Saudiya Arabistonida guvohlar tomonidan hayrat bilan kuzatiladigan g'ayrioddiy hodisa kuzatildi.
Juma kunining birinchi soatida Ka'ba ustida to'lin oy paydo bo'ldi.
"Oy Ka'ba bilan mahalliy vaqt bilan soat 12 dan 43 daqiqayu 35 soniya o'tganda tenglashdi", - deya Jidda Astronomiya uyushmasi prezidenti MajidAbu Zaxiraning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda IslamNews. – Oyning diski Yerdan 381.125 km masofada 99.9% yoritilgan bo'ladi".
Butun dunyo bo'ylab musulmonlar besh mahal namoz o'qishlarini aynan Ka'ba yo'nalishida amalga oshiradilar, shuning uchun juma kechasi xohlaganlar kompas yoki ko'rsatgichlar bilan emas, balki to'g'ridan-to'g'ri oyni mo'ljal qilib namoz o'qishlari mumkin bo'ldi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
U Hajarul asvad rukni bilan Ka’ba eshigi oralig‘i bo‘lib, o‘lchami ikki metrdir.
Ibn Abbos roziyallohu anhumo: «Multazam rukn bilan eshik oralig‘idadir», dedilar.
Mujohid: «Rukn bilan eshik orasida multazam bordir», dedilar.
Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat kilinadi:
«Bu zot tavof qilib, namoz o‘qib, keyin ruknni o‘pib, so‘ngra tosh bilan eshik oldida tik turib, ikki qo‘l, chakkalarini ko‘kraklariga yopishtirib: «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning mana shunday qilib turganlarini ko‘rdim», dedilar.
Abu Zubayr: «Abdulloh ibn Umar, Ibn Abbos, Abdulloh ibn Zubayr roziyallohu anhular multazamda turishganini ko‘rdim», dedilar.
Ibn Abbos roziyallohu anhumo: «Biror kishi qora tosh bilan Ka’ba eshigi oldida turib Allohga duo qilsa, barcha yaxshi ko‘rgan narsalarining hojati chiqqanini ko‘radi», dedilar.
Mujohid: «Rukn bilan eshik orasidagi joy Multazam deb nomlanadi. Odamlar o‘sha yerda Allohdan biror narsa so‘rashsa yoki biror narsadan panoh tilashsa, Alloh uni ularga beradi», dedilar.
Makka, Ka’ba, Zamzam tarixi, haj va umra manosiklari» kitobidan