Grek Polk Buxoro haqida hujjatli fil'm suratga olmoqda, deb xabar beradi Buxoro viloyati turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati.
U o'z filmida mahalliy aholining tarixiy-madaniy hayot tarzini namoyish etadi, tomoshabinni yog'och o'ymakorligi va gilam to'qish kabi hunarmandchilik bilan, shuningdek, xalq hunarmandchiligi an'analarini davom ettirayotgan ustalar bilan tanishtiradi.
"Fil'm 2021 yilning 7-18-iyul' kunlari Amerika Qo'shma Shtatlarida bo'lib o'tadigan "Halq san'ati xalqaro bozori festivali" IFAM) da namoyish etilishi rejalashtirilgan", deyiladi xabarda.
Sputnik xabariga ko'ra, amerikalik rejissyor 12 fevral' kuni AQShning USAID xalqaro taraqqiyot agentligining O'zbekistondagi vakili bo'lgan rafiqasi – Rebekka Blek bilan birgalikda Buxoroga keldi va viloyat turizmni rivojlantirish departamenti rahbariyati bilan uchrashib, suratga olish ishlarini olib borishda amaliy yordam ko'rsatish masalasini muhokama qilishdi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Qur’on shaydolarining shiori: “Qur’on eng yaxshi do‘stdir”. Bu Qur’onni sevishga chaqiriqdir. Qur’on chinakam sevgidir.
Ulamolar aytadilar: “Kim Allohni va Uning Rasulini xursand qilmoqchi bo‘lsa, Mus'hafga qarasin. Kim Alloh va Uning Rasuli meni yaxshi ko‘rsin desa, Mus'hafga qarasin”.
Qur’onga muhabbat dunyodagi eng chinakam muhabbatdir. Ulug‘lar aytadilar: “Qur’on sening qalbingni ochadi, qalb ko‘zingni ochadi, yo‘lingni ochadi, senga ikki dunyoda baxt-saodat eshigini ochadi, qabringdan jannat tomon bir darcha ochadi, oxi ratda senga Jannat darvozalarini ochadi... Ammo buning uchun sen bu dunyoda Qur’onni ochishing kerak, uni o‘qishing, tadabbur, tafakkur qilishing, Qur’onga amal qilishing kerak”.