Sayt test holatida ishlamoqda!
02 Iyul, 2025   |   7 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:10
Quyosh
04:54
Peshin
12:32
Asr
17:42
Shom
20:04
Xufton
21:40
Bismillah
02 Iyul, 2025, 7 Muharram, 1447

Qur'on tilovat qilganda yig'lash

06.02.2021   2039   2 min.
Qur'on tilovat qilganda yig'lash

Men Bomdod nomazidan keyin Yosin surasini o'qishim bilan o'z o'zidan etim jimirlab yig'i keladi. Ushbu holatimni sababini aytib bersangiz.

JAVOB: Bismillahir rohmanir rohim. Qur'on tilovat qilganda yig'lash – bu xayrli holat. Payg'ambarimiz alayhissalom, sahobalar va salafi solihlarimizning tilovatdagi holatlari shunday edi. Alloh taolo solih mo'minlarning vasf etib shunday marhamat qiladi:
إِنَّمَا الْمُؤْمِنُونَ الَّذِينَ إِذَا ذُكِرَ اللَّهُ وَجِلَتْ قُلُوبُهُمْ وَإِذَا تُلِيَتْ عَلَيْهِمْ آيَاتُهُ زَادَتْهُمْ إِيمَانًا وَعَلَى رَبِّهِمْ يَتَوَكَّلُونَ
ya'ni: "Mo'minlar – Alloh zikr etilganida – dillarida qo'rquv bo'ladigan, oyatlari ularga tilovat qilinganida – imonlari ziyoda bo'ladigan, Parvardigorlarigagina (barcha ishlarida) tavakkul qiladiganlardir" (Anfol surasi, 2-oyat).
Demak, Alloh taoloning nomi zikr qilinganida va Qur'on tilovat qilinganida haqiqiy mo'minning dili eriydi, qalbi qo'rquvga tushadi va ko'zlariga yosh keladi. Toshbag'irlik va Allohning amriga itoatsizlik fosiqlarning xulqlaridandir.
Boshqa bir oyatda:
وَيَخِرُّونَ لِلْأَذْقَانِ يَبْكُونَ وَيَزِيدُهُمْ خُشُوعًا (الإسرا-109)
ya'ni: “Ular yig'lagan hollarida yuzlari bilan yiqilurlar va bu (Qur'on) ularning xushu'-xokisorliklarini ziyoda qilur” (Al-isro surasi, 109-oyat), deyilgan.
Siz Alloh taoloning Kalomini tilovat qilishda bardavom bo'ling. Tilovat asnosida qalbingiz erib, yig'i kelsa, bunga muvaffaq etgan Alloh taologa hamd ayting.
Alloh taolo barchamizni O'zining Kalomini xushu' bilan tilovat qiladigan bandalaridan qilsin. Vallohu a'lam.

O'zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo hay'ati.

@diniysavollar

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi davlat gerbi qabul qilinganiga 33 yil to‘ldi

02.07.2025   363   1 min.
O‘zbekiston Respublikasi davlat gerbi qabul qilinganiga 33 yil to‘ldi

"O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida"gi qonun 1992 yil 2 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X-sessiyasida qabul qilingan.


O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi quyidagi ko‘rinishga ega: tog‘lar, daryolar va so‘l tomoni bug‘doy boshoqlaridan, o‘ng tomoni esa chanoqlari ochilgan g‘o‘za shoxlaridan iborat chambarga o‘ralgan gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi.

Gerbning yuqori qismida Respublika hurligining ramzi sifatida sakkizburchak tasvirlangan bo‘lib, uning ichki qismida yarim oy va yulduz tasvirlangan. Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi — qanotlarini yozgan Humo qushi tasvirlangan.

Gerbning pastki qismida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ini ifoda etuvchi chambar lentasining bantida "O‘zbekiston" deb yozib qo‘yilgan.

 

Dunyo yangiliklari