Sayt test holatida ishlamoqda!
23 Iyul, 2025   |   28 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:32
Quyosh
05:10
Peshin
12:35
Asr
17:37
Shom
19:53
Xufton
21:23
Bismillah
23 Iyul, 2025, 28 Muharram, 1447

Navoiy - buyuk bunyodkor

08.02.2021   2161   2 min.
Navoiy - buyuk bunyodkor

Buyuk Alisher Navoiyning nomi ko'hna tarix zarvaraqlarida oltin harflar bilan yozilganiga shubha yo'q. Uning bitgan asarlari jahon adabiyotining durdonalaridan hisoblanadi. Ularda bashariyatni ruhiy, ma'naviy kamol topishi uchun diniy, insoniy odob - axloq qoidalari, namunalari mukammal aks etgan. E'tiborlisi shundaki, ayni shu jihati bilan o'quvchini buyuk maqsad - ma'naviy kamolot sari etaklaydi.

Bu zoti sharif boshqa ijodkorlardan farqli o'laroq insonning bunyodkorlik fazilatini nafaqat tarannum etgan, balki o'zi bunyodkorlik namunasini amalda ko'rsatib bergan ulug'lardandir. Inson hayron qoladi. Ijodidan ortib, el - yurt manfaati uchun naqadar go'zal inshootlar barpo etganki, u go'yoki shoirlik sharafiga bunyodkorlik sifatini ham qo'shib yuborgan, desak xoto qilmagan bo'lamiz.

Tarixchi Hondamirning yozishicha, Alisher Navoiy qisqa umri davomida 4 ta madrasa, 25 dan ortiq masjid, 11 ta xonaqoh, 25 ta rabot, 20 ta hovuz, 16 ta ko'prik, 1 to'g'on, 9 ta hammom qurdirgan.  Navoiyning bosh bo'lib qurdirgan barcha imorat - inshootlari hisoblanganda 300 tadan oshib ketishi aniqlangan.

Bobur o'zining mashhur "Boburnoma"sida Navoiyni vasf qilib, "Ahli fazl va ahli hunarg'a Alisherbekcha murabbiy va muqavviy ma'lum emas... Muncha binoiy xayrkim, ul qildi kam kishi mundoqqa muvofiq bo'lmish bo'lg'ay", deb yozadi.

Ammo bu kamtarlikni qarangki, shuncha inshootlar qurib, xayrli ishlar qilib, bebaho asarlar yozishiga qaramay, hamisha o'zini o'zi malomat qilib, go'yoki dunyoga kelib hech ish qilmay ketayapman, degandek nafsining xohishiga qarshi fikrlar bildiradi:

Navoiy nafs zulmatiga qolmish,

Sen o'lmay Hizri ruh, chiqmoq ne yoro?!

Qiyomatda gunohin avf etarg'a

Rasulingni shafi' et kirdigoro.

Bugun biz ulug' Navoiy bobomizdan o'rnak olib, o'qib, o'rganib ma'naviy olamimizni boyitishimiz, el manfaati yo'lida butun borlig'imizni fido etmog'imiz darkor. Zero, uning asarlari millatimiz, ma'naviyatimiz quyoshi odamiylikning barcha jihatlari bilan har doim hamnafasdid.

Shofirkon tuman "Qori Fazliddin" masjidi imomi Mustaqim Isoyev.

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Ilm-fiqhning mohiyati va fazilati: 2-son

21.07.2025   4181   1 min.

Buyuk mutafakkir va faqih Burhoniddin Marg‘inoniyning yetuk shogirdi, hanafiy olim Imom Zarnujiy rahimahullohning "Ta’limul muta’allimi toriqot ta’allumi" kitobi asosida ilm olishning foydalari, odoblari, inson va jamiyat taraqqiyotida ilm-fanning o‘rni haqida so‘z boradi. Sakkiz asrdan beri ilm ahli, talabalar va ziyolilar orasida keng foydalanib kelinayotgan mazkur asar haqida Alloma Laknaviy rahimahulloh haqida "Ko‘p foydalarga ega, nafis, manfaatli kitob", deya ta’rif bergan.

Abduvohid domla Ahmadaliyev,
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi mutaxassisi.