Bosh vazir o'rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi raisi Aziz Abduhakimov boshchiligidagi ishchi guruh Hiva shahrida qurilayotgan mehmonxonalarda ketayotgan ish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
Jumladan, Hiva shahrida yangi qurilayotgan 5 yulduzli «Farovon» mehmonxonasi 100 o'ringa mo'ljallangan.
Mehmonxonaning 800 o'rinli anjumanlar zali uchrashuvlarni o'tkazishga mo'ljallangan. Uning qurilishiga 300 ga yaqin ishchi jalb qilingan. Ushbu loyiha 2021 yil oxirida foydalanishga topshirish mo'ljallangan.
Uzbektourism.uz xabariga ko'ra, Aziz Abduhakimov mazkur mehmonxona qurilish jarayoni bilan tanishib chiqib, mutasaddilarga mehmonxonaning xalqaro talablarga muvofiq qurilishi va talabchan sayyohga ham manzur bo'lishi haqida topshiriqlar berdi.
Ta'kidlash joiz, O'zbekistonning eng diqqatga sazovor sayyohlik markazlaridan biri bo'lgan Hiva shahrida doimiy ravishda turli festival, ommaviy tadbir va bayramlar o'tkaziladi. Sayyohlar oqimining tobora ko'payishi esa shaharda zamonaviy va shart-sharoitlarga ega bo'lgan mehmonxonalarga bo'lgan talabni yanada oshirmoqda.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Ayoli vafot etganidan keyin eri juda mayus bo‘lib qoldi. Bir kuni uning yaqin do‘sti uni koyidi:
– Haliyam uylanmadingmi?
– Yo‘q, – dedi u.
– Nega, nahotki boshqa ayollar ichida senga yoqadigani bo‘lmasa?
– Rahmatli ayolimga o‘xshagani topilmasa kerak...
– Qo‘ysang-chi, ayollarning bari bir-biriga o‘xshaydi-ku!..
– Men zohirini aytmayapman. Ichki olamini, botinini aytyapman.
Yigit hayron bo‘lib qarab turgan do‘stiga hayotida bo‘lgan birgina voqeani gapirib berdi:
“Bir kuni ayolim jahlimni chiqardi. Qattiq urishdim va uni ota uyiga haydadim. Jimgina ketdi. Oradan bir necha kun o‘tgach, qilgan ishimdan pushaymon bo‘ldim. Aslida ayb o‘zimdan o‘tganini angladim. Ming andisha bilan qaynotamnikiga bordim. Eshik oldida biroz turib qoldim. So‘ng eshikni taqillatdim. Ayolim ochdi va meni hayratda qoldirib, xuddi oramizda hech gap o‘tmaganday, baland ovozda:
– Assalomu alaykum dadajonisi, safaringiz yaxshi o‘tdimi? – deya tabassum bilan ko‘zini qisib qo‘ydi. Unga bir nimalar demoqchi bo‘lgan edim, u meni qattiq bag‘riga bosib, bunday dedi:
– Gapirmang, ota-onamga sizni “safarga ketdilar”, dedim...
Ana shunday fahmli, oqila edi ayolim. Shuning uchun ham unga hech birini o‘xshatolmay, uylanolmay yuribman, do‘stim”.
Ha, azizlar! Alloh taolo erkakni ayol uchun, ayolni erkak uchun ne’mat qilib bergan. To‘g‘ri, ba’zilar bir-birlarining kamchiliklaridan shikoyat qilib qolishadi. Ammo hech kim benuqson emas. Mukammal ayolni ham, erkakni ham axtarmang bu dunyoda. Hikoyada kelganidek, ba’zida er uchun bir jufti halol butun dunyodagi ayollardan afzal bo‘lishi mumkin. Shunday ekan, ahli ayolimizni qadrlaylik. Zero, u ham kimningdir farzandi, bolalarimizning onasi. Eng muhimi, Allohning bizga bergan omonatidir.
Akbarshoh RASULOV