Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Iyun, 2025   |   20 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:49
Peshin
12:29
Asr
17:39
Shom
20:01
Xufton
21:40
Bismillah
16 Iyun, 2025, 20 Zulhijja, 1446

Bemazhablarning raddiyasiga ilmiy raddiya! (birinchi qism)

29.01.2021   3773   15 min.
Bemazhablarning raddiyasiga ilmiy raddiya! (birinchi qism)

Mazhabga ergashish haqidagi maqolamga Ahmad Qodir degan birodarimiz e'tirozlarini jamlab javob yozgan ekanlar. Javoblarini o'zlari sahifamda ulashdilar va ularga hamfikr bo'lgan boshqa birodarlar o'sha maqolaga munosabatimni bilmoqchi ekanlariga ishora qildilar. 

Maqola muallifi u kishi bilan hamfikr bo'lgan boshqa ko'plab birodarlar kabi Alloh harom qilgan haqorat va bo'htonlarga to'la narsalar yozishdan taqvo qilganlar. Bu uchun Alloh ularni mukofotlasin.

Endi ularning e'tirozlariga kelsak. 

Fikrlar aralashib ketmasligi uchun ularning gaplarini alohida belgilab ketaman.

1-iqtibos: Maqolalaringizda "salafiylar", "bemazhablar" degan so'zni ko'p ishlatdingiz.” 

Men salafiy so'zini ishlatganman, sababi, bunday nomni bu fikrdagi ulamolar o'zlari ishlatganlar va ishlatadilar. Siz ham ishlatibsiz.  Bemazhab so'zini men ishlatmaganman. Siz ham ishlatmabsiz. Men bir mazhab ushlamaydigan, deyishim, juda kamdan – kam holda mazhabsiz birodarlar deyishim mumkin. “Bemazhab” degan so'z esa laqabga o'xshagani uchun men ishlatmayman odatda. 

2-iqtibos: Mazhabga ergashganlar ham adashishi mumkin. Mazhablarda ham shoz – kam uchraydigan fatvolar bor.  

Men bunday e'tiroz bo'lishi mumkinligini bilganim uchun o'sha maqolada bu e'tirozga javob berib o'tdim: 4 mazhab imomlaridan kelgan bunday fatvolarni mazhabdagi keyingi fuqaholar to'g'rilaganlar. Qolaversa, bunday masalalar mazhablarda nisbatan ancha kam. Men “Bidayat ul-mujtahid” va “Istizkor”dan birgina Hasan al Basriy rohimahullohga nisbat beriladigan shu kabi nodir fatvolardan 30 ga yaqinini to'plagandim. Sababini, o'sha maqolada bayon qilganman. 

3-iqtibos: “Avvaldan masalalarni ilmiy taqrir qilmagansiz” 

Bunday gaplardan foyda yo'q. Men ham Ahmad Qodir juda past sa'viyada narsa yozgan desam bo'ladi, masalan. Odatda bu kabi gaplarni johil hamfikrlarini qoniqtirish uchun ishlatadilar. 

4-iqtibos: “Ulamolarning barchasi ittifoq qiladigan qoida shuki: To'la-mutloq itoat faqat Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uchun bo'ladi... 

Qolgan odamlarning so'zlari olinadi ham, tashlanadi ham.” 

Bu masalada kimga raddiya beryapsiz? O'zingiz qandaydir qavlni zikr qilib, o'zingizga raddiya beryapsizmi? Men qayerda rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan boshqasining barcha so'ziga ergashish lozim, dedim? 

5-iqtibos: “Ulamolar odamlarni umumiy darajada bir necha qismga bo'lishgan: Mujtahid mutloq, bir masalada mujtahid, ilmli muqallid, ilmsiz muqallid”

Kim shunday taqsimga bo'lgan? 

Ulamolar deganingizga qaraganda hech bo'lmasa 3 ta. Ilmiy omonat o'laroq aynan shunday bo'lgan 3 ta olimga ishora qilib yuborarsiz, rahmat. 

Bu taqsimga bir necha e'tirozlar keltirish mumkin: 

1. Kim bo'lganini zikr qilmagansiz. 

2. Ijtihod tajaz'u qilish qilmasigida xilof borligi, 3 qavl borligini inobatga olmagansiz. 

3. Mazhabda mujtahid degan darajani zikr qilmagansiz. Bu esa muhim. Sababi, ijtihodi mazhab bilan qaydlangan ulamolar mujtahidlarning aksarini tashkil qiladi. Mazhabni inkor qilmoqchi bo'lgan kishi uchun bu darajani zikr qilmaslik “qulay”.

Qolaversa, bu taqsimingizni keltirishdan maqsangizni zikr qilamagansiz. Uning umumiy yozganingizga nima aloqasi borligi tushunarsiz. 

Shu joygacha maqolangizda men aniq bir aniq e'tiroz ko'rmadim.  

So'ngra 4 imomning kitobidan iqtibos keltirgansiz:

1. Ibn Solah, «Adab ul muftiy val mustaftiy»

2. Ibn Obidiyn, «Hoshiya»

3. Ibn Amir al Haj, «Tahrirning sharhi»

4. Navaviy. «Rovzatuttolibiyn».

Men ushbu imomlardan iqtibos keltirganingizdan xursand bo'ldim. Sababi, bu (o'rtamizda xilofli nuqtani aniqlab olsak) sizning  o'sha imomlarning so'zlarini qabul qilishingizga dalolat qiladi, shunday emasmi?

Endi, 2-3-4-iqtiboslarni keltirishingiz menga emas, o'zingiz tasavvur qilgan bir qavlga raddiya bo'libdi. Uchalasida ham bu ulamolar omi odam qaysi mazhabdagi fatvo berishga layoqatli kishidan so'rasa  ham bo'laveradi, degan. Men esa bu qavlni hech bir payt inkor qilmadim. Siz o'sha men yozgan maqolalarni ko'ring-chi. Qayerda men faqat bir mazhab olimidan so'rasin, omiy bir mazhabdan chiqishi harom yoki chiqmasligi vojib dedim? 

Keyin, bu masalada bir emas, ikki qavl bor. Omi odam o'zini bir mazhabga nisbat bersa, o'shanda fatvo so'rashi kerak degan ulamolar ham bor: 

أدب المفتي والمستفتي (ص: 161)

"الثالثة": هل يجوز للعامي

يتخير ويقلد أي مذهب شاء؟ لينظر، إن كان منتسبًا إلى مذهب معين بنينا ذلك على وجهين، حكاهما القاضي حسين: في أن العامي هل له مذهب أولا؟

"أحدهما": أنه لا مذهب له، لأن المذهب إنما يكون لمن يعرف الأدلة، فعلى هذا له أن يستفتي من شاء من شافعي، أو حنفي, أو غيرهما

"والثاني": وهو الأصح عند القفال المروزي، أن "له مذهبًا" لأنه اعتقد أن المذهب الذي انتسب إليه هو الحق، ورجحه على غيره فعليه الوفاء بموجب اعتقاده ذلك.

فإن كان شافعيًّا لم يكن له أن يستفتي حنفيًّا، ولا يخالف إمامه، فقد ذكرنا في المفتي المنتسب ما يجوز له أن يخالف إمامه فيه، وإن لم يكن قد انتسب إلى مذهب معين فينبني ذلك فيه على وجهين

Biroq men bu qavlni ham, unisini ham aytmadim. Agar men demagan bo'lsam, unda siz kimga raddiya yozgansiz bu iqtiboslar bilan? Birovga e'tiroz bildirishdan oldin u bilan o'zining xilofli nuqtasini aniqlab olishi kerak odam, birodarim. Bo'lmasa, o'zingiz bilan o'zingiz munozara qilayotgandek bo'lib qolasiz. 

Biroq mening e'tiborimni tortgan iqtibosingiz shayxulislom Ibn Solahning kitoblaridan olgan matningiz bo'ldi. Mana o'sha matn va sizning unga tarjimangiz:

قال الإمام ابن الصلاح الشافعي رحمه الله: [فمَنْ وَجَدَ من الشافعيين حديثًا يُخالِف مذهبه نظر: 

- فإنْ كمُلَتْ آلات الاجتهاد فيه، إما مُطلقًا، وإما في ذلك الباب، أو فى تلك المسألة؛ كان له الاستقلال بالعمل بذلك الحديث. 

- وإن لمْ تكْمُل إليه، ووجَدَ في قلبه حزازةً من مُخالفة الحديث بعد أن بحَثَ فلَمْ يَجِد لمُخالفته عنه جوابًا شافيًا، فلينْظُر هل عَمِل بذلك الحديثِ إمامٌ مُستقلٌّ؟ 

- فإنْ وجَدَ فله أنْ يتمَذْهبَ بمذهَبِه في العمل بذلك الحديث عُذرًا في ترك مَذهَب إمامه في ذلك]. 

أدب المفتي والمستفتي 1/58

"Shofeiy mazhabida (ya'ni: o'zlarining mazhablarida misol keltirib aytyaptilar) bo'lgan inson o'zining mazhabiga muxolif bo'lgan bir hadisni eshitsa, uning holati quyidagicha bo'ladi: 

"Agar mujtahid mutloq bo'lsa yoki o'sha (hadis kelgan) bobda yoki o'sha (hadis kelgan) masalada mujtahid bo'lsa, o'zi mustaqil o'sha hadisga amal qilishi mumkin. 

Agar mujtahid bo'lmasa, lekin qalbida hadisga qarshi chiqayotganday g'ashlik topsa-yu, lekin o'sha g'ashlikni ketkazadigan qoniqarli javob topa olmasa, qaraydi: Agar bu hadisga biror e'tiborli mujtahid olim amal qilganini topsa, o'sha olimning mazhabiga o'tib, o'sha hadisga amal qilishi joiz. Bu narsa imomining mazhabini tashlashlikka uzr bo'ladi", dedilar.  

Keyin esa bu matnni xato tushunishingizga binoan quyidagi savollarni so'ragansiz:

“Salafiylar yoki bemazhablar kim? Mujtahid mutloqmi yoki ba'zi masalalarda mujtahid bo'lgan olimmi? Dalillarni ajrata olgani uchun mazhabdan chiqib, boshqa qavlga ergashadigan muqallid olimmi? 

Yoki qalbi qoniqqan olimga ergashayotgan avom odammi?

Bir mazhabga amal qilgan odam bir sahih dalil uchun mazhabidan chiqsa va boshqa bir (mustaqil) imomga ergashsa salafiy (bemazhab) bo'ladimi? 

Unday bo'lsa Ibn Solah va Imom Navaviy rohimahullohlar salafiy bo'lganmi yoki salafiylikka chaqirganmi?” 

 

Tarjimangiz, ortidan bergan savolingiz va umuman bu matnni keltirishingizdan ko'rinib turibdiki, siz shayxulislom Ibn Solahning ushbu asarini o'qimagansiz.  Shuning uchun bu matndan, har qanday inson bir hadis topsa, unga ergashaverar ekan - omimi, boshqachimi - deb tushunib olgansiz. 

Men buni o'zingizdan so'rab aniqlamoqchiman. Ayting-chi, birodar, siz o'zingiz iqtibos keltirgan mana shu kitobni - shayxulislom Ibn Solahning “Adab ul muftiy val mustaftiy” kitoblarini menga mana shu raddiyangizni yozishingiz va u kitobdan naql qilishingiz paytida to'liq o'qiganmidingiz? Shu savolga javobingizni kutaman. 

Kitob 175 bet atrofida (nashr qilganning uzundan uzun qo'shimchalarini hisobga olmasa).

Kitob quyidagi 3 qismga bo'linadi:

1. Fatvoning sharafi…. bayoni. 

2. Muftiyning shartlari, sifati, hukmi, odobi.

3. Fatvo so'rovchining shartlari, sifati, hukmi, odobi. 

( Siz keltirgan iqtibos 2-qismdan. )

Shayxulislom ushbu muborak kitoblarini fatvo berishning naqadar xatarli ish ekanini ta'kidlash bilan boshlaydilar. Fatvo  xatari haqida 30 ga yaqin ulamolar so'zlarini keltirib, bu ishdan qattiq ehtiyot bo'lishga chaqiradi, men maqolam cho'zilmasligi uchun ularni keltirib o'tirmayman. 

Shundan so'ng ikkinchi qism – Muftiylar hukmlari va shartlari qismini boshlaydi. 

U qismda muftiylarni 5 darajaga bo'ladi:

Avvalo, Mustaqil mujtahid muftiylar.

هد المستقل: هو الذي يستقل بإدراك الأحكام الشرعية من الأدلة الشرعية من غير تقليد وتقيد بمذهب أحد. 

Mustaqil mujtahid – shar'iy dalillardan shar'iy ahkomlarni olishda (ularga etib borishda) hech kimga taqlid qilmaydigan va hech bir mazhab bilan chegaralanmaydigandir. 

So'nra imom mustaqil mujtahidning holati haqida yozib, oxirida bunday deydi:

ومنذ دهر طويل طوي بساط المفتي المستقل المطلق، والمجتهد المستقل وأفضى أمر الفتوى إلى الفقهاء المنتسبين إلى أئمة المذاهب المتبوعة، وللمفتي المنتسب أحوال أربع:

“Ko'-o'p zamonlardan beri mustaqil mujtahid (mujtahid mutloq) qolmadi. Va fatvo berish ishi mazhablar imomlariga o'zini nisbat beruvchi fuqaholarga qoldi. Mazhabga nisbat beriluvchi fuqaholar esa 4 holat (darajada)lar:

الأولى: أن لا يكون مقلدًا "لإمامه"، لا في المذهب ولا في دليله لكونه قد جمع الأوصاف والعلوم المشترطة في المستقل، وإنما ينتسب إليه لكونه سلك طريقه في الاجتهاد، ودعا إلى سبيله.

Birinchi holat: imomiga na mazhabda va na dalilida muqallid bo'lmaydi, sababi mujtahid uchun shart qilingan vasflar va bilimlarni o'zida jamlagan bo'ladi. o'sha imomining ijtihoddagi yo'lini tanlagani uchungina unga o'zini nisbat beradi. 

So'ngra ba'zi kibor shofeiy imomlari mana shunday darajani da'vo qilganlarini zikr qilib, “bu juda katta da'vo, ularning holati bu darajaga munosib emas” deydi:

أدب المفتي والمستفتي (ص: 93)

قلت: دعوى انتفاء التقليد عنهم مطلقًا من كل وجه لا يستقيم إلا أن يكون قد أحاطوا بعلوم الاجتهاد المطلق، وفازوا برتبة المجتهدين المستقلين، وذلك لا يلائم المعلوم من أحوالهم, أو أحوال أكثرهم، وقد ذكر بعض الأصوليين منا: أنه لم يوجد بعد عصر الشافعي مجتهد مستقل

O'sha buyuk imomlar uchun bu katta da'vo bo'lsa, hozirgi odamlar uchun nima deyilar ekan?!

(davomi bor)

Mahmud Usmon,
Madina

azon.uz

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Mehr-oqibat, shodlik, xayr-saxovat ayyomi

06.06.2025   5710   4 min.
Mehr-oqibat, shodlik, xayr-saxovat ayyomi

Shukuh


Mamlakatimizda muborak Qurbon hayitini ko‘tarinki kayfiyatda nishonlash yaxshi an’anaga aylangan. Bayram kunlari yurtimizda mehr-oqibat, insonparvarlik, shukronalik, saxovat va bag‘rikenglik kabi xalqimizga xos ezgu fazilatlar yanada yorqin namoyon bo‘ladi.

Ushbu muborak ayyomda qarindosh-urug‘lar, yaqinlar, yolg‘iz keksalar holidan xabar olinadi, ko‘makka muhtoj insonlarga yordam beriladi, qisqacha aytganda, jamiyatda birdamlik va ahillik muhiti yana ham mustahkamlanadi.

Kezi kelganda, bugun mamlakatimiz yangi taraqqiyot bosqichiga chiqqanini, barcha sohalar qatori diniy-ma’rifiy jabhada ham ko‘plab islohotlar amalga oshirilayotganini, yutuqlarga erishilayotganini alohida qayd etish lozim.

Yangi O‘zbekistondagi bu muvaffaqiyatlar zamirida fuqarolarning vijdon erkinligi huquqlarini ta’minlash borasidagi yangilik va yengilliklarni alohida qayd etish, xususan, ikki muhim hujjatni eslab o‘tish lozim.

Birinchisi — “O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qonun, ikkinchisi — Prezidentimizning “Fuqarolarning vijdon erkinligi huquqi kafolatlarini yanada mustahkamlash hamda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni. Ushbu ikki muhim hujjat tom ma’noda diniy-ma’rifiy soha samaradorligini yangi bosqichga olib chiqishning mustahkam huquqiy asosi bo‘ldi.

Farmonga asosan, ko‘hna Buxoroda Bahouddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etildi. Bu xalqimiz, xususan, diniy-ma’rifiy soha vakillari uchun katta xushxabardir. Ushbu markaz tom ma’noda buyuk ajdodimiz Bahouddin Naqshband va naqshbandiylik tariqati allomalarining yuksak insonparvarlik g‘oyalarini ilmiy asosda o‘rganish, yosh avlodni bag‘rikenglik hamda o‘zaro hurmat ruhida tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi. Shuningdek, tasavvuf ta’limoti tarixi va uning bugungi kundagi ahamiyatini ilmiy tadqiq etish, “Yetti pir” allomalari va aziz avliyolarning boy ilmiy-ma’naviy merosini xalqaro maydonda keng targ‘ib qilish kabi asosiy vazifalarni bajaradi. Naqshbandiylik ta’limotining ezgu g‘oyalarini tadqiq etish uchun ilmiy-nazariy va uslubiy masalalarga bag‘ishlangan anjuman, konferensiya, ko‘rgazma, seminar-trening, tanlovlar hamda boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etadi. Tasavvuf ta’limotining ilmiy asoslangan g‘oyalarini targ‘ib qiladi va soxta tariqatchilikning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi.

Sirasini aytganda, ushbu markaz ham Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari hamda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi singari uchinchi Renessansni qaror toptirish yo‘lidagi yana bir mustahkam ilm va aql markazi bo‘ladi, albatta.

Shu o‘rinda, O‘zbekiston Prezidentining Qurbon hayiti munosabati bilan yo‘llagan tabrigida ta’kidlanganidek, buyuk tariximiz va madaniyatimiz durdonalarini, mashhur allomalarimizning boy merosini to‘plash va keng targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, ko‘hna Sharq mo‘jizasi — Samarqand shahri 2025 yilda Islom madaniyati poytaxti, deb e’lon qilindi, ulug‘ vatandoshimiz Imom Moturidiyning 1155 yillik tavallud sanasi yurtimiz bo‘ylab keng nishonlanmoqda.

Poytaxtimizda bunyod etilayotgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ilmiy-ma’naviy yo‘nalishdagi ulkan va noyob loyiha sifatida el-yurtimiz hamda xalqaro jamoatchilikda katta qiziqish uyg‘otmoqda. Bu muazzam maskan ko‘p ming yillik qadimiy tariximiz, boy va betakror milliy madaniyatimizning yorqin timsoli sifatida yangi O‘zbekiston hayotidagi g‘oyat muhim voqeaga aylanajak, albatta.

Shukrki, maqtansak arziydigan bu kabi xushxabar va yangiliklar bisyor. Ayniqsa, ayni hayit kunlarida bu yurtdoshlarimiz kayfiyatini yanada ko‘tarishi, bayramga o‘zgacha shukuh qo‘shishi muqarrar.

Kezi kelganda aytish joizki, muborak Qurbon hayitining ahamiyati yangi O‘zbekistonda ijtimoiy davlat barpo etish jarayonlari hal qiluvchi bosqichga kirayotgan bugungi sharoitda tobora ortib bormoqda. Bu muborak kunda yaqinlar bilan ko‘rishish, uzoqlashgan do‘stlar bilan yarashish, qarindosh-urug‘larga ziyoratga borish — barchasi mehr-oqibat va insonlar o‘rtasidagi uzviy aloqalarni mustahkamlaydi.

Hayit faqat bayramgina emas, balki ming yillar davomida shakllangan qadriyatlarimiz tarannumi hisoblanadi. Odatda ushbu ayyomda hamma bir-birini bayram bilan samimiy muborakbod etadi, qurbonliklar qilinadi. Qurbonlik go‘shtidan va taomidan ehtiyojmand, kam ta’minlangan insonlar, turli millat va din vakillariga ulashiladi. Bu, o‘z navbatida, saxiylik, shukronalik, jamiyatdagi tenglikni ta’minlashga qaratilgan ulkan ibrat hamda muhtojlar, yetim-yesirlar va e’tiborga muhtoj insonlar haqida qayg‘urishning amaliy ifodasi, qolaversa, o‘zaro mehr-oqibat rishtalarining yanada mustahkamlanishiga sabab bo‘ladi.

Hayit ayyomingiz muborak bo‘lsin!

 

Homidjon ISHMATBЕKOV,

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari.

Maqolalar