2021 yilda o'tkazilishi rejalashtirilgan Jahon va an'anaviy dinlar etakchilarining qurultoyi 2022 yilda Qozog'istonda bo'lib o'tadi. Bu haqda respublika bosh vaziri Asqar Mamin ma'lum qildi.
"Jahon va an'anaviy dinlar etakchilarining qurultoylari 2022 va 2025 yillarda o'tkaziladi", – deydi Asqar Mamin.
Express-k.kz ma'lumotlariga ko'ra, Qozog'iston poytaxtida respublikaning birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev tashabbusi bilan Jahon va an'anaviy dinlar etakchilari qurultoyi 2003 yildan beri o'tkazib kelinadi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Shu yil 21 may kuni ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, otinoyilar faoliyatini takomillashtirish maqsadida Xorazm viloyatida faoliyat yuritayotgan otinoyilar va targ‘ibot guruhi a’zolari ishtirokida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.
Seminarda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i Dilfuza Egamova va Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning mas’ul xodimi Shahzod G‘afurovich ishtirok etdi.
O‘quv-seminarda fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi mazmun-mohiyati tushuntirildi. Shuningdek, otinoyilar faoliyati bo‘yicha ishlab chiqilgan yangi qo‘llanma bilan tanishtirilib, har bir bandiga izoh berildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati