Sayt test holatida ishlamoqda!
23 Sentabr, 2025   |   1 Rabi`us soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:53
Quyosh
06:11
Peshin
12:20
Asr
16:31
Shom
18:23
Xufton
19:35
Bismillah
23 Sentabr, 2025, 1 Rabi`us soni, 1447

Amerikalik kinorejissyor Buxoro haqida hujjatli fil'mni suratga olmoqda

18.02.2021   1429   1 min.
Amerikalik kinorejissyor Buxoro haqida hujjatli fil'mni suratga olmoqda

Grek Polk Buxoro haqida hujjatli fil'm suratga olmoqda, deb xabar beradi Buxoro viloyati turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati.
U o'z filmida mahalliy aholining tarixiy-madaniy hayot tarzini namoyish etadi, tomoshabinni yog'och o'ymakorligi va gilam to'qish kabi hunarmandchilik bilan, shuningdek, xalq hunarmandchiligi an'analarini davom ettirayotgan ustalar bilan tanishtiradi.

"Fil'm 2021 yilning 7-18-iyul' kunlari Amerika Qo'shma Shtatlarida bo'lib o'tadigan "Halq san'ati xalqaro bozori festivali" IFAM) da namoyish etilishi rejalashtirilgan", deyiladi xabarda.

Sputnik xabariga ko'ra, amerikalik rejissyor 12 fevral' kuni AQShning USAID xalqaro taraqqiyot agentligining O'zbekistondagi vakili bo'lgan rafiqasi – Rebekka Blek bilan birgalikda Buxoroga keldi va viloyat turizmni rivojlantirish departamenti rahbariyati bilan uchrashib, suratga olish ishlarini olib borishda amaliy yordam ko'rsatish masalasini muhokama qilishdi.

 

O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Agar bandaga g‘am va xafalik yetsa

18.09.2025   4586   2 min.
Agar bandaga g‘am va xafalik yetsa

Bismillahir Rohmanir Rohiym

حدثنا عيسى بن أحمد العسقلاني أنا يزيد بن هارون  أنا فضيل بن مرزوق  نا أبو سلمة الجهني  عن القاسم بن عبد الرحمن عن أبيه  عن عبد الله قال: قال رسول الله صلى الله عليه وعلى آله وسلم: ”ما قال عبد قط إذا أصابه هم أو حزن: اللهم إني عبدك  ابن عبدك  ابن أمتك  ناصيتي بيدك  ماض في حكمك عدل في قضاؤك  أسألك بكل اسم هو لك  سميت به نفسك أو أنزلته في كتابك  أو أعلمته أحدا من خلقك  أو استأثرت به في علم الغيب عندك  أن تجعل القرآن ربيع قلبي  ونور صدري وجلاء حزني  وذهاب همي  إلا ذهب الله بهمه وأبدله مكان حزنه فرحا“ قالوا: يا رسول الله ينبغي لنا أن نتعلم هؤلاء الكلمات قال: أجل ينبغي من سمعهن أن يتعلمهن.

 

Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi va ’alaa olihi vasallam bunday dedilar: Agar bandaga g‘am va xafalik yetsa bunday degan bo‘lardi: “Allohim, Sening qulingman, qulingning zurriyotiman, cho‘ringning farzandiman. Peshonam Sening “qo‘ling”da (ya’ni meni Sen boshqarasan).

Hukming mening ustimda joriydir. Sening huk ming odildir. O‘zingni nomlagan yoki kitobingda nozil qilgan, yo xalqingdan biror kishiga o‘rgatgan, yoxud g‘ayb ilmingda saqlab qo‘ygan ismlaring bilan so‘raymanki, Qur’onni qalbimning bahori, dilimning nuri, mahzunligimni arituvchi va g‘amimni ketkazuvchi qil!”.

“Yo Allohning Rasuli, biz bu kalimalarni o‘rganishimiz kerakmi?” dedilar. U zot alayhissalom: “Ha, buni eshitgan odam o‘rgatishi kerak bo‘ladi”, dedilar”.

 

Abu Said Haysam ibn Kulayb Shoshiyning
“Musnadi Shoshiy” asaridan
Davron NURMUHAMMAD tarjimasi