Sayt test holatida ishlamoqda!
21 Sentabr, 2025   |   29 Rabi`ul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:51
Quyosh
06:09
Peshin
12:21
Asr
16:34
Shom
18:26
Xufton
19:38
Bismillah
21 Sentabr, 2025, 29 Rabi`ul avval, 1447

Amerikalik kinorejissyor Buxoro haqida hujjatli fil'mni suratga olmoqda

18.02.2021   1395   1 min.
Amerikalik kinorejissyor Buxoro haqida hujjatli fil'mni suratga olmoqda

Grek Polk Buxoro haqida hujjatli fil'm suratga olmoqda, deb xabar beradi Buxoro viloyati turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati.
U o'z filmida mahalliy aholining tarixiy-madaniy hayot tarzini namoyish etadi, tomoshabinni yog'och o'ymakorligi va gilam to'qish kabi hunarmandchilik bilan, shuningdek, xalq hunarmandchiligi an'analarini davom ettirayotgan ustalar bilan tanishtiradi.

"Fil'm 2021 yilning 7-18-iyul' kunlari Amerika Qo'shma Shtatlarida bo'lib o'tadigan "Halq san'ati xalqaro bozori festivali" IFAM) da namoyish etilishi rejalashtirilgan", deyiladi xabarda.

Sputnik xabariga ko'ra, amerikalik rejissyor 12 fevral' kuni AQShning USAID xalqaro taraqqiyot agentligining O'zbekistondagi vakili bo'lgan rafiqasi – Rebekka Blek bilan birgalikda Buxoroga keldi va viloyat turizmni rivojlantirish departamenti rahbariyati bilan uchrashib, suratga olish ishlarini olib borishda amaliy yordam ko'rsatish masalasini muhokama qilishdi.

 

O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Allohga muhabbat ko‘rsatmaysizmi?

18.09.2025   6601   2 min.
Allohga muhabbat ko‘rsatmaysizmi?

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Hazrat, doktor Abdulhay Orifiy quddisa sirruh aytar edilar: «Farz va vojiblar Alloh taoloning buyukligi haqqidir. Alloh taolo Hokim o‘laroq bizga, besh vaqt namoz o‘qing, Ramazon ro‘zasini tuting, zakotni ado eting, haj qiling, deb buyurdi. Bu hukmlarni Alloh taolo bir hokim tarzida amr qilgandir. Alloh taoloning buyukligi haqqi shuki, inson Uning oldida bo‘yin egsin va bu ahkomlarni bajarsin.

Nafl va mustahablar esa Alloh taoloning muhabbati haqqi. Siz Alloh taolo bilan faqat U farz qilgan narsalarni ado etib, qolgan nafl va mustahablarni ado qilmaydigan darajada faqatgina qonuniy aloqa bog‘laysizmi? Undoq bo‘lsa, bu Alloh taolo bilan aloqa quruq bo‘lib qoladi.

Qarang, masalan, er-xotin o‘rtasida qonuniy haqlardan tashqari, nozik rishtalar ham bor. Erning zimmasida ayolining nafaqasini berishi vojibdir. Bu qonuniy haq. Lekin, agar er faqat qonuniy haq bilan kifoyalansa-da, ayoli bilan go‘zal suhbat qurmasa, mehr ko‘rsatmasa, u holda bu quruq aloqa bo‘ladi. Unda biror xushhollik, shavq-zavq bo‘lmaydi.

Agar ko‘ngildagidek aloqa bog‘lash kerak bo‘lsa, u holda qonundan tashqari o‘zining muhabbatini izhor etadi va muhabbat taqozosiga ko‘ra ko‘p ishlar qiladi. Ayni shu tarzda, agar siz Alloh taolo bilan fakat konuniy aloqa bog‘lasangiz, ya’ni faqat farz va vojiblarni ado qilsangiz, qolgan nafllar, mustahablar, fazilatli amallarga e’tibor qaratmasangiz, bandachilingiz quruq bo‘lib qoladi. Chunki bu nafllar va mustahablar Alloh taoloning muhabbati haqqidir.

O‘ylab ko‘ring, sizni kim yaratdi? Kim sizga ne’matlar berdi?

Siz bu ne’matlar haqqini ado etyapsizmi?

Sizga cheksiz ne’matlar bergan Zotning buyrug‘ini bajarsangiz, bo‘ldimi?

Unga muhabbat ko‘rsatmaysizmi?

O‘z ixtiyoringiz bilan biror amal qilmaysizmi?

Albatta, holini bilgan, Allohga haqiqiy muhabbat qilgan banda nafl va mustahab ibodatlarni ham ado qiladi.

Nafllar Alloh taoloning muhabbati haqqidir. Shuning uchun hech ibodatni oddiy, arzimas tushunmang. Masalan, nafl ibodatlardan tahajjud, ishroq, choshtgoh, avvobiyn, taxiyyatul vuzu’, taxiyyatul masjid namozlari Alloh taoloning muhabbati haqqidir. Banda ularni bajarsin. Shuning uchun Nabiy sollallohu alayhi vasallam ularni ado etishga ko‘p targ‘ib qilganlar».

«Nasihatlar guldastasi» kitobidan