Sayt test holatida ishlamoqda!
21 Aprel, 2025   |   23 Shavvol, 1446

Toshkent shahri
Tong
04:09
Quyosh
05:35
Peshin
12:27
Asr
17:10
Shom
19:13
Xufton
20:32
Bismillah
21 Aprel, 2025, 23 Shavvol, 1446

ROShID HALIFALAR DAVRI Abu Bakr siddiq roziyallohu anhu

08.02.2021   7548   43 min.
ROShID HALIFALAR DAVRI  Abu Bakr siddiq roziyallohu anhu

 

UChINChI BOB

 

ROShID HALIFALAR DAVRI

(hijriy 11 40 yillar; milodiy 632 661 yillar)

 

MUQADDIMA

«Islom tarixi» deb nomlangan kitobimizdagi ushbu bobda roshid xalifalar, ya'ni rushd – to'g'ri yo'ldagi xalifalar davri haqida so'z boshlashdan oldin ular yashagan va xalifalik qilgan davr musulmonlari haqida muqaddima sifatida uch-to'rt og'iz so'z aytmoqni iroda qildik.

Oisha roziyallohu anho aytadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan: «Odamlarning qay biri yaxshi?» deb so'rashdi. Shunda u zot: «Mening zamondoshlarim. So'ng keyingilar, so'ng keyingilar», dedilar».

Muslim rivoyat qilgan.

Musulmon ummatining eng yaxshi asri ilk uch asr ekanini hamma bir ovozdan ta'kidlagan. Ana shu uch asr musulmonlari «salafi solih», ya'ni «o'tgan solihlar» deb nomlanadilar. Sahobalar, tobe'inlar va taba'a tobe'inlardan iborat bu uch avlod musulmonlari davrida Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam ushbu hadisi shariflarida aytgan bashoratlari yuzaga chikdi. Salafi solihlar Islomni o'z hayotlariga mukammal tatbiq qildilar. Ular har bir masalada kyolajak avlodlar uchun to'liq namuna bo'ladigan ishlarni amalga oshirdilar. Buning uchun ularning ikki ustunliklari bor edi. Birinchisi – Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamning davrlariga yaqinliklari, ikkinchisi – arabiy tabiatlarining sofligi.

Salafi solihlarimiz shariatning barcha sohalarida: ham e'tiqodiy (aqiyda), ham amaliy (fiqh), ham axloqiy (tasavvuf) sohalarida kattayu kichik barcha masalalarni Qur'oni Karim va Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamning sunnatlari asosida, ijmo' va qiyosni ishga solgan holda hal qildilar va ularga echim topish usullarini to'laqonli vn tartibli qoidalar bilan asosladilar. Keyingi avlod musulmonlariga o'sha manbalar asosida o'z hayotlarida paydo bo'ladigan yangi masalalarni hal qilish qoldi, xolos.

Shuning uchun ham Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamning bashoratlari ila voqelikda Islom ummatining afzali bo'lmish salafi solihlarimizni, xususan, ular ning gultoji bo'lmish sahobai kiromlarni barcha davr va makon musulmonlari e'zozlamoqlari lozim. Ularning muborak hayotlarini yaxshilab o'rganib, ulardan o'rnak olmoqlari kerak.

 

ROShID HALIFALAR DAVRI HAQIDA UMUMIY SO'Z

«Roshid xalifalar» deg'an nomni olgan to'rt sahoba – Abu Bakr, Umar, Usmon va Aliy roziyallohu anhular Islom ummatining Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan keyingi eng yaxshi va afzal namoyandalaridir. Shuningdek, ular Nabiy sollallohu alayhi vasallamning eng yaqin sahobalaridir. Bu to'rt buyuk sahobalar ismlari zikr qilingan tartibda musulmon ummatiga rahbarlik qilganlar. Ularning fazlini Muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallamning o'zlari aytib ham qo'ygan edilar.

Irboz ibn Soriya roziyallohu anhudan rivoyat tsilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Sizlarga mening sunnatimni va hidoyatga solingan roshid xalifalar sunnatini tutish lozimdir, unga tish-tirnoqlar bilan yopishinglar», dedilar».

Abu Dovud, Dorimiy, Termiziy, Ibn Moja va Ibn Hanbal rivoyat qilishgan.

Ushbu roshid xalifalar musulmon ummatiga rahbarlik qilgan muddat salkam o'ttiz yilni o'z ichiga oladi. Bu muddat xalifalarning Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yo'llaridan adashmasdan, hech qayoqqa burilmasdan, izma-iz borishlari bilan ajralib turadi.

Bu davrda musulmon olamida Alloh taolo O'z bandalariga rozi bo'lgan to'g'ri yo'ldan yurildi.

Ushbu muddatda Islom hukmining eng to'g'ri surati gavdalanib, u har bir hokimning ikki dunyo saodatini istagan kishilarga o'rnak bo'lishi uchun namoyon bo'ldi.

Ana o'shanda musulmonlarga mukammal salohiyat va baxtiyor hayot ta'minlanishi va'da qilindi. Ushbu muddatda Islom tamadduni o'zining eng yuqori cho'qqisiga chiqdi. Bunda aqiydaga ergashuvchi insoniy tamaddun va insonning saodatini yuzaga chiqarish uchun harakat qiladigan tamaddun ko'zda tutiladi. Ana shu muddatda kishilar tugal saodatga, tenglikka, adolatga, omonlikka, xotirjamlik va asosiy ehtiyojlarining qondirilishiga erishdilar.

Ushbu muddatning oxirlariga kelib musulmonlarni larzaga solgan fitnalar yuz berdi. O'sha fitnalar musulmonlarni turli oqim va firqalarga bo'lib tashladiki, bu narsalar hozirgacha davom etib kelmoqda. Alloh taoloning O'zi yordam so'ralguvchi Zotdir.

 

BIRINChI FASL

 

ABU BAKR SIDDIQ ROZIYaLLOHU ANHU

(xalifalik davri: hijriy 11 yil 13 rabi'ul

avvaldan 13 yil 21 jumodul oxirgacha;

milodiy 632 yil 7 iyundan 634 yil 21 avgustgacha)

 

Hazrati Abu Bakrning ismi va laqablari

Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu kunyasi ismidan mashhur bo'lib ketgan shaxslardan biridir. Abu Bakr – u kishining kunyalari bo'lib, ismlari Abdulloxdir.

Ba'zi rivoyatlarda aytilishicha, u kishining avvalgi ismlari Abdulka'ba bo'lgan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu ismni Abdullohga almashtirgan ekanlar.

Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuning otalari ham kunyasi bilan, ya'ni Abu Quhofa nomi bilan shuhrat topgan, asl ismi esa Usmon bo'lgan.

Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuning eng mashhur laqablari Siddiqdir. Ushbu laqabni olishlariga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning har bir amallarini tasdiqlashga har doim shoshib turganlari, bundan tashqari yuqorida ham keltirilganidek, Isro va Me'roj hodisasini hech qanday taraddudsiz, darhol tasdiqlaganlari sabab bo'lgan. Shu bilan birga, Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu doimo o'zlariga sodiqlikni muhim asos deb bilganlar. Iymon masalasida u kishida biror marta, salgina bo'lsa ham ikkilanish yoki sustkashlik sezilmagan. Shu va shunga o'xshash juda ko'p holatlar u kishining «Siddiq» degan laqabni olishlariga sabab bo'lgan.

Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuning ikkinchi laqablari «Atiyq» edi. U kishining bunday laqabni olishlariga Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamning shariflari sabab bo'lgan. Buni imom Termiziy Oisha onamizdan rivoyat qilgan quyidagi hadisdan bilib olamiz.

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:

«Abu Bakr Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kirdi. U zot unga: «Sen Allohning do'zaxdan atiyqisan (ozod qilganisan)», dedilar. O'sha kundan u Atiyq deb atala boshladi».

 

Abu Bakr roziyallohu anhuning tug'ilishlari va ulg'ayishlari

Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamning tavalludlaridan ikki yilu bir necha oy keyin dunyoga keldilar.

U kishining otalari Abu Quhofa Usmon ibn Omir edi. Onalari esa Ummul Hayr Salmo bint Soxr ibn Amr – Abu Quhofaning amakilarining qizi bo'lgan.

Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu Makkai mukarramada o'sib-ulg'aydilar. U kishi faqat tijorat uchungina bu muqaddas shahardan tashqariga chiqar, o'z tijoratlari orqasidan katta mol-mulk topgan edilar. Shu bilan birga, Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu xayru ehson va muruvvatlari bilan ham johiliyat ahli orasida nom chiqargan, Qurayshning rahbarlaridan biri sifatida maslahat-mashvarat ishlarida doimo ishtirok etib, kishilarning muhabbatini qozongan edilar.

Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuga Qurayshning xun va qarz borasidagi ishlari topshirilgan edi.

Johiliyat davrida arablarning markazlashgan davlatlari bo'lmagani uchun Makka ahli turli vazifalarni Quraysh qabilasining turli urug'lariga bo'lib qo'ygan edi. Bir urug' kishilarni mehmon qilishga mas'ul bo'lsa, boshqasi Ka'baga qarashga, uchinchisi majlis o'tkazishga javobgar edi. Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuning urug'i Banu Taymga ana shunday vazifalardan biri – diya va qarzlar ishi topshirilgan edi.

Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu johiliyat davrida ham, Islom davrida ham eng sharafli o'n kishining biri bo'lganlar. Shuningdek, u kishi johiliyat davrining odamlari ichidagi eng iffatli kishilardan biri bo'lib, o'z ixtiyorlari bilan umuman ichkilik ichishga yaqinlashmagan edilar.

O'sha davrlar arab xalqlarida she'riyatga qiziqish nihoyatda kuchli bo'lgani hammaga ma'lum. Lekin u kishi she'r aytish, yozish bilan mashg'ul bo'lmaganlar.

 

Hazrati Abu Bakrning sifatlari

Ibn Sa'd rivoyat qiladi:

«Bir kishi Oishaga: «Menga Abu Bakrni sifatlab bering», dedi. U kishi: «U oppoq, ozg'in, yonoqlari kichik, biroz egilgan, izori ikki yonboshida turmay, sirpanib ketadigan, yuzi ichiga kirgan, ko'zlari chuqur, peshonasi do'ngroq va qushdek engil odam edi. Uning sifati ana shunday», dedi».

Boshqa bir rivoyatda Oisha onamiz: «Abu Bakr (soch-soqolini) xino va katm – maxsus bo'yoq bilan bo'yab yurardi», deganlar. Yana boshqa bir rivoyatda Anas roziyallohu anhu: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Madinaga kelganlarida, u zotning sahobalari ichida Abu Bakrdan boshqa soch-soqoliga oq tushgani yo'q edi. U xino va katm bilan bo'yab yurardi», deganlar.

 

Hazrati Abu Bakrning Islomga kirishlari

Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu tabiatan sezgir va yaxshilikka moyil bo'lganlari uchun johiliyatda ham iloji boricha yomonliklardan qochib, yaxshiliklarga yondashib yurar edilar. Shu bilan birga, «Johiliyat botqog'idan chiqish mumkinmi?» degan savolga ko'p javob axtargan bo'lsalar ham ajab emas.

Ibn Asokir Iyso ibn Yaziddan quyidagilarni rivoyat qiladi:

«Abu Bakr Siddiq aytdi: «Men Ka'baning hovlisida o'tirgan edim. Zayd ibn Amr ibn Nufayl ham o'tirgan edi. Uning oldidan Umayya ibn Abu Salt o'tib qoldi va: «Qandoqsan, ey yaxshilik axtaruvchi?» dedi.

«Yaxshiman», dedi u.

«Uni topdingmi?» deb so'radi Umayya.

«Yo'q», dedi u.

«Qiyomat kuni Alloh amr qilmagan hamma dinlar yomondir. Anavi kutilayotgan payg'ambar bizdanmi, sizdanmi?» dedi Umayya.

Men bundan oldin kutilayotgan va yuboriladigan payg'ambar haqida eshitmagan edim. Varaqa ibn Navfalning oldiga chiqtsim. U osmonga ko'p nazar soladigan, ichida bir narsalarni pichirlab yuradigan odam edi. Uni topib, bo'lgan gapni aytib berdim.

«Ha, ey birodarimning o'g'li, biz kitoblar va ilmlar sohibimiz. Ana shu kutilayotgan payg'ambar arablarning eng yaxshi nasabidan bo'ladi. Men nasablarni bilaman. Sening qavming arablarning eng yaxshi nasabidan», dedi u.

«Ey amaki, payg'ambar nima deydi?» dedim.

«Uziga nima aytilsa, shuni aytadi. Faqat u zulm qilmaydi. Unga ham zulm qilinmaydi. U zulmga aralashmaydi ham», dedi u.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yuborilganlarida u zotga iymon keltirdim va tasdyq qildim».

 

Hazrati Abu Bakrning Islomdagi xayotlari

Abu Bakr roziyallohu anhu erkaklardan birinchi musulmon bo'lgan zot edilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Islomda Abu Bakrdan boshqa biror odamga bir narsa buyursam, bosh tortgan, so'z qaytargan. Ammo unga nimani gapirsam, albatta qabul qilib, shunda mustaqim turgan», deganlar.

Abu Bakr roziyallohu anhu musulmon bo'lganlaridan boshlab to Nabiy sollallohu alayhi vasallam vafot etgunlaricha har doim u zot bilan birga bo'ldilar. Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan birga hijrat qilib, u zotning g'ordagi hamrohlari bo'ldilar. Bu haqda Alloh taolo shunday marhamat qiladi:

«Ular ikkovlon g'orda turganlarida, u hamrohiga: «Mahzun bo'lma, Alloh biz bilan», dedi»(Tavba surasi, 40-oyat).

Abu Bakr roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan barcha g'azotlarda birga bo'ldilar. Uhud va Hunayn kunlari odamlar qochib ketganda ham, u kishi sobit turdilar.

Odamlarning eng shijoatlilaridan bo'lgan Abu Bakr roziyallohu anhu janglarda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan bir qadam ham jilmasdan, u zotni mudofaa qilar edilar.

Abu Bakr roziyallohu anhu nihoyatda karamli kishilardan bo'lib, boyliklarining ko'p qismini Allohning yo'lida sarflar edilar. Alloh taolo Qur'oni Karimda u kishi haqida:

«Undan (ya'ni do'zahdan) taqvodor banda chetda qoladi. U mol-mulkini beradi, poklanadi», degan (Layl surasi, 17-18-oyatlar).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam esa: «Menga Abu Bakrning boyligichalik hech bir boylik manfaat bermadi», deganlar.

Tabuk g'azotida Abu Bakr roziyallohu anhu boyliklarining hammasini ehson qilib, lashkarga ishlatdilar va ushbu g'azotda musulmonlarning bayroqtsori bo'ldilar.

U kishining qo'llarida juda ko'p katta sahobalar musulmon bo'lganlar. Usmon ibn Affon, Zubayr ibn Avvom va Abdurrahmon ibn Avf roziyallohu anhum ana shular jumlasidandir.

Abu Bakr roziyallohu anhu azobda qolgan musulmon qullarni sotib olib, ozod qilar edilar. Ularning ichida Bilol ibn Raboh, Amr ibn Fuhayra, Zinniyra kabi atoqli sahobalar bor edi.

Hijriy to'qqizinchi, milodiy 631 yilda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u kishini hajga amir qilib yubordilar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafotlaridan oldingi bemorliklarida: «Abu Bakrga buyuringlar, odamlarga namozga o'tsin», deganlar.

 

Abu Bakr roziyallohu anhuga bay'at qilinishi

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning vafotlaridan keyin ansoriylar Madinai munavvarani boshqarib turish uchun Madina ahlidan xalifa tanlash kerakligini mulohaza qildilar. Musulmonlarni iqtidorli odam boshqarishi lozim edi. Aks holda Madina tahdid ostida qolishi turgan gap edi. Ularda muhojirlar endi ona yurtlari Makkai mukarramaga qaytib ketsalar kerak, degan gumon ham bor edi.

Shuning uchun Banu Soidaning majlisxonasiga to'planib, o'zaro maslahat qilishdi. Sa'd ibn Uboda roziyallohu anhuni xalifa kilib saylamoqchi bo'ldilar. Bundan xabar topgan Abu Bakr, Umar, Abu Ubayda ibn Jarroh roziyallohu anhum va boshqa muhojirlar ularning oldiga borishdi.

Ular: «Bizdan bir amir, sizdan bir amir», deyishdi. Umar roziyallohu anhu ran boshlagan edilar, Abu Bakr u kishini to'xtatdilar.

So'ng Abu Bakr gapirdilar. Gapirganda ham, eng balog'atli odamlarning gapini aytdilar. U kishi o'z gapida: «Ey Sa'd, esingdami, sen ham o'sha erda o'tirganding. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Quraysh bu ishning egalaridir...» deganlar», dedilar.

Sa'd ibn Uboda: «To'g'ri aytdingiz! Bizlar (ansorlar) vazirlarmiz, sizlar (muhojirlar) esa amirlarsiz», dedilar.

Abu Bakr: «Umarga yoki Abu Ubaydaga bay'at qilinglar!» dedilar. Umar: «Io'q! Sizga bay'at qilamiz. Siz sayyidimiz, eng yaxshimiz va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga eng mahbubimizsiz», dedilar va oldinga chiqib, u kishining qo'llaridan tutgan holda bay'at qildilar. Keyin o'sha shiy-ponda turganlarning hammalari u kishiga bay'at qilishdi.

Shunda ansorlar muhojirlarning Madinai munavvarada qolishlarini, bu erdan ketmasliklarini bilib, bu ishga ulardan ko'ra muhojirlar haqliroq ekaniga qanoat hosil qildilar va shunga kelishdilar.

Shiypondagi bay'atdan keyin Abu Bakrga ommaviy bay'at qilindi. So'ng Abu Bakr gapirdilar. Allohga hamdu sano aytdilar va shunday dedilar: «Men yaxshingiz bo'lmasam ham, sizga voliy qilindim. Agar yaxshilik qilsam, menga yordam beringlar, agar yomonlik qilsam, menito'g'rilanglar! Sodiqlik, to'g'riso'zlik omonat, koziblik, yolg'onchilik xiyonatdir. Sizning ichingizdagi zaif uning haqqini olib bergunimcha, inshaalloh, mening nazdimda kuchlidir. Sizning ichingizdagi kuchli undan haqni olgunimcha, inshaalloh, mening nazdimda zaifdir. Qaysi bir qavm Alloh yo'lidan burilsa, Alloh ularni xorlikka duchor qiladi. Qaysi bir qavm ichida foxishalik tarqalsa, Alloh ularni ommaviy baloga yo'liqtirur. Modomiki, Allohga va Uning rasuliga itoat qilar ekanman, menga itoat qilinglar! Qachon Allohga va Uning rasuliga osiy bo'lsam, zimmangizda menga itoat qilish yo'q. Namozingizga turinglar, Alloh rahm qilgurlar!».

 

Abu Bakr roziyallohu anhuning qilgan ishlari va fathlari

Hazrati Abu Bakr roziyallohu anhuning xalifalik davrlari juda ham qisqa – ikki yil uch oy-u bir hafta bo'ldi.

O'zi qisqa bo'lishiga qaramay, bu davr buyuk ishlarga to'la kechdi. O'sha ishlardan eng muhimlarini aytib o'tamiz.

Usoma ibn Zayd roziyallohu anxuning lashkarini Nabiy sollallohu alayhi vasallam ko'zlagan tarafga yuborishni amalga oshirish

Ko'pchilik bu lashkarni yuborishga qarshi chiqib, «Yubormaslik kerak» deb turib olishdi, chunki Arabiston yarimorolining ko'pchilik aholisi murtad bo'lib ketgan, Madinai munavvarani xavf-xatar o'rab olgan edi. Shunga qaramasdan, Abu Bakr roziyallohu anhu natijalar nima bo'lishidan qat'i nazar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning amrlariga binoan Usomaning lashkarini yuborishga qaror qildilar. Bunda musulmonlarning qay darajada moddiy-ma'naviy quvvatga ega ekanlarini hammaga ayon qilish ham bor edi. Mazkur lashkar g'alaba bilan qaytib keldi. Bu ish ko'pchilikning Islomda sobit qolishiga sabab bo'ldi.

 

Ridda urushlari

Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamning vafotlaridan keyin, Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuning ilk xalifalik davrlarida ayrim arab qabilalari Islomdan qaytib murtad bo'lishdi. Usha vaqtda ba'zi arablar Islomdan yuz o'girib, yana butu sanamlarga ibodat qilishga, mushriklikka qayta boshlashdi.

Ikkinchi bir guruh, ya'ni Yamomada Musaylima Kazzob, Banu Tamim qabilasida Sajoh bint Horis, Banu Asad ibn Huzayma qabilasida Tulayha ibn Huvaylid Asadiy va Yamanda Asvad Ansiy kabi soxta payg'ambarlarga ergashganlar ham paydo bo'ldi.

Usha paytda Toy, Asad ibn Huzayma qabilalari va ularga tobe bo'lgan boshqa G'atafon urug'lari o'zini payg'ambar deb e'lon qilgan Tulayha ibn Huvaylid Asadiyga ergashib, dindan chiqishdi.

Banu Hanifa qabilasi esa Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hayotlik choqlaridayoq u zotdan payg'ambarlikning yarmiga sherik bo'lishni talab qilib chiqqan Musaylima Kazzob-ni payg'ambar deb tan olib, yoppasiga murtad bo'ldi.

Tarixchilarimizning ta'kidlashlaricha, Makka, Madina va Toifdan boshqa taraflardagi ayrim kishilar turli shakllarda Islomdan qaytishgan edi.

Uchinchi bir guruh esa Islomning hamma shartlarini bajarib turib, faqatzakot berishdan bosh tortishdi. Ular: «Biz zakotni Muhammad sollallohu alayhi vasallamga berar edik. Endi u zot vafot etdilar, zakot oladigan odam qolmadi», deyishdi.

Ana shunday og'ir va xatarli bir paytda xalifa Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu sahobai kiromlarni to'plab, maslahat qildilar. Sahobai kiromlar boshqa murtadlarga qarshi urush e'lon qilishda yakdil bo'lsalar ham, zakotni berishdan bosh tortganlarni vaqtincha tek qo'yishni taklif qildilar. Biroq xalifa Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu bunga ko'nmadilar. U kishi: «Alloxga qasamki, kim namoz bilan zakotning orasini farqlasa, u bilan albatta urush qilaman, chunki zakot boylikning haqqidir. Allohga qasamki, agar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga berib turgan bir uloqni man qilsalar ham, ana shu man qilingani uchun albatta ularga qarshi urush qilaman», dedilar.

 

Banu Abs va Banu Zubyon ishi

Najd tarafdan bo'lgan Abs va Zubyon qabilalari Madinai munavvaraga hujum qilish niyatida uning yaqinidagi Abraq va Zulqissa nomli joylarga kelib tushishdi. Ularga Banu Asad va boshqalar ham qo'shilishdi. Ular Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuga elchilar yuborishdi va namoz bilan kifoyalanib, zakotni bekor qilishni talab qilishdi. Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu ularning bu takliflarini qabul qilmadilar. Elchilar noumid bo'lib qaytishdi.

Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu ularning Madinaga bexosdan hujum qilib qolishlaridan xavfsirab, chora ko'ra boshladilar. Hazrati Aliy, Zubayr ibn Avvom, Talha ibn Ubaydulloh va Abdulloh ibn Mas'udlar boshchiligida shahar-ning chet taraflariga qo'riqchilar qo'ydilar. Shahar aholisini esa Masjidi Nabaviyga to'planib turishga amr qildilar.

Zakotni man qiluvchilarning elchilari qaytib borib, boshliqlariga bo'lgan gaplarni hamda Madinada odam ozligining xabarini etkazishdi. Ular shaharga qarab yurish boshlashdi.

Qo'riqchilar Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuta odam yuborib, dushman bostirib kelayotganining xabarini berishdi. U kishi musulmonlarni tuyalarga mindirib, olib chiqtsilar. Dushman qocha boshladi. Musulmonlar ularni Zuxushubgacha quvib bordilar. O'sha erda dushmanlar puflab shishirilgan katta meshlarni musulmonlar tomonga dumalatishdi. Tuyalar meshlardan qo'rqib, ortga qarab qocha boshladi. Ammo Allohning fazli ila musulmonlardan hech kim tuyadan yiqilmadi.

Kechasi Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu bildirmasdan, dushman ustiga bostirib bordilar. Ular musulmonlar o'z ustlarida turganlarini ko'rib, sarosimaga tushgancha, tum-taraqay bo'lib qochishga tushishdi. Tong otganda yaqin orada birorta ham dushman qolmagan edi. Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu odamlar bilan ularni Zulqissagacha quvib bordilar va u erga Nu'mon ibn Muqarrinni qo'yib, qaytdilar.

Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu Madinaga qaytib kelganlaridan keyin Usoma roziyallohu anhu o'z lashkarlari bilan etib keldi. Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu u kishini o'z o'rinlariga tayinlab, lashkarga dam berib, o'zlari Zuxushub va Zulqissa tomon yo'l oldilar. Keyin Ridda degan joyga borib, u erdagi murtadlarga qarshi jang qilib, engdilar, Banu Zubyon qabilasini ham qo'lga oldilar va u erni musulmonlarning hayvonlari uchun qo'riqxonaga aylantirdilar.

 

Murtadlarga qarshi lashkar tayyorlash

Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu yuqorida zikr qilingan yurishlardan keyin Madinaga qaytib keldilar. Usomm roziyallohu anhuning lashkari dam olib bo'lgach, Madinai munavvaraning tashqarisiga lashkargoh qurdilar. Vaziyatni chamalab ko'rib, o'n bitta lashkar tuzdilar. Ularga qo'mondonlar tayinlab, vazifalarini belgilab berdilar.

  1. Holid ibn Valid lashkari.

Tulayha ibn Huvaylid Asadiyga qarshi boradi. Undan fo-rig' bo'lgach, Banu Tamim qabilasiga, keyin Yamomaga o'tadi.

  1. Ikrima ibn Abu Jahl lashkari.

Yamomadagi Musaylima Kazzobga qarshi boradi. So'ng Umon va Mahraga, so'ngra Hazramavtga, so'ng Yamanga o'tadi.

  1. Shurahbil ibn Hasana lashkari.

Ikrimaga yordam uchun avval Yamomaga, so'ng Hazramavtga boradi.

  1. Muhojir ibn Abu Umayya lashkari.

Asvad al-Ansiyga qarshi Yamanga boradi. Keyin Hazra-mavtga o'tadi.

  1. Huzayfa ibn Mihsan G'alfoniy lashkari.

Umonga boradi.

  1. Arfaja ibn Harsama lashkari.

Mahra ahliga qarshi boradi.

  1. Suvayd ibn Muqarrin lashkari.

Yamanning Tihoma ahliga boradi.

  1. Alo ibn Hazramiy lashkari.

Bahraynga boradi.

  1. Turayfa ibn Hojiz lashkari.

Havozinning Banu Sulaym qabilasiga boradi.

  1. Amr ibn Os lashkari.

Quzo'a qabilasiga qarshi boradi.

  1. Holid ibn Sa'id ibn Os lashkari.

Shom ostonalariga boradi.

Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu faqat lashkar tuzish va ularga amirlar tayinlash bilan kifoyalanmadilar. Ishni yana ham puxta qilishga o'tdilar. Shu maqsadda u kishi amirlarga qo'llanma xati ham yozib berdilar. Lashkarlardan oldin murtadlarga ham maktublar yubordilar. Bu tadbirlar Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuning nihoyatda usta siyosatchi ekanlarini ko'rsatadi.

 

Tulayha haqida

Tulayha ibn Huvaylid Asadiy aslida kohin edi. U Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hayotlik paytlarida payg'ambarlik da'vosini qildi. Unga o'z qavmidan va boshqa arablardan turli xil toifalar ergashishdi. U Najdning sharqiy tarafidagi Iroqqa yaqinroq, Banu Asad qabilasining Samiyro nomli erida edi. Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam unga qarshi urushish uchun Ziror ibn Azvar Asadiy roziyallohu anhuni yubordilar. U etib boray deganda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning vafotlari haqida xabar kelib qoldi. Tulayhaning ishi yurishib, unga G'atafon, Havozin va Toy qabilalari ham qo'shilishdi. Ziror Madinaga qaytdi.

Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu Holid ibn Valid va uning lashkarini Tulayhaga qarshi urushga yuborganlarida, Holidning lashkari ichida Adiy ibn Hotim Toiy ham bor edi. U Holiddan oldin borib, o'z qavmi, ya'ni Toy qabilasini Allohning diniga qaytishga da'vat qilish uchun izn so'radi. Shunga ko'ra borib, qabiladoshlarini da'vat qildi. Ular qabul qilib, Tulayhani tark qilishdi va Holidning lashkariga qo'shilishdi. Adiy roziyallohu anhu Tulayha bilan birga bo'lgan Banu Jadiyla urug'ini ham da'vat qilgan edi, ular ham qabul qilishdi. So'ng Holid murtadlar bilan Buzoxa degan joyda to'qnashdi va ular bilan qattiq jang qildi.

Tulayha urusha olmasligini bilganidan keyin xotini bilan oldindan tayerlab qo'yilgan ikki otga minib, Shomga qochib ketdi. Uning lashkari mag'lub bo'ldi.

Banu Asad va G'atafon qabilalari musulmon bo'lganida keyin Tulayha ham Islomga kirdi. U Iroqni fath qilish ishlarida tahsinga sazovor ishlarni qildi va Nahovand jangida shahid bo'ldi.

Tulayha qochganidan keyin uning odamlari hav'ablik Ummu Ziml Salmo bint Molik ibn Huzayfa Fazoriyya ismli ayol atrofida to'planishdi. Bu ayol Payg'ambar solallohu alayhi vasallamning davrlarida musulmonlar asir tushgan, uni Oisha onamiz ozod qilgan edilar.

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir kuni uy kirsalar, o'sha ayol bir guruh ayollar davrasida Oisha onamiz bilan o'tirgan ekan. Shunda u zot unga: «Sizlardan biringiz Hav'ab itlarini hurdiradi», dedilar. Mazkur ayolning ushbu qilgan ishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ana shu gaplarining tasdig'i edi».[1]

Holid ibn Valid roziyallohu anhu borib, u ayolning lashkariga qarshi jang qildilar. Ayol tuyaga minib olgai edi. Uni himoya qilaman deb, yuzta erkak o'ldi. So'ng uning o'zi ham qatl etildi va lashkari mag'lub bo'ldi.

Banu omirliklar Banu Asad va G'atafon qabilalarining holini ko'rib, Holid ibn Valid roziyallohu anhuning oldiga kelishdi va: «O'zimiz chiqqan narsaga qaytamiz: Allohga va Uning rasuliga iymon keltiramiz», deyishdi. Holid ulardan buni qabul qildi va namozni o'qib, zakotni berish uchun bay'at oldi. Ana shu shart asosida bolalari va ayollari ham bay'at qilishdi. So'ng Holid Islomga qarshi ish qilganlarni keltirishni talab qildi. Ular keltirildi va qilmishlariga yarasha jazolanishdi.

Banu Sulaym qabilasini Turayfa ibn Hojiz lashkari Islomga qaytardi.

 

Molik ibn Nuvayra haqida

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Banu Tamim qabilasiga olti nafar amir tayinlagan edilar. Ular – Zibriqon ibn Badr, Qays ibn Osim, Safvon ibn Safvon, Sabra ibn Amr, Vakiy' ibn Molik va Molik ibn Nuvayra edi.

Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam vafot etganlaridan keyin Zibriqon ibn Badr va Safvon ibn Safvon Abu Bakrga zakot berishdi. Qays ibn Osim va Molik ibn Nuvayra esa zakot berishdan bosh tortishdi. So'ng ularning ichida Islomda boqiy qolganlar bilan murtad bo'lib zakotni man qilganlar o'zaro janjal boshlashdi.

Ular o'zaro kelisholmay turishganida, ularning eriga Banu tag'liblik Sajoh ismli ayol keldi. U nasroniy bo'lib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafot etganlaridan keyin payg'ambarlikni da'vo qilgan, unga ko'pgina arab bezorilari ergashishgan edi. Ana shu ayol Abu Bakrga qarshi urushga otlandi. Ularning eri Najd tarafda bo'lib, Banu Tamimga etganlarida, Sajoh Molik ibn Nuvayraga odam yuborib yarashishni so'radi. Molik ibn Nuvayra yarashdi va uni Banu tamimlik musulmonlarga qarshi urushga chaqirdi. Banu tamimliklar esa ayoldan qo'rqib qochib ketishdi.

So'ng Sajoh Madinaga qarab yurishda davom etdi. U Nibojga etganida Banu tamimlik bir guruh kimsalar yo'lini to'sib chiqib, u bilan urush qilishdi va ko'pgina odamlarini asir olishdi. So'ng Sajoh bilan muzokara olib borib, undan asirlarni almashtirish va shu erdan qaytib ketishni talab qilishdi. Ayol Madinaga borishdan umid uzib, Yamoma tomon yurdi.

Banu tamimliklardan Molik ibn Nuvayradan boshqasi qilgan ishlariga nadomat chekib, Islomga qaytishdi. Uning o'zi ikkilanib turib qoldi. Butoh degan joyda qavmi uning atrofida to'plandi.

Holid ibn Valid Tulayhaning ishini bitirganidan so'ng u tomon yurdi. Molik uning kelayotganini eshitib, odamlariga tarqalib ketish uchun buyruq berdi. Holid ibn Valid ularning ortidan odam yuborib, ba'zilarini ushlab kelishga buyurdi. Ularning orasida Molik ibn Nuvayra ham bor edi. Holid ibn Valid ularni qatl etishga amr qildi.

 

MUSAYLIMA HAQIDA

Banu Hanifa elchilari Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelishdi. Ularning orasida mashhur buzg'unchi Musaylima Kazzob ham bor edi. Bu nobakor avvalroq Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamga maktub yuborgan, unda quyidagilar aytilgan edi:

«Allohning Rasuli Musaylimadan Allohning Rasuli Muhammadga.

Ammo ba'd: Men bu ishda senga sherik bo'ldim. Bu ishning yarmi bizgadir. Uning yarmi Qurayshgadir. Quraysh adolat qiladigan qavm emas».

O'shanda Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam unga quyidagi javobni yozgan edilar:

«Bismillahir Rohmanir Rohiym. Allohning Rasuli Muhammaddan Musaylimaga. Hidoyatga ergashganlarga salomlar bo'lsin. Ammo ba'd:

Yer Allohning mulkidir. Uni O'z bandalaridan kimga xohlasa, o'shanga meros qilur. Oqibat taqvodorlarnikidir».

Banu Hanifaning elchilari Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kirishganida Musaylimani u zotdan kiyimlari bilan to'sib turishgan edi. Bu kazzob shu erda ham o'z nobakorligini qilib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan o'z mulklari ostidagi narsadan bir qismini berishlarini so'ragan edi. Shunda u zot qo'llaridagi cho'pni ko'rsatib: «Senga mana shu cho'pni ham bermayman», degan edilar.

Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu Ikrima ibn Abu Jahl lashkarini o'sha Najd tarafga, Yamomadagi Musaylima Kazzobga yubordi. Uning ortidan madad uchun Shurahbil ibn Hasanani yana bir lashkar bilan yubordi. Ikrima Shurahbil ibn Hasanani kutib turmasdan, ishni o'zi bitirish uchun shoshilib, Musaylimaning lashkari bilan to'qnashdi va engildi. Bundan Abu Bakr darg'azab bo'ldilar va Madinaga qaytib kelmasdan, Yamanga borib, Huzayfa ibn Mihsan va Arfaja ibn Harsamalarga qo'shilishga, ular bilan birga Mahra ahliga qarshi urush qilishga amr qildilar.

Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu Holid ibn Validga odam yuborib, u kishini Musaylima tomon yurishga amr qildilar. Unga madad uchun muhojir va ansorlardan iborat katta lashkarni yubordilar. Shurahbil ibn Hasanaga odam yuborib, Holid ibn Validni kutib turishga amr qildilar. Musaylimaning qirq ming kishilik lashkari bor edi.

Musaylima va Banu hanifaliklar Holid ibn Validning kelayotganini eshitib, Yamomaning chetiga lashkargoh qilishdi va odam to'plashdi. Ularga juda ko'p odam qo'shildi.

Holid ibn Valid yaqinlashib kelar, lashkarining oldida Shurahbil ibn Hasana borar edi. Banu Hanifaning lashkargohiga bir kechalik yo'l qolganida, ular Omirdan o'ch olib kelayotgan bir jangchi guruhni uchratishdi. Bu guruhga Banu Hanifaning ulug'laridan Mujjo'a ibn Murora boshliq edi. Holid ibn Valid amr qilib, ularning boshliqlaridan boshqasini qatl ettirdilar. So'ng borib, murtadlarning lashkari bilan to'qnashdilar. Ikki tomon qattiq jang qildi. Dastlab musulmonlarning ishi yurishmadi. Murtadlar Holid ibn Va lidning chodirigacha etib kelishdi. U kishining xotinlarini asir olmoqchi bo'lishgan edi, ularni bu ishdan Mujjo' qaytardi. So'ngra musulmonlar birlashishdi va Alloh ularga O'z sakinasini nozil qildi. Holid ibn Valid o'z odamlar bilan hamla qilib, murtadlarni ortiga qaytardi.

Banu hanifaliklar achchiqlanib, shiddat bilan jang qilishdi. Holid ibn Valid urush Musaylimaning ziddiga bo'layotganini angladi. Uni yakkama-yakka olishuvga chaqirdi. U olishuvga chiqib, ishi og'irlashib qolganda qochdi Uning odamlari ham qocha boshlashdi. Holid ibn Valid musulmonlarga nido qildilar. Ular birdan hamla qilib murtadlarni sharmandalarcha mag'lub etdilar. Murtadlarning qolganlari Musaylimaning qo'rg'oniga kirib olishdi Bu qo'rg'onga kirish musulmonlar uchun juda qiyin bo'ldi Ansorlarning shijoatlilaridan biri Baro ibn Molik «Meni bog'ning ichiga otinglar», dedilar. Sheriklari kishini o'sha bog'ning ichiga uloqtirishdi. U kishining yolg'iz o'zlari dushman bilan jang qilayotib, eshikni ochdilar. Musulmonlar shu eshikdan kirib, dushmanlarni o'ldirdilar. O'ldirilganlarning ichida Musaylimaning o'zi habor edi. Uni Hamza ibn Abdulmuttalibning qotili Vahshiy bilan yana bir ansoriy o'ldirishdi.

Bu janglarda sahobai kiromlardan etmish kishi shahid bo'ldi. Shahidlar ichida Abu Huzayfa ibn Utba, Abu Huzayfaning mavlosi Solim, Shujo' ibn Vahb, Zayd ib Hattob, Abdulloh ibn Sahl, Molik ibn Amr, Tufayl ib Amr Davsiy, Yazid ibn Qays, Omir ibn Bukayr, Abdullo ibn Maxrama, Soib ibn Usmon ibn Maz'un, Abbod ibn Bishr va boshqa katta sahobai kiromlar bor edilar.

Bu hodisalar hijriy o'n ikkinchi yilda bo'lib o'tdi.

Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu qolgan murtadlarga o'z lashkarlarini yubordilar. Jumladan, Alo ibn Hazramiyni lashkari bilan birga Bahraynga jo'natdilar. U kishi o'sha erdagi murtadlar bilan jang qilib, g'olib keldilar va aholini Islomga qaytardilar.

Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu Ikrima ibn Abu Jahlni Umonga yubordilar. U kishi o'z lashkarlari bilan o'sha erning aholisidan bo'lgan murtadlarni Islomga qaytardilar.

Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu Muhojir ibn Abu Umayya boshliq lashkarni Yamanga, ya'ni yana bir payg'ambarlik da'vosini qilgan Asvad Ansiyga qarshi yubordilar. Muhojir roziyallohu anhu ularni engib, Islom hukmini qaytadan o'rnatdi.

So'ng Muhojir ibn Abu Umayya yana bir murtad qavm – Kinda ahliga qarshi yurish qildi va ularni ham mag'lub etdi.

Ana shunday qilib, Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu o'zlarining xalifalik vaqtlarida Islom ummatining katta fitnadan sakdanib qolishiga sabab bo'ldilar. Hamma dindan qaytganda qattiq turib, ularni Islomga qaytarish choralarini ko'rdilar. Alloh taolo u kishiga va birodarlariga nusrat berdi. Shu sababli fitna tag-tomiri bilan yo'qotildi.

 

KYeYINGI MAVZULAR:

ABU BAKR ROZIYaLLOHU ANHU AMALGA OShIRGAN BUYuK IShLAR:

Qur'onning jamlanishi;

Iroq fathi;

Rum jangining boshlanishi;

Yarmuk jangi.

HAZRATI ABU BAKRNING VAFOTLARI.

 

 

[1] Ahmad, Abu Ya'lo, Bazzor, Hokim, Bayhaqiy va Abu Nu'aym rivoyat qilishgan. Hokim sahih degan. Zahabiy tasdiqlagan.

Kutubxona
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Ma’naviyat targ‘iboti davom ettirilmoqda

21.04.2025   1637   1 min.
Ma’naviyat targ‘iboti davom ettirilmoqda

Respublikamiz hojilari ishtirokida o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari qizg‘in davom etmoqda.

Mavsum boshidan shu choqqacha 83 ming 274 ta tadbir o‘tkazildi. Ularda 508 478 nafar yurtdoshimiz qamrab olindi.

Oilaviy sharoit va tushunchalaridan kelib chiqib, ular bilan tinchlik qadri va shukronalik, yoshlar tarbiyasi, illatlarga barham berish, ilm-ma’rifatga targ‘ib, yot g‘oyalarga qarshi kurashish mavzularida suhbatlar o‘tkazildi.

Ehtiyojmandlar holidan xabar olinib, oziq-ovqat mahsulotlari, moddiy yordamlar berildi. 11 mingdan ziyod hojilar ishtirok etayotgan tadbirlar natijasida jamiyatdagi ma’naviy muhit yanada yaxshilanmoqda. 

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 
Matbuot xizmati

Ma’naviyat targ‘iboti davom ettirilmoqda Ma’naviyat targ‘iboti davom ettirilmoqda Ma’naviyat targ‘iboti davom ettirilmoqda Ma’naviyat targ‘iboti davom ettirilmoqda Ma’naviyat targ‘iboti davom ettirilmoqda Ma’naviyat targ‘iboti davom ettirilmoqda Ma’naviyat targ‘iboti davom ettirilmoqda Ma’naviyat targ‘iboti davom ettirilmoqda Ma’naviyat targ‘iboti davom ettirilmoqda Ma’naviyat targ‘iboti davom ettirilmoqda Ma’naviyat targ‘iboti davom ettirilmoqda Ma’naviyat targ‘iboti davom ettirilmoqda Ma’naviyat targ‘iboti davom ettirilmoqda Ma’naviyat targ‘iboti davom ettirilmoqda Ma’naviyat targ‘iboti davom ettirilmoqda Ma’naviyat targ‘iboti davom ettirilmoqda Ma’naviyat targ‘iboti davom ettirilmoqda Ma’naviyat targ‘iboti davom ettirilmoqda Ma’naviyat targ‘iboti davom ettirilmoqda
O'zbekiston yangiliklari