Sayt test holatida ishlamoqda!
23 Aprel, 2025   |   25 Shavvol, 1446

Toshkent shahri
Tong
04:05
Quyosh
05:32
Peshin
12:26
Asr
17:11
Shom
19:15
Xufton
20:35
Bismillah
23 Aprel, 2025, 25 Shavvol, 1446

JANNATDA ALLOH TAOLONI KO'RISh BAYoNI. JANNATDAGI ENG OLIY NYe_''MAT. ALLOH ADOLATLI VA RAHMATLI ZOTDIR.

20.02.2021   4790   34 min.
JANNATDA ALLOH TAOLONI KO'RISh BAYoNI.  JANNATDAGI ENG OLIY NYe_''MAT.  ALLOH ADOLATLI VA RAHMATLI ZOTDIR.

 

 

JANNATDA ALLOH TAOLONI KO'RISh BAYoNI

02– يَرَاهُ الْمُؤْمِنُونَ بِغَيْرِ كَيْفٍ    وَإِدْرَاكٍ وَضَرْبٍ مِنْ مِثَالِ

 

Ma'nolar tarjimasi:

Mo'minlar Uni (bandalarga ma'lum) qandaydir bir holatsiz hamda biror idrok qilishsiz, va “zarbul masal”siz ko'radilar.

 

Nazmiy bayoni:

Mo'minlar ko'rarlar Uni shaklsiz

Hamda idroksizu, “zarbul masal”siz.

 

Lug'atlar izohi:

يَرَاهُ – fe'l va maf'ul. هُ zamir jumlada zikr qilinmagan Alloh lafziga qaytadi. Ko'zlangan ma'no aniq bo'lgani uchun zikr qilinmagan lafzga ham zamir qaytarilgan. 

الْمُؤْمِنُونَ – jam muzakkar solim. Foillikka ko'ra raf bo'lib turibdi.

بِ – “sababiya” ma'nosida kelgan jor harfi.

غَيْرِ – hol bo'lib kelgan. Jor majrur يَرَاهُ ga mutaalliq.

كَيْفٍ– Bu kalima, aslida, holatni so'rash uchun ishlatiladi. Masalan كَيْفَ رَأَيتَ فُلاَنًا (falonchini qanday holatda ko'rding?), deyilsa, bunga javoban “falon joyda ko'rdim”, “o'tirganini ko'rdim”, “turganini ko'rdim” kabi javoblar beriladi. Nozim bu erda bandalar Robbilarini ana shunday bandalarga xos sifatlarsiz ko'rishlarini bayon qilgan. 

وَ – mutlaq jamlash uchun keltirilgan atf harfi.

اِدْرَاكٍ – idrok qilish deganda biror narsaning mohiyatini to'liq qamrab olish tushuniladi. Bu bilan Nozim ko'zlar Alloh taoloni idrok eta olmasligi oyatda bayon qilinganiga ishora qilgan. 

مِنْ مِثَالِضَرْبٍ – bu jumlada kelgan مِنْ zoida jor harfidir. “Zarbul masal” deganda aqlan his qilinadigan narsani tasvirlab berish tushuniladi. Nozim mo'minlar Alloh taoloni qanday ko'rganlarini tasvirlab bera olmasliklarini ushbu kalimalar bilan bayon qilgan.

 

Matn sharhi:

Mo'minlar jannatga kirgach, ularga ko'zlar ko'rmagan va quloqlar eshitmagan son-sanoqsiz ne'matlar ato qilinadi. O'sha ne'matlarning eng ulug'i Alloh taologa nazar solish hisoblanadi. Bunday ulug' baxtga muyassar bo'lgan bandalar Alloh taoloni ko'radilar. O'shiy rahmatullohi alayh mo'minlarning Alloh taoloni ko'rishlari qanday bo'lishi haqida so'z yuritib, Uni shaklsiz, idroksiz va biror timsolsiz ko'rishlarini bayon qilgan. Shaklsiz va timsolsiz ko'rish haqidagi so'z xuddi So'fi Ollohyor bobomiz aytganlari kabidir: 

Ko'ngulda kechsa, ko'zga tushsa har shay

Erur andin munazzah Holiqi Hay[1].

Ya'ni insonning ko'nglida Alloh taoloning qandayligi to'g'risida qanday fikr o'tsa o'tsin, uning ko'ziga qanday ulug'vor narsa ko'rinsa ko'rinsin, Alloh taolo barchasidan boshqacha bo'lgan, oliy va buyuk Zotdir.     

Idroksiz ko'rish deganda esa ko'rilgan narsani tasvirlab bera olmaydigan, uning qandayligini tushuntirib bera olmaydigan hamda yodida saqlab qola olmaydigan darajada ko'rish ma'nolari tushuniladi. Shu ma'noda mo'minlar Alloh taoloning jamoliga shaklsiz, idroksiz va biror timsolsiz ravishda nazar tashlaydilar. Bu haqida shunday xabar berilgan:

﴿وُجُوهٞ يَوۡمَئِذٖ نَّاضِرَةٌ٢٢ إِلَىٰ رَبِّهَا نَاظِرَةٞ٢٣

“U kunda chiroyli yuzlar bor. O'z Robbisiga nazar soluvchilar”[2].

Kofirlar esa o'sha kunda Alloh taoloni ko'rishdan to'siladilar. Bu haqida Qur'oni karimda quyidagicha xabar berilgan: 

﴿كَلَّآ إِنَّهُمۡ عَن رَّبِّهِمۡ يَوۡمَئِذٖ لَّمَحۡجُوبُونَ١٥

“Yo'q!!! Albatta, ular o'sha kunda o'z Robbilarini ko'rishdan to'silurlar”[3].  

“Imom Shofi'iy rahmatullohi alayh: “Ushbu oyatda mo'minlarning Alloh taoloni ko'rishlariga dalil bor”, – degan. 

Imom Molik rahmatullohi alayh: “Uning dushmanlari to'silgan va Uni ko'ra olmaganlaridan keyin, O'zining do'stlariga tajalliy (o'zini namoyon) qiladiki, U zotni ko'radilar”, – degan.

Boshqa bir oyati karimada ko'zlarning Uni idrok eta olmasligi xabar berilgan:

﴿لَّا تُدۡرِكُهُ ٱلۡأَبۡصَٰرُ وَهُوَ يُدۡرِكُ ٱلۡأَبۡصَٰرَۖ

“Ko'zlar Uni idrok etmas. Ko'zlarni U idrok etar”[4]

Bu oyati karimaning ma'nosi besh xil ta'vil qilingan:

  1. Uni ko'zlar ihota qila olmaydi. U ko'zlarni ihota qiladi;
  2. Ko'zlar Uni ko'rmaydi. U ko'zlarni ko'radi; Bu so'zni aytuvchilar ikkita dalil keltiradilar:

a) ko'zlar oldilaridagi narsalarni ko'radi. Ko'zlar bilan ko'riladigan narsalar orasida fazo bo'lishi kerak. Shu bois o'zlariga jips bo'lib turgan narsalarni ko'rmaydi. Agar ko'zlar Uni ko'rsa, U chegaralanib qolishi lozim bo'lib qoladi, shuning uchun ko'zlar Uni ko'rmaydi;

b) eshitish ovozlarni idrok etganidek, ko'rish ranglarni idrok etadi. U zotni ranglar bilan vasf qilish mumkin bo'lmaganidek, ko'rish bilan ham vasf qilish mumkin bo'lmaydi.

  1. Bu dunyoda maxluqlarning ko'zlari Uni idrok eta olmaydi. Oxiratda esa "Robbisiga nazar soluvchilar" ma'nosidagi oyatning taqozosiga ko'ra Uni idrok etadilar. U zot esa dunyoyu oxiratda ko'zlarni idrok etadi;
  2. Dunyoyu oxiratda zolimlarning ko'zlari Uni idrok eta olmaydi. Mo'minlarning ko'zlari Uni idrok etadi. Chunki idrok etish osiylardan man qilinib, mo'minlarga ato etiladigan izzat-ikromdir;
  3. Ko'zlar Uni dunyoyu oxiratda idrok eta olmaydi. Lekin Alloh taolo O'zining do'stlariga ulardagi beshta sezgilardan[5] boshqa oltinchi sezgini yaratadi, Uni o'sha alohida sezgi bilan ko'radilar[6].

Alloh taoloni ko'rishning haq ekani hadisi shariflarda ham bayon qilingan.

عَنْ جَرِيرِ بْنِ عَبْدِ اللهِ البَجَليِّ قَالَ كُنَّا عِنْدَ النبيِّ  صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَنَظَرَ إِلَى القَمَرِ لَيْلَةَ البَدْرِ فَقَالَ إنَّكُمْ سَتَرَونَ رَبَّكُمْ كَمَا تَرَوْنَ هَذَا القَمَرَ لا تُضَامُّونَ في رُؤْيَتهِ فَإنِ اسْتَطَعْتُمْ أنْ لاَ تُغْلَبُوا عَلَى صَلاَةٍ قَبْلَ طُلُوعِ الشَّمْسِ وَقَبْلَ غُرُوبِهَا فَافْعَلُوا. مُتَّفَقٌ عَلَيْهِ

 Jarir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Bizlar Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlarida edik, u zot to'lin oy kechasida oyga nazar soldilar-da: “Sizlar yaqinda Robbilaringizni bu oyni ko'rgandek ko'rasizlar, Uni ko'rishda qiynalmaysizlar, agar quyosh chiqishidan oldin va botishidan oldin namozga kuch sarflashga qodir bo'lsalaringiz, albatta, uni ado qilinglar”, – dedilar”. Muttafaqun alayh.  

Sharh: “Ulamolar aytadilarki, Alloh taoloni ko'rish haqidagi so'zda bu ikki namozning zikr qilinish sababi shuki, namoz toatning afzalidir. Qolaversa, bu ikki namoz, (bomdod va asr) farishtalar jamlanishi, amallarning ko'tarilishi kabi fazilatlar bilan boshqa namozlardan afzalligi sobit bo'lgan. Bu ikki namoz  namozlarning eng afzali bo'lganidan keyin ularni o'z vaqtida ado etuvchilarga eng afzal mukofot munosib bo'ladi. Eng afzal mukofot esa Alloh taologa nazar solishdir”[7].

“Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning “Bu oyni ko'rgandek ko'rasizlar” deyishlari ko'riladiganni ko'riladiganga o'xshatish emas, balki ko'rishni ko'rishga o'xshatishdir. Alloh taoloni ko'rishni oyni ko'rishga o'xshatishda ikki xil ma'no bor:

  1. To'lin oy kechasida oyni ko'rish to'g'risida hech qanday shak-shubha bo'lmaydi;
  2. Oyni ko'rishda ko'ruvchilar qancha ko'p bo'lishlaridan qat'i nazar hech bir mashaqqatsiz barchalari baravar ko'raveradilar”[8].

