Indoneziyaning Sulavesi orolida joylashgan Asmaul Husna masjidi yoki 99 gumbaz masjidi mintaqa ramzlaridan biri va diniy turizm markazi hisoblanadi.
Janubiy Sulavesi viloyati Makasar shahrida joylashgan masjid sayyohlar eng ko'p tashrif buyuradigan joylardan biri va shaharning ramzi hisoblanadi. Bu Sulavesi orolidagi eng katta musulmon inshooti.
"Islomosfera" nashriga ko'ra, masjidning rasmiy nomi Asmaul Husna – "Allohning eng buyuk ismlari"ga deb jaranglaydi. 99 gumbaz Allohning 99 ismining ramzi hisoblanadi. Shu sababli imorat 99 gumbazli masjid sifatida ham tanilgan. Uning kattaligi chekkalaridan markazga tomon pasayib boradigan kichiklari bilan o'ralgan bitta katta gumbaz tepasida joylashgan konusni ifodalovchi o'zgacha arxitekturasi bilan e'tiborlidir. Bino dizaynidagi qizil, to'q sariq va sariq ranglar ustuvor bo'lib, bu Asmaul Husnaga juda chiroy beradi. Arxitekturasi tufayli Indoneziyadagi 10 ta eng chiroyli masjidlardan biri bo'lib, mamlakat va xorijdan ko'plab sayyohlarni o'ziga jalb qiladi.
Bino loyihasi muallifi hozirda G'arbiy Yava hokimi vazifasini egallab turgan siyosatchi va arxitektor Ridvan Komil hisoblanadi. "Asmaul Husna"dan tashqari Ridvan Komil Bandung shahridagi "Al-irshod" masjidi, Makasardagi Nipah savdo markazi, Pekin Islom markazi masjidi, Banda Acheh shahridagi Tsunami muzeyi va boshqa binolarni loyihalashtirgan.
Bu masjidning qurilishi ancha qimmatga tushdi. Turli manbalardan olingan xabarlarga ko'ra, uning qurilishiga 182 milliard indoneziya rupiyasi sarflandi. Bundan tashqari, uning ko'p gumbazli tuzilishi murakkabligi tufayli, nihoyat 2017 yilda ochilgunga qadar binoning qurilishi uzoq vaqt davom etdi.
Asosiy bino 72 x 45 metr maydonni qamrab olgan bo'lib, u ham namoz o'qish, ham dam olish maskani bo'lgan ochiq maydon bilan o'ralgan. Asmaul Husna masjidi 13 000 nafar namozxonlarni o'z bag'riga sig'dira oladi. Uning katta hajmiga qaramay, u energiya tejamkor hisoblanadi, chunki unda tabiiy yorug'lik va ventilyatsiya qo'llaniladi.
Bino 3 qavatli bo'lib, uning pastki qismi erto'ladir. Unda tahoratxona, jamg'arma va galereya ofislari mavjud. Birinchi qavatda erkaklar namozxonasi, dengiz ko'rinishini taqdim etuvchi ikkinchi qavatda esa ayollar namozni ado etadilar.
Masjid oldida xufton namozidan so'ng 30 daqiqaga yonib turadigan qo'shimcha yoritish bilan raqsga tushuvchi favvora bor.
Mechet' raspolagayetsya na naberejnoy. Ona potryasayusche vieglyadit na fone zakatnogo neba. Noch'yu zdaniye podsvechivayetsya. Yego okrujayet prestijniey jivoy rayon s roskoshnoy nedvijimost'yu, jiliemi kompleksami, magazinami i torgoviemi tsentrami.
Masjid qirg'oqbo'yida joylashgan. U quyosh botayotgan osmon fonida ajoyib ko'rinadi. Tunda bino qo'shimcha yoritiladi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
O‘zbekiston taraqqiyotining yangi davrida vijdon va e’tiqod erkinligini ta’minlash, diniy-ma’rifiy sohada keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, “Haj” va “Umra” safarlarini tashkil etish va ziyoratchilarga qulay sharoitlar hozirlash sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi.
Xabar berganimizdek, mamlakatimizda haj mavsumi joriy yil 13 may kunidan boshlandi. (https://t.me/muslimuzportal/41370)Ayni kunlarda Madinai munavvarada ibodatlarini nihoyasiga yetkazgan yurtdoshlarimiz birin-ketin Makka shahriga yo‘l olmoqdalar.
17 may kuni navbatdagi ziyoratchilar Makkai mukarramaga shinam avtobuslarda yetib keldi. Bo‘lg‘usi hojilarga muqaddas shahardagi “Abroj Dana” va "Vafaq al-Saha" mehmonxonalarida zam-zam suvlari, xurmo, shirinliklar, gullar va hadyalar ulashilib, izzat-ikrom qilindi.
Mana shunday iltifotlardan ko‘ngillari ko‘tarilgan yurtdoshlarimiz Alloh taologa cheksiz shukronalar aytib, ularga bo‘lgan katta ehtirom va e’tiborni nafaqat mamlakatimizda, balki olis Makka shahrida ham chin dildan his etishdi.
Shu kunlarda ushbu muqaddas shaharda toat-ibodatlarini ado etayotgan yurtdoshlarimiz har qadamda davlatimizning g‘amxo‘rligini his qilib, o‘z duolarida yuritimizga tinchlik, xalqimizga farovonlik tilamoqdalar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati