Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Mart, 2025   |   13 Ramazon, 1446

Toshkent shahri
Tong
05:20
Quyosh
06:38
Peshin
12:37
Asr
16:41
Shom
18:30
Xufton
19:43
Bismillah
13 Mart, 2025, 13 Ramazon, 1446

Ziyorat turizm: samarali hamkorlik natijalari

8.02.2021   1351   1 min.
Ziyorat turizm: samarali hamkorlik natijalari

Avval xabar berib o'tganimizdek, ziyorat turizm dasturi doirasida pokistonlik ziyoratchilarning yurtimizga tashrifi rejalashtirilgan edi. Kuni kecha dastlabki ziyoratchilar mamlakatimizga etib keldilar.

Mehmonlar, dastlab, Toshkent shahridagi Hazrati Imom majmuasida bo'lib, Usmon Mushafi, Baroqxon madrasasi va Qaffol Shoshiy ziyoratgohlari bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ziyorat dasturi doirasida Qatag'on qurbonlari xotira muzeyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi va boshqa shu kabi diqqatga sazovor maskanlarda bo'ldilar.Eslatib o'tamiz, ziyoratchilarning keyingi manzili Samarqand, Buxoro va Horazm viloyatlaridagi ziyoratgoh va qadamjolar.

Mehmonlarning tashrifi Din ishlari bo'yicha qo'mita, O'zbekiston musulmonlari idorasi hamkorligida "Real Dreams" turistik kompaniyasi tomonidan tashkil etilmoqda.

 

Din ishlari bo'yicha qo'mita

Axborot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Videolar

12-ju'z: Hud 1-oyatidan Yusuf 53-oyatigacha

13.03.2025   129   1 min.

 

Videolavhalar