                                                    

JANNATDAGI ENG OLIY NYe_''MAT

 

12- فَيَنْسَوْنَ النَّعِيمَ اِذَا رَأَوْهُ    فَيَا خُسْرَانَ أَهْلِ الاِعْتِزَالِ

 

Ma'nolar tarjimasi:

Uni ko'rgan vaqtlarida ne'matlarni unutadilar, bas, ey (odamlar) mo''taziliylarning adashishlari (dan ehtiyot bo'linglar).

 

Nazmiy bayoni:

Ne'matlar unutilar Uni ko'rsalar qachon,

Hazir bo'ling, mo''tazila ahliga ziyon.

 

Lug'atlar izohi:

فَ – “ta'qiyb” ma'nosida kelgan atf harfi. Jumlani jumlaga atf qilgan.

يَنْسَوْنَ – tark qiladilar, ma'nosidagi muzori' fe'li.  

النَّعِيمَ – maf'ullikka ko'ra nasb bo'lib turibdi.

اِذَا – “shartiya” ma'nosida kelgan zarf harfi.

رَأَوْهُ – fe'l, foil va maf'ul. رَأَى fe'li ko'z bilan qarashga nisbatan ham, aqliy nazarga nisbatan ham ishlatiladi. Bu erda ko'z bilan qarash ma'nosida ishlatilgan.

فَ – “ta'liliya” (izohlash) ma'nosida kelgan.

يَا – yaqinga ham, uzoqqa ham ishlatiladigan nido harfi. Munodosi mahzuf.

خُسْرَانَ – mahzuf fe'lning maf'uli bo'lganiga ko'ra nasb bo'lib turibdi. Lug'atda “zarar ko'rish”, “halok bo'lish” va “adashish” ma'nolarini anglatuvchi masdar ism.

الاِعْتِزَالِأَهْلِ – muzofun ilayh. E'tizol ahlidan mo''taziliy firqasi nazarda tutilgan. إِعْتَزَلَ fe'li birovning biror narsadan voz kechib, uni o'zi tashlab ketishiga nisbatan ishlatiladi. إِنْعَزَلَ fe'li esa birovning boshqa birov tomonidan chetlashtirilishiga nisbatan ishlatiladi.

 

Matn sharhi:

Jannatiylarga ko'zlar ko'rmagan, quloqlar eshitmagan son-sanoqsiz ne'matlar ato qilinadi. Jannatdagi  ne'matlar shunday vasf qilingan:

﴿عَلَىٰ سُرُرٖ مَّوۡضُونَةٖ١٥ مُّتَّكِ‍ِٔينَ عَلَيۡهَا مُتَقَٰبِلِينَ١٦ يَطُوفُ عَلَيۡهِمۡ وِلۡدَٰنٞ مُّخَلَّدُونَ١٧ بِأَكۡوَابٖ وَأَبَارِيقَ وَكَأۡسٖ مِّن مَّعِينٖ١٨ لَّا يُصَدَّعُونَ عَنۡهَا وَلَا يُنزِفُونَ١٩ وَفَٰكِهَةٖ مِّمَّا يَتَخَيَّرُونَ٢٠ وَلَحۡمِ طَيۡرٖ مِّمَّا يَشۡتَهُونَ٢١ وَحُورٌ عِينٞ٢٢ كَأَمۡثَٰلِ ٱللُّؤۡلُوِٕ ٱلۡمَكۡنُونِ٢٣ جَزَآءَۢ بِمَا كَانُواْ يَعۡمَلُونَ٢٤

(Ular oltindan) yasalgan so'rilarda, yastangan hollarida bir-birlariga yuzma-yuz bo'lib (o'tirurlar). Ustilaridaesamanguyoshbolalar aylanib (xizmatda) yururlaroqarchashmadanolingan (may to'la) qadahlar, ko'zalarvakosalarbilan. U (may)lardan ularning boshlariham og'rimas, mast ham bo'lmaslar. Yana o'zlari tanlab oladigan mevabilan, ishtahalari tortadigan qush go'shtlari bilan ham (ta'minlab tururlar). Yana (ular uchun) oppoq yuzli katta va chiroyli ko'zli hur qizlar ham bo'lurki, ular xuddi (pardaga) o'ralgan durlar kabidirlar. Bu ular (dunyoda) qilibo'tganamallariningmukofotidir[9].

Shunchalik ajoyib nozu ne'matlar ichida bo'lgan jannatiylar Alloh taoloning jamolini ko'rgan paytlarida oldilaridagi barcha ne'matlarni unutar ekanlar. Shu ma'noda Hishom ibn Hasson: “Albatta, Alloh taolo jannat ahliga O'zini namoyon qiladi. Jannat ahli Uni ko'rgan paytlarida jannat ne'matlarini unutadilar”, – degan[10].

Ammo jannatiylar Alloh taoloni ko'rganlaridan so'ng jannat ne'matlari ularga arzimas bo'lib qolmaydi. Balki jannatiylar Alloh taoloni ko'rgan vaqtlarida, Uning tasvirlab bo'lmaydigan darajada ulug'ligidan boshqa ne'matlarni unutib, unga mahliyo bo'lib qoladilar. U zot jamolini to'sgandan keyin esa ko'rilgan narsani tasvirlab, tushuntirib bera olmasliklari, yodda saqlab qola olmasliklari, qanday ekanini idrok eta olmasliklari sababli yana jannat ne'matlaridan rohatlanib yashayveradilar.

Mulla Ali Qori baytdagi فَيَا خُسْرَانَ ma'nosidagi so'zni grammatik jihatdan sharhlab, harfi nidoning munodosi mahzuf deganlar va bu so'zlariga imom Shotibiyning[11] so'zlaridan dalil keltirgan:

وَلَوْ أَنَّ عَيْناً سَاعَدتْ لتَوَكَّفَتْ سَحَائِبُهَا بِالدَّمْعِ دِيماً وَهُطّلاَ

وَلكِنَّها عَنْ قَسْوَةِ الْقَلْبِ قَحْطُهاَ فَيَا ضَيْعَةَ الأَعْمَارِ تَمْشِى سَبَهْلَلاَ

Agar ko'z yordam bersa, bulutlari quyardi,

Davomli yosh yomg'irlarin kipriklardan betinim.

Lekin qalb qattiqligi ularni quruq qildi.

Ey (xaloyiq, saqlaninglar) umrlarning  zoye o'tishidan[12].

Ya'ni ushbu فَيَا ضَيْعَةَ الْأَعْمَارِ  ham nido harfidan so'ng “xaloyiq” degan munodo hazf qilingan. 

Mulla Ali Qori “Hazir bo'ling mo''tazila ahliga ziyon” degan baytda mo''taziliy firqasidagilar bordi-yu jannatga kirsalar ham, Allohni ko'rishni inkor qilganliklari sababli ushbu ulug'  ne'matdan mahrum bo'lishlariga ishora bor, – degan. Chunki banda Alloh taolo to'g'risida qanday o'ylasa, unga beriladigan jazo yo mukofotning o'sha o'yga muvofiq bo'lishi xabarlarda kelgan:

 عَنْ حِبَّانَ بْنِ أَبِي النَّضْرِ قَالَ خَرَجْتُ عَائِدًا لِيَزِيدَ بْنِ الأَسْوَدِ فَلَقِيتُ وَاثِلَةَ بْنَ الأَسْقَعِ وَهُوَ يُرِيدُ عِيَادَتَهُ فَدَخَلْنَا عَلَيْهِ فَلَمَّا رَأَى وَاثِلَةَ بَسَطَ يَدَهُ وَجَعَلَ يُشِيرُ إِلَيْهِ فَأَقْبَلَ وَاثِلَةُ حَتَّى جَلَسَ فَأَخَذَ يَزِيدُ بِكَفَّيْ وَاثِلَةَ فَجَعَلَهُمَا عَلَى وَجْهِهِ  فَقَالَ وَاثِلَةُ  كَيْفَ ظَنُّكَ بِاللهِ قَالَ ظَنِّي بِاللهِ وَاللهِ حَسَنٌ  قَالَ فَأَبْشِرْ فَإِنِّي سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ قَالَ اللَّهُ  عَزَّ وَجَلَّ  أَنَا عِنْدَ ظَنِّ عَبْدِي بِي إِنْ ظَنَّ خَيْرًا فَلَهُ وَإِنْ ظَنَّ شَرًّا فَلَهُ.  رَوَاهُ  أَحْمَدُ بْنُ حَنْبَلٍ

 Hibbon ibn Abi Nazrdan rivoyat qilinadi: “Yazid ibn Asvadni (bemor bo'lib yotgan edi) ko'rgani chiqdim. Yo'lda Vosila ibn Asqo'ga yo'liqdim, u ham Yazid ibn Asvadni ko'rgani ketayotgan ekan. Ikkalamiz uning yoniga kirdik. U Vosilani ko'rgach, unga qo'llarini cho'zib, yoniga ishora qildi. Vosila uning yoniga borib o'tirdi. Yazid Vosilaning ikkala kaftlarini ushlab, o'z yuziga bosdi. Vosila unga: “Alloh to'g'risida qanday o'ydasan”, – dedi. U: “Allohga qasamki, Alloh to'g'risidagi o'yim yaxshidir”, – dedi. Vosila unga: “Hursand bo'laver, men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: “Alloh azza va jalla aytdiki: “Men bandamning men to'g'rimda qilgan o'yidaman, agar yaxshi  o'ylagan bo'lsa, o'ziga yaxshi, agar yomon o'ylagan bo'lsa, o'ziga yomon”, deganlarini eshitganman”, – dedi”.  Ahmad ibn Hanbal rivoyat qilgan.  

Shuning uchun har bir mo'min kishi, inshaalloh, Alloh meni kechiradi, jannatiga kiritadi va u erda Uning jamolini ko'raman, degan o'yda bo'lib, shu o'yiga yarasha harakat qilib borishi kerak.

 

ALLOH ADOLATLI VA RAHMATLI ZOTDIR

 

22– وَمَا إِنْ فِعْلُ أَصْلَحَ ذُو افْتِرَاضٍ  عَلَى الْهَادِي الْمُقَدَّسِ ذِي التَّعَالِي

 

Ma'nolar tarjimasi:

Oliylik sohibi muqaddas (maxluqlarning sifatlaridan xoli) Hodiyga “aslah ishi” aslo farz bo'lmaydi.

 

Nazmiy bayoni:

“Aslah  ishi” farz emas ulug' Hodiyga,

Nuqsonlardan xoli Mutaoliyga.

 

Lug'atlar izohi:

مَا – nafiy harfi. Nafiyni ta'kidlovchi zoida إِنْ bilan birga kelgani sababli لَيْسَ ning amalini qila olmaydi[13].

إِنْ – nafiyni ta'kidlab kelgan zoida harf.

فِعْلُ – mubtado. Muzof bo'lgani uchun tanvinli bo'lmaydi.

أَصْلَحَ – muzofun ilayh, g'oyru munsorif bo'lgani uchun fatha bilan majrur bo'lib turibdi.

ذُو – xabar bo'lgani uchun marfu' bo'lib turibdi. Tahqiqlarga ko'ra ushbu tarkib mo''tabar hisoblanadi.

افْتِرَاضٍ – muzofun ilayh. Lug'atda “zimmaga yuklash” ma'nosidagi masdar.

عَلَى – “iste'lo” (ustun bo'lish) ma'nosida kelgan jor harfi.

الْهَادِي – Hodiy Alloh taoloning ismlaridan biri bo'lib, lug'aviy jihatdan ikki xil ma'noni ifodalaydi:

  1. To'g'ri yo'lni ko'rsatuvchi;
  2. Hidoyatni yaratuvchi.

الْمُقَدَّسِ – lug'atda “noloyiq sifatlardan xoli” ma'nosini anglatadi. Nozim bu so'z bilan Alloh taoloning اَلْقُدُّوسُ ismiga ishora qilgan.

 التَّعَالِيذِي – lug'atda “oliylik sohibi” ma'nosini anglatadi. ذِي “asmoi sitta”dan biri bo'lib, “sohib” ma'nosini anglatadi. الْهَادِي ga sifat bo'lgani uchun majrur bo'lib turibdi. Bu sifat bilan Alloh taoloning اَلْمُتَعَالِي ismiga ishora qilingan.

 

Matn sharhi:

Ushbu bayt ham mo''taziliy firqasiga raddiya tarzida yozilgan baytlardan biridir.  O'zlarini “Adolat va tavhid tarafdorlari” deb atashgan bu firqa “Alloh adolatli zot, shuning uchun Unga bandalarga yaxshi bo'lgan ishni ixtiyor qilish vojib bo'ladi”, degan da'voni qilishgani uchun ularga raddiya ma'nosida mazkur bahslar qilingan. Ularning o'zlari ham bu masalada o'zaro ixtilof qilishgan. Ularning asosiy da'volari shuki, “Solah” (yaxshilik qilish) va “Aslah” (himmat ko'rsatish) Alloh taoloning zimmasiga vojib bo'ladi. “Solah” deganda  kufrning muqobilidagi iymon, kasallikning muqobilidagi sog'lik kabi, fasod ishning muqobilidagi yaxshi ishlar tushuniladi. Agar bandaga ikki ishdan biri – yo uning jannatga kirishi, yo do'zaxga kirishi kabi ish ro'baro' bo'ladigan bo'lsa, Alloh taoloning zimmasiga banda uchun “solah” bo'lgan ishni qilishi va shunga ko'ra, uni jannatga kiritishi vojib bo'ladi. “Aslah” (himmat ko'rsatish) deganda esa bandaning qilgan amaliga yarasha savob berish muqobilidagi amalidan ko'proq savob berish kabi ishlar tushuniladi. Agar banda uchun “solah” bo'lgan jannatda bo'lishi yo “aslah” bo'lgan” undagi oliy maqomda bo'lishi kabi ikki ish ko'ndalang kelib qolsa, Alloh taoloning zimmasiga “aslah” vojib bo'lgani uchun uni jannatdagi oliy martabaga ko'tarishi lozim bo'ladi”. 

Mo''taziliylarning ushbu da'vosi Imom Ash'ariyning ularning yo'llari xato ekanini anglab etishiga sabab bo'lgan masala hisoblanadi. Ushbu masala haqida imom Ash'ariy va mo''taziliy etakchisi Abu Ali Jubboiy o'rtasida quyidagi bahs-munozara bo'lib o'tgan:

Imom Ash'ariy: “Uch kishi haqida nima deysiz, ulardan biri mo'min holida, ikkinchisi kofir holida, uchinchisi yosh bola holida dunyodan o'tgan bo'lsa, ularning oqibati nima bo'ladi”, – dedi.

Jubboiy: “Mo'min jannat bilan mukofotlanadi, kofir do'zax bilan jazolanadi, yosh bola esa mukofotlanmaydi ham, jazolanmaydi ham”, – deb javob berdi.

Imom Ash'ariy: “Agar yosh bola jannatga kirishni xohlasa, uning jannatga kirishi mumkin emasmi”, – dedi.

Jubboiy: “Yo'q, unga: “Jannatga solih amal qilgan mo'min kiradi, sening esa solih amaling yo'q” deb javob beriladi”, – dedi.

Imom Ash'ariy: “Agar yosh bola: “Ayb menda emas-ku, agar men ulg'ayganimda albatta solih amallarni qilib jannatga kirgan bo'lar edim”, desa unga nima deyiladi”,  – dedi.

Jubboiy: “Alloh taolo unga: “Agar sen ulg'ayganingda isyon qilib jazoga giriftor bo'lishingni bilgan edim. Shuning uchun senga “solah” (yaxshi bo'lgan ish)ni ixtiyor qilib yoshligingda vafot ettirdim, – deydi” – deb javob berdi.

Imom Ash'ariy: “Unday bo'lsa do'zaxga giriftor bo'lgan kofir: “Uning holatini bilganingdek menikini ham bilgansan-ku, nima uchun menga “solah” (yaxshi bo'lgan ish)ni ixtiyor qilmading”, desa unga nima javob bo'ladi”, – dedi.

Jubboiy nima deyishni bilmay jim qoldi. 

  Ana shundan keyin Imom Ash'ariy mo''taziliy firqasining qarashlarini chuqur tahlil qilib ularning xato ekanini anglab etgan va omma xalqqa to'g'ri yo'lni ko'rsatishga kirishgan.

Mo''taziliy firqasining da'volariga qat'i dalillar asosida keskin raddiyalar berilgan. O'shiy rahmatullohi alayh bu haqida Ahli sunna val-jamoaning qarashlarini qisqa va lo'nda qilib:    

“Aslah  ishi” farz emas ulug' Hodiyga,

Biror bir nuqsonsiz Mutaoliyga.

deya bayon qilib qo'ya qolgan. Ha, maxluqotlarning sifatlariga o'xshashdan oliy bo'lgan Alloh taologa hech qachon biror narsani qilish farz bo'lib qolmaydi. Chunki Alloh taolo hech qachon biror narsani majbur bo'lib qilmaydi, majbur bo'lib bajarish bandalarga xosdir.

Mo''taziliylarning qilgan da'volari botil ekaniga ko'plab dalillar keltirilgan: 

﴿وَلَوۡ شَآءَ ٱللَّهُ لَجَعَلَكُمۡ أُمَّةٗ وَٰحِدَةٗ وَلَٰكِن يُضِلُّ مَن يَشَآءُ وَيَهۡدِي مَن يَشَآءُۚ وَلَتُسۡ‍َٔلُنَّ عَمَّا كُنتُمۡ تَعۡمَلُونَ٩٣

“Agar Alloh xohlaganida, albatta, sizlarni bir ummat qilgan bo'lur edi. Lekin U, o'zi xohlagan kimsalarni yo'ldan ozdirur va o'zi xohlagan kishilarni (To'g'ri yo'lga) hidoyat qilur. Albatta, (sizlar bu dunyoda) qilib o'tgan ishlaringizdan so'ralursiz”[14].

Ya'ni agar Alloh xohlaganida butun insoniyatni bir-birlari bilan ixtilof qilmaydigan, firqalarga bo'linmaydigan bir millat vakillari qilib qo'ygan bo'lardi. Lekin U zotning hikmati ularni o'z ixtiyorlariga qo'yib qo'ymoqni taqozo qildi. Ba'zi insonlar zalolatni ixtiyor qildilar, ba'zi insonlar hidoyatni ixtiyor qildilar. Alloh O'zi xohlagan kimsani yordamsiz qoldirishi bilan zalolatga ketkazdi, xohlaganini esa fazlu marhamati bilan hidoyatga muvaffaq qildi. 

 Ushbu oyatda banda uchun eng yaxshi va eng manfaatli bo'lgan hidoyatning Alloh taologa vojib emasligi, balki xohlaganini zalolatga ketkazishi va xohlaganini hidoyat qilishi bayon qilinmoqda. Bundan birovni zalolatga ketkazishi Uning adolati, hidoyatga yo'llashi  esa Uning fazlu marhamati ekani, aslo va aslo Unga hech narsa vojib bo'lib qolmasligi tushuniladi.

Ibn Atoulloh Sakandariy rahmatullohi alayh “Hikamul Atoiya”da shunday degan: “Barcha narslar Alloh taoloning xohishiga suyanadi. Uning xohishi esa hech narsaga suyanmaydi”.

Sharh: borliqdagi barcha narsalar Alloh taolo xohlagani sababli vujudga kelgan bo'ladi. Alloh taologa esa ularni xohlashini vojib qiladigan biror sabab bo'lmaydi. Chunki U zotning xohishi sabablar bilan chegaralangan emasdir.

 

KYeYINGI MAVZULAR:

PAYG'AMBARLAR VA FARIShTALARGA IYMON KYeLTIRISh BAYoNI:

Qur'onda zikr qilingan payg'ambarlar;

Payg'ambarlarga iymon keltirish tushunchasi;

Payg'ambarlarning umumiy adadi haqida e'tiqodimiz;

Farishtalarga iymon keltirish tushunchasi;

Farishtalarga iymon keltirishning mo'min hayotidagi ta'siri;

Farishtalar qachon yaratilgan?

Farishtalarni asl qiyofalarida ko'rish mumkinmi?

Farishtalarning adadlari qancha?

Farishtalar uxlaydilarmi?

Farishtalar go'zal suratda bo'ladilarmi?

 

[1] So'fi Ollohyor. Sabotul ojizin. – Toshkent: “Cho'lpon nashriyoti”, 1991. – B. 9.

[2] Qiyomat surasi, 22, 23-oyatlar.

[3] Mutaffifun surasi, 15-oyat. 

[4] An'om surasi, 103-oyat.

[5] Insondagi sezgilar: 1. Eshitish; 2. Ko'rish; 3. Hidlash; 4. Tam bilish; 5. Tekkizib bilish.

[6] Ali ibn Muhammad. Nukatu val U'yun. “Maktabatush shomila”. – B. 151.

[7] Faysol ibn Abdulaziz. Tatriyzu Riyozis solihiyn. “Maktabatush shomila”. – B. 99.

[8] Ibn Rajab. Fathul Boriy.  “Maktabatush shomila”. – B. 134. 

[9] Voqea surasi, 15, 24-oyatlar.

[10] Ibn Batto. Ibonatul Kubro 6-juz. “Maktabatush shomila”. – B. 96. 

[11] Imom Shotibiy qiroat imomlaridan biri bo'lib, hijriy 590 yilda vafot etgan. Qiroat ilmiga bag'ishlab yozilgan “Hirzul amaniy” asari 1173 baytdan iboratdir. Imom Shotibiy qiroat ilmi imomi bo'lishi bilan bir qatorda lug'at va grammatika ilmining ham bilimdoni bo'lgan. U zot shu qadar iqtidorli bo'lganki, mazkur 1173 baytdan iborat bo'lgan she'riy asarining har bir qatorini لا harfi bilan tugallab yozgan. 

Ulamolar arab tili bilimdoni sifatida mashhur bo'lgan zotlarning so'zlarini nahv sarf qoidalaridan birortasini isbotlash uchun keltiradilar. Shu ma'noda Mulla Ali Qori ham bu zotning so'zlarini dalil qilib keltirgan.  

[12] Imom Shotibiy “Hirzul amaniy” 82-83-baytlar. “Maktabatush shomila”.

[13] Bu haqidagi ma'lumot 11-baytning izohida bayon qilindi.

[14] Nahl surasi, 93-oyat.

Kutubxona
Boshqa maqolalar
Maqolalar

100 ta sirli ibora (3-qism)

22.04.2025   3809   14 min.
100 ta sirli ibora (3-qism)

100 ta SIR-ASRORLI IBORA

yoxud

ODAMLAR BILAN

MULOQOT (oila, uy, ishxona, jamoat joylari) DAGI

100 ta “SЕHRLI SO‘Z”ni

ULUG‘  USTOZ  ULAMOLARIMIZ  bayon  qilib  berganlar:

(3-qism)

DONO  XALQIMIZ  MAQOLLARIDAN:

  • O‘zingga ravo ko‘rmaganni

O‘zgaga ham ravo ko‘rma!

 

  • Shirin-shirin so‘zlasang,

Ilon inidan chiqar.

Achchiq-achchiq so‘zlasang,

Musulmon dinidan chiqar.

 

  • Kishining ko‘nglini og‘ritma zinhor –

Sening ham ko‘nglingni og‘rituvchilar bor!

 

  • Anjom – uy ziynati,

So‘z – inson ziynati.

 

  • Ko‘ngilni qo‘l bilan ovlamasang,

Til bilan ovla!

 

  • Bug‘doy noning bo‘lmasin,

Bug‘doy so‘zing bo‘lsin!

 

  • Puling bo‘lmasa, bo‘lmasin,

Shirin so‘zing bo‘lsin!

 

  • Bir yaxshi gap esdan chiqmas,

Bir – yomon gap.

 

  • Og‘ziga kelganni demak — nodonning ishi,

Oldiga kelganni yemak — hayvonning ishi.

 

  • Achchiq savol berib,

Shirin javob kutma.

 

  • Achchiq til – zahri ilon,

Chuchuk tilga – jon qurbon.

 

  • Aytar so‘zni ayt,

Aytmas so‘zdan qayt!

 

  • Tuzsiz oshning epi oson,

Tuzsiz gapning epi qiyin.

 

  • Aytilgan so‘z – otilgan o‘q.

 

  • Ariqni suv buzar,

Odamni – so‘z.

 

  • Bemorga shirin so‘z kerak,

Aqlsizga – ko‘z.

 

  • Bir tavakkal buzadi

Ming qayg‘uning qal’asin.

Bir shirin so‘z bitkazar

Ming ko‘ngilning yarasin.

 

  • Gap egasini topadi.

 

  • Gapi to‘mtoqning o‘zi to‘mtoq.

Gapi to‘ngning o‘zi to‘ng.

 

  • Dunyoni yel buzar,

Odamni – so‘z.

 

  • Duo bilan el ko‘karar,

Yomg‘ir bilan yer ko‘karar.

 

  • Duo olgan – omondir,

Qarg‘ish olgan – yomondir.

 

  • Yomon gap yer tagida uch yil yotar.

 

  • Yomon so‘zning qanoti bor.

 

  • Yomon so‘z egasiga qaytar.

 

  • Yomon til yo jonga urar,

Yo – imonga.

 

  • Yomonning yuzi qursin,

Gapirgan so‘zi qursin.

 

  • Zahar til suyakni yorar.

 

  • Iliq so‘z – shakar,

Sovuq so‘z – zahar.

 

  • Yo‘l quvgan xazinaga yo‘liqar,

So‘z quvgan – baloga.

 

  • Kishining o‘zi yetmagan yerga so‘zi yetar.

 

  • Kuch egmaganni so‘z egar.

 

  • Ko‘p gap – eshakka yuk.

 

  • Ovqatni tuz mazali qilar,

Odamni – so‘z.

 

  • Odam so‘zi bilan sinalar,

Osh – tuzi bilan.

 

  • Odam so‘zlashib tanishar,

Hayvon – hidlashib.

 

  • Oz gapir – soz gapir!

 

  • Olim so‘zi oz,

Oz bo‘lsa ham – soz.

 

  • Sabr qilgan moy oshar,

Olqish olgan ko‘p yashar.

 

  • Sevdirgan ham til,

Bezdirgan ham til...

 

  • Sel ariqni buzar,

Yomon so‘z – dilni.

 

  • “Sen” ham bir og‘izdan,

“Siz” ham...

 

  • Suydirgan ham til,

Kuydirgan ham til.

 

  • Suyaksiz til suyak sindirar.

 

  • So‘z nayzadan o‘tkir.

 

  • So‘z oyoqdan ilgari borar.

 

  • So‘z – chumchuq emas,

Og‘izdan chiqsa, tutib bo‘lmas.

 

  • So‘zdan so‘zni farqi bor,

O‘ttiz ikki narxi bor.

 

  • So‘zi nodurustning o‘zi nodurust.

 

  • So‘zlagandan so‘zlamagan yaxshiroq,

So‘zlab edim – boshimga tegdi tayoq.

 

  • So‘zning boyligi – odamning chiroyligi.

 

  • Tanballik – kulfat,

Mahmadanalik – ofat.

 

  • Til – aql bezagi.

 

  • Til – aql tarozusi.

 

  • Til – aql o‘lchovi.

 

  • Til bor – bol keltirar,

Til bor – balo keltirar.

 

  • Til – dil kaliti.

 

  • Til – dil tarjimoni.

 

  • Til tig‘i qilich tig‘idan o‘tkir.

 

  • Til yugurigi – boshga,

Oyoq yugurigi – oshga.

 

  • Til yaxshisi bor etar,

Til yomoni xor etar.

 

  • Til tig‘dan o‘tkir.

 

  • Tilga ixtiyorsiz – elga e’tiborsiz.

 

  • Tilga e’tibor – elga e’tibor.

 

  • Tilga ehtiyot – elga ehtiyot.

 

  • Tili nopok – o‘zi nopok.

 

  • Tili shirinning do‘sti ko‘p.

 

  • Tilni bog‘la dil bilan,

Dilni bog‘la til bilan.

 

  • Tig‘ jarohati bitar,

Til jarohati bitmas.

 

  • Tuya ham muomalaga cho‘kar.

 

  • To‘qson og‘iz so‘zning to‘qsonta tuguni bor.

 

  • Uzun til – boshga to‘qmoq,

Bo‘yinga – sirtmoq.

 

  • Uzun til – umr zavoli.

 

  • Fil ko‘tarmaganni til ko‘tarar.

 

  • Shakar ham tilda,

Zahar ham tilda...

 

  • Shirin so‘z shakardan shirin.

 

  • Shirin so‘z – qaymoqli ayron,

Achchiq so‘z – bo‘yniga arqon.

 

  • Shirinso‘z shoh kosasida suv ichar.

 

  • Shirin yuzingdan shirin so‘zing a’lo.

 

  • Egasiz qarg‘ish egasini topar.

 

  • Etigi yomon to‘r bulg‘ar,

Og‘zi yomon – el.

 

  • Yaxshi gapga quloq sol,

Yomon gapga uloq sol.

 

  • Yaxshi gapning ham qulog‘i bor,

Yomon gapning – ham...

 

  • Yaxshi naql – tomiri aql.

 

  • Yaxshi og‘izga – osh,

Yomon og‘izga – tosh.

 

  • Yaxshi so‘z boldan shirin.

 

  • Yaxshi so‘z bo‘ldiradi,

Yomon so‘z kuydiradi.

 

  • Yaxshi so‘z kuldirar,

Yomon so‘z o‘ldirar.

 

  • Yaxshi so‘z – ko‘ngil podshosi.

 

  • Yaxshi so‘z suyuntirar,

Yomon so‘z kuyuntirar.

 

  • Yaxshi so‘z to‘rga eltar,

Yomon so‘z – go‘rga.

 

  • Yaxshi so‘z – yurak yog‘i,

Yomon so‘z – yurak dog‘i.

 

  • Yaxshi so‘z qand yedirar,

Yomon so‘z pand yedirar.

 

  • Yaxshi so‘zga uchar qushlar el bo‘lar,

Yomon so‘zga pashsha kuchi fil bo‘lar.

 

  • Yaxshi so‘zdan – vafo,

Yomon so‘zdan – vabo.

 

  • Qizil tilim bo‘lmasa,

Qishlar edim elimda.

Yashil tilim bo‘lmasa,

Yayrar edim elimda.

 

  • Yaxshining so‘zi – oltin,

Yomonning so‘zi – bolta.

 

  • Yaxshining so‘zi toshni eritar,

Yomonning so‘zi boshni chiritar.

 

  • O‘n og‘iz so‘z ming og‘iz bo‘lar.

 

  • O‘ttiz tishdan chiqqan so‘z

O‘ttiz uruqqa tarqalar.

 

  • O‘q birni o‘ldirar,

So‘z – mingni.

 

  • Yomonlikka yaxshilik – er kishining ishidir.

Yomonlikka yomonlik – har kishining ishidir.

 

  • Qarg‘ishning ikki uchi bo‘lar.

 

  • Yaxshi so‘zning mazasini bilmagan

Yomon so‘zning izzasini bilmas.

 

  • Quloqdan kirgan sovuq so‘z

Ko‘ngilga borib muz bo‘lar.

 

  • Go‘sht-yog‘ berma,

Yaxshi til ber!

 

  • Yaxshi osh berguncha, yaxshi so‘z ber!

 

  • Yaxshi gap bilan ilon inidan chiqar,

Yomon gap bilan pichoq qinidan chiqar.

 

  • Do‘st orttiraman desang,

Shirin suhbat qil!

Dushman orttiraman desang,

Chaqirtikan bo‘l!

 

  • Qattiq gap qarindoshga ham yoqmas.

 

  • Yaxshining so‘zi – qaymoq,

Yomonning so‘zi – to‘qmoq.

 

  • Yaxshi-yaxshi desa,

Kunda tariqday yaxshilik qo‘shilar emish.

Yomon-yomon desa,

Kunda tariqday yomonlik qo‘shilar emish.

 

  • O‘zi sovuqning – so‘zi sovuq.

 

  • O‘ziga boqma – so‘ziga boq!

 

  • Taom lazzati o‘zida,

Odam lazzati – so‘zida.

 

  • Har mevaning po‘chog‘i bor,

Har so‘zning o‘lchovi bor.

 

  • Tilingda bo‘lsa boling –

Kulib turar iqboling.

 

  • Yomon til boshga balo keltirar.

Yaxshi til davlat, dunyo keltirar.

 

  • Mazlumlar dilini og‘ritma bir zum,

Balki bir kun o‘zing bo‘lasan mazlum...

                   

  • Gapning qisqasi yaxshi,

Qisqasidan hissasi yaxshi.

 

(3 – qism tugadi. Davomi bor...).

                                                                                                                                                Ibrohimjon domla Inomov

 

 

Ibratli hikoyalar