Madinada payg'ambarimiz Muhammad alayhissalomning hayotlari va islom tsivilizatsiyasiga bag'ishlangan xalqaro ko'rgazma va muzey o'z faoliyatini boshladi, deya xabar bermoqda ArabNews.
Loyiha Butunjahon musulmonlar ligasi tomonidan amalga oshirilgan bo'lib, uning doirasida butun dunyoda xuddi shunday muzeylar ochish rejalashtirilgan.
Masjidi Nabaviy yaqinida joylashgan muzey 24 soat ochiq bo'ladi, u erda payg'ambarimiz Muhammad alayhissalomning hayotlari va islom dunyosining tarixiga bag'ishlangan eksponatlar o'rin olgan.
Ko'rgazmada o'nlab rasmlar va interfaol displeylar mavjud. Bu erga keluvchilar arab tilidan tashqari ingliz, ispan, urdu, frantsuz, turk va indonez tillarida ham ma'lumot olishlari mumkin. Shuningdek, bu erdagi 4DX kinoteatrda Muhammad alayhissalomning hayotlariga bag'ishlangan fil'mlar namoyish etiladi.
Ko'rgazmadagi yigirma besh pavil'ondan birida ayollarning islomdagi o'rni, islom endigina tarqala boshlagan paytda ayollar qanday rol o'ynagani haqida hikoya qilinadi.
azon.uz
Ma’ruf ibn Fayruz al-Karxiy rahimahulloh aytadilar:
“Dunyo to‘rt narsadan iborat: mol, so‘z, uyqu va taom. Mol tug‘yonga olib boradi, so‘z adashtiradi, uyqu esdan chiqaradi, taom shahvatga yetaklaydi”.
“Solihlar ko‘p, lekin ular ichida siddiqlar kam”.
“Alloh kimga yaxshilikni istasa, unga amal eshigini ochib, tortishish eshigini yopadi. Agar yomonlik istasa, amal eshigini yopib, tortishish eshigini ochadi”.
“Allohga tavakkul qil, toki U sening ustozing va shikoyat qiladigan Zoting bo‘lsin. Chunki insonlardan naf yo‘q”.
“Ko‘zlaringizni tiying, hatto urg‘ochi qo‘ydan ham”.
“Saxiylik — muhtoj paytda muhtoj narsani boshqa birovga berishdir”.
“Tungi ibodat mo‘min uchun qiyomat kunida nur bo‘lib, o‘ngu so‘lini yoritadi. Kunduzgi nafl ro‘za esa, bandani do‘zaxning issig‘idan uzoqlashtiradi”.
“Qiyomat kunida bir nido qilguvchi: “Ey Allohni madh qilganlar turinglar”, deb nido qiladi. Shunda, “Qul huva Allohu ahad”ni ko‘p o‘qiganlar turishadi”.
“Avliyolarning alomati nima?” — deb so‘rashdi. “Alomatlari uchtadir: Alloh uchun g‘am chekadi, Alloh bilan mashg‘ul bo‘ladi va Alloh tomonga qochishadi”.
Dovud Toiyning do‘stlaridan biri menga: “Amalni tashlama. U seni Robbingning roziligiga yaqinlashtiradi”, dedi. Men undan: “Qaysi amalni?” deb so‘radim. U: “Robbingga doimiy itoat, musulmonlarga xizmat va ularga nasixat” dedi.
Homidjon qori ISHMATBЕKOV