Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Iyul, 2025   |   19 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:21
Quyosh
05:02
Peshin
12:34
Asr
17:40
Shom
19:59
Xufton
21:33
Bismillah
14 Iyul, 2025, 19 Muharram, 1447

Toshkentda "Ma'naviy ipak yo'li" V xalqaro anjuman o'tkaziladi

21.02.2021   1413   2 min.
Toshkentda

“Ma'naviy ipak yo'li ” V xalqaro ilmiy-diniy konferentsiyasi tashkiliy qo'mitasining kengaytirilgan yig'ilishi onlayn formatda o'tkazildi. Tadbirda Rossiya Federatsiyasi Musulmonlar diniy idorasi raisi muovini Rushan Abbyasov, O'zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Botirjon Asadov, O'zbekiston turizmni rivojlantirish qo'mitasi rais muovini Ulug'bek A'zamov, O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi o'rinbosari Ibrohim Inomov, O'zbekiston va Rossiya sayyohlik kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.

"Ma'naviy ipak yo'li "xalqaro konferentsiyasiga tayyorgarlik masalalari bilan bir qatorda ishtirokchilar O'zbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirish masalalarini ham ko'rib chiqishdi.

O'zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov mamlakatning ziyorat turizmini rivojlantirish va qo'llab-quvvatlashga tayyorligini ta'kidlab, bunday dedi: "Rossiya fuqarolarining O'zbekistondagi sayyohlik oqimini oshirish, O'zbekistondagi elchixonamiz biznes hamkorlar, sayyohlik agentliklari va Rossiya aholisini sayyohlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida xabardor qilish bo'yicha dasturlarni amalga oshiradi. Bundan tashqari, O'zbekiston hukumati turizm tarmog'i va aviakompaniyalarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha qonunchilik chora-tadbirlarinning majmuini qabul qildi".

Rushan Abbyasov ziyorat turizmi haqida to'xtaldi: "Jahon darajasidagi me'moriy obidalarni, saqlanib qolgan an'analarni, noyob hunarmandchilikni joriy etuvchi yo'nalishlar o'zaro madaniy almashinuvga xizmat qiladi, iqtisodiy aloqalarni jonlantiradi. Ma'naviy Ipak yo'li loyihasi doirasida turizm salohiyatining muhokama qilinishi pandemiyadan keyingi davrda dunyoning bosqichma-bosqich jonlanishi sharoitida, ayniqsa, dolzarbdir".

2021 yilning kuziga belgilangan “Ma'naviy ipak yo'li ” V xalqaro ilmiy-diniy anjumanining dastlabki dasturini muhokama qildi, loyihaning asosiy bosqichlarini belgilab oldi va keyingi amaliy qadamlar ro'yxatini tasdiqladi.

O'zbekiston musulmonlar idorasi raisining o'rinbosari Ibrohim Inomov: "Alohida e'tirofga loyiq ushbu xalqaro anjumanning o'tkazilish joyi dunyoga mashhur allomalar, ilm-fan ulamolari va atoqli imomlarni bergan o'zbek zamini bo'ldi", dedi.

O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Yurtga qaytgan hojilar – ezgu ishlar boshida

12.07.2025   9871   2 min.
Yurtga qaytgan hojilar – ezgu ishlar boshida

2025 yilgi Haj safarida ishtirok etgan yurtdoshlarimiz “Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari” tashabbusi doirasida faol ish olib bormoqdalar. Ushbu tashabbus doirasidagi navbatdagi namunaviy-amaliy tadbir Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida bo‘lib o‘tdi.


Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Farg‘ona viloyati vakili, viloyat bosh imom-xatibi Ubaydulloh domla Abdullayev ishtirok etib, tadbirga boshchilik qildi. “Sayyid Ahmadxon hoji” jome masjidida o‘tkazilgan yig‘ilishda tajribali imom-xatiblardan iborat Ishchi guruh tuzilib, ustuvor vazifalar belgilab olindi.


Ishchi guruh uch yo‘nalishda faoliyat olib bordi. Jumladan:


– Hajdan qaytgan ziyoratchilar ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga jalb etildi;

– 65 ta oilaga borilib, ma’naviy suhbat va amaliy yordamlar ko‘rsatildi;

– 9 ta xonadondagi ruhiy-ma’naviy qiyinchiliklar o‘rganilib, maslahatlar berildi.

– Oilaviy kelishmovchilik sababli notinch bo‘lib turgan oilalarga suhbat va nasihatlar o‘tkazildi. Natijada 2 ta arazlashgan oila yarashtirilib, 1 ta ajrimning oldi olindi;

– Sudlanganlar, jazo muddatini o‘tayotganlar hamda ularning oilalari bilan muloqot qilindi.

– Nogiron va ehtiyojmandlar holidan xabar olinib, moddiy-ma’naviy ko‘mak ko‘rsatildi.


Tumanning Taptiqsaroy mahallasida yong‘in oqibatida zarar ko‘rgan xonadonni qayta ta’mirlash ishlari homiylar va hojilar ko‘magida boshlab yuborildi. Bosh imom-xatib Ubaydulloh domla ushbu xonadonga tashrif buyurib, muloqot qildi hamda tavsiyalar berdi.


Bundan tashqari, “Doimobod” mahallasidan bo‘lgan, nogironligi bor fuqaroning uyiga ham tashrif uyushtirilib, tugallanmagan uy qurilishi uchun zarur qurilish materiallari yetkazildi.


Peshin namozidan so‘ng Ishchi guruh tarkibidagi iqtidorli imom-xatiblar jamoatga ma’ruza qilib, tinchlik, osoyishtalik va xalq farovonligi uchun duo qildilar. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Farg‘ona viloyati vakilligi
Matbuot xizmati

Yurtga qaytgan hojilar – ezgu ishlar boshida Yurtga qaytgan hojilar – ezgu ishlar boshida Yurtga qaytgan hojilar – ezgu ishlar boshida Yurtga qaytgan hojilar – ezgu ishlar boshida Yurtga qaytgan hojilar – ezgu ishlar boshida Yurtga qaytgan hojilar – ezgu ishlar boshida