Sayt test holatida ishlamoqda!
03 Iyul, 2025   |   8 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:10
Quyosh
04:55
Peshin
12:32
Asr
17:42
Shom
20:04
Xufton
21:40
Bismillah
03 Iyul, 2025, 8 Muharram, 1447

Bir savol so'rasam: Namozda esnoq kelsa, nima qilish kerak?

22.02.2021   1976   2 min.
Bir savol so'rasam: Namozda esnoq kelsa, nima qilish kerak?

Namozda va zikr aytilayotganda beixtiyor esnoq keladi, bu yaxshi emas, deb eshitdim. Esnoq ixtiyorsiz kelsa, nima qilish kerak?

— Iloji boricha esnashni qaytarishga harakat qilish kerak. Ammo buning imkoni hech bo'lmasa, qo'l bilan to'silsa ham bo'ladi.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Alloh aksa urishni xush ko'radi, esnoqni esa xush ko'rmaydi. Aksa urib, Allohga hamd (Alhamdulillah) aytsa, tashmit (Yarhamukalloh, ya'ni Alloh senga rahm qilsin) aytish uni eshitgan har bir musulmonning zimmasiga haqdir. Esnoq esa faqat shaytondandir. Kishi qo'lidan kelganicha uni qaytarsin. Qachon “Ha-a-a”, desa, shayton uning ustidan kuladi”, dedilar (Imom Buxoriy rivoyati).

Boshqa hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Birortangiz esnaganda qo'li ila og'zini yopsin, shayton og'izga kiradi”, deganlar (Imom Muslim rivoyati).

Namozni zam suralar ma'nolarini tafakkur qilib o'qish hamda har namozga yangi tahorat olish esnoq kelishining oldini oladi. 

 

Muhammad Ayyub HOMIDOV

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Videolar

Kamtarga kamol, manmanga zavol

03.07.2025   66   1 min.

O‘tkirbek domla Tolibov
Toshkent shahar, Sergeli tumani “Abdulloh ibn Zubayr” jome masjidi imom-xatibi 

VIDEO