Yer yuzini obod qilish savobli amallar sirasiga kiradi. Kishi dunyodan o'tib, amal sahifasi yopilgandan so'ng ham haqqiga muttasil ravishda savob borib turishiga sabab bo'ladi. Shuning uchun ham mo'min-musulmonlar bu kabi ezgu ishdan chetda qolmay, doimo obodonchilik va farovonlik yo'lida xizmat qilib kelganlar.
Bugungi kunda ushbu ezgu amal keng miqyosda rivoj topmoqda. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalga oshirib kelinmoqda. Loyiha doirasida ko'plab xayrli ishlar amalga oshirilayotir.
Farg'ona viloyatidagi imom-xatiblar ham loyiha doirasida yashil makonlarni barpo etmoqdalar. Jumladan, Qo'shtepa, Yozyovon va Toshloq tumanlaridagi imom-xatiblar daraxt ko'chatlari va gullar o'tkazib, masjidlar atrofini obod qilmoqdalar.
Ko'chat ekib, bog' yaratish — xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biri. Zero, o'zimiz yashab turgan joyni obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish tufayli ko'nglimiz shodlikka to'ladi, turmushimiz fayzli va farovon bo'ladi.
Bundan ko'zlangan asosiy maqsad yoshlarni ona tabiatni asrash va unga muhabbat ruhida tarbiyalashdan iborat.
Farg'ona viloyati vakilligi Matbuot xizmati
Sufyon Savriy rahimahulloh aytadilar: "Birgina gunohim uchun besh oy tahajjuddan mahrum bo‘ldim". “U qaysi gunoh edi?” deb so‘rashdi. "Yig‘lab duo qilayotgan kishini ko‘rib, ichimda: "Bu kishi riyo qilyapti", degandim…".
Imom Makhul rahmatullohi alayhi: "Bir kishini namozda ruku’ va sajda qilib, yig‘layotganini ko‘rdim va ichimda "u riyo qilyapti!" deb unga tuhmat qildim va o‘zim bir yil yig‘lashdan mahrum bo‘ldim".