”
Ruhiddin Akbarov,
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Qashqadaryo viloyat vakilligi xodimi