Mazhabga ergashish haqidagi maqolamga Ahmad Qodir degan birodarimiz e'tirozlarini jamlab javob yozgan ekanlar. Javoblarini o'zlari sahifamda ulashdilar va ularga hamfikr bo'lgan boshqa birodarlar o'sha maqolaga munosabatimni bilmoqchi ekanlariga ishora qildilar.
Maqola muallifi u kishi bilan hamfikr bo'lgan boshqa ko'plab birodarlar kabi Alloh harom qilgan haqorat va bo'htonlarga to'la narsalar yozishdan taqvo qilganlar. Bu uchun Alloh ularni mukofotlasin.
Endi ularning e'tirozlariga kelsak.
Fikrlar aralashib ketmasligi uchun ularning gaplarini alohida belgilab ketaman.
1-iqtibos: “Maqolalaringizda "salafiylar", "bemazhablar" degan so'zni ko'p ishlatdingiz.”
Men salafiy so'zini ishlatganman, sababi, bunday nomni bu fikrdagi ulamolar o'zlari ishlatganlar va ishlatadilar. Siz ham ishlatibsiz. Bemazhab so'zini men ishlatmaganman. Siz ham ishlatmabsiz. Men bir mazhab ushlamaydigan, deyishim, juda kamdan – kam holda mazhabsiz birodarlar deyishim mumkin. “Bemazhab” degan so'z esa laqabga o'xshagani uchun men ishlatmayman odatda.
2-iqtibos: Mazhabga ergashganlar ham adashishi mumkin. Mazhablarda ham shoz – kam uchraydigan fatvolar bor.
Men bunday e'tiroz bo'lishi mumkinligini bilganim uchun o'sha maqolada bu e'tirozga javob berib o'tdim: 4 mazhab imomlaridan kelgan bunday fatvolarni mazhabdagi keyingi fuqaholar to'g'rilaganlar. Qolaversa, bunday masalalar mazhablarda nisbatan ancha kam. Men “Bidayat ul-mujtahid” va “Istizkor”dan birgina Hasan al Basriy rohimahullohga nisbat beriladigan shu kabi nodir fatvolardan 30 ga yaqinini to'plagandim. Sababini, o'sha maqolada bayon qilganman.
3-iqtibos: “Avvaldan masalalarni ilmiy taqrir qilmagansiz”
Bunday gaplardan foyda yo'q. Men ham Ahmad Qodir juda past sa'viyada narsa yozgan desam bo'ladi, masalan. Odatda bu kabi gaplarni johil hamfikrlarini qoniqtirish uchun ishlatadilar.
4-iqtibos: “Ulamolarning barchasi ittifoq qiladigan qoida shuki: To'la-mutloq itoat faqat Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uchun bo'ladi...
Qolgan odamlarning so'zlari olinadi ham, tashlanadi ham.”
Bu masalada kimga raddiya beryapsiz? O'zingiz qandaydir qavlni zikr qilib, o'zingizga raddiya beryapsizmi? Men qayerda rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan boshqasining barcha so'ziga ergashish lozim, dedim?
5-iqtibos: “Ulamolar odamlarni umumiy darajada bir necha qismga bo'lishgan: Mujtahid mutloq, bir masalada mujtahid, ilmli muqallid, ilmsiz muqallid”.
Kim shunday taqsimga bo'lgan?
Ulamolar deganingizga qaraganda hech bo'lmasa 3 ta. Ilmiy omonat o'laroq aynan shunday bo'lgan 3 ta olimga ishora qilib yuborarsiz, rahmat.
Bu taqsimga bir necha e'tirozlar keltirish mumkin:
1. Kim bo'lganini zikr qilmagansiz.
2. Ijtihod tajaz'u qilish qilmasigida xilof borligi, 3 qavl borligini inobatga olmagansiz.
3. Mazhabda mujtahid degan darajani zikr qilmagansiz. Bu esa muhim. Sababi, ijtihodi mazhab bilan qaydlangan ulamolar mujtahidlarning aksarini tashkil qiladi. Mazhabni inkor qilmoqchi bo'lgan kishi uchun bu darajani zikr qilmaslik “qulay”.
Qolaversa, bu taqsimingizni keltirishdan maqsangizni zikr qilamagansiz. Uning umumiy yozganingizga nima aloqasi borligi tushunarsiz.
Shu joygacha maqolangizda men aniq bir aniq e'tiroz ko'rmadim.
So'ngra 4 imomning kitobidan iqtibos keltirgansiz:
1. Ibn Solah, «Adab ul muftiy val mustaftiy»
2. Ibn Obidiyn, «Hoshiya»
3. Ibn Amir al Haj, «Tahrirning sharhi»
4. Navaviy. «Rovzatuttolibiyn».
Men ushbu imomlardan iqtibos keltirganingizdan xursand bo'ldim. Sababi, bu (o'rtamizda xilofli nuqtani aniqlab olsak) sizning o'sha imomlarning so'zlarini qabul qilishingizga dalolat qiladi, shunday emasmi?
Endi, 2-3-4-iqtiboslarni keltirishingiz menga emas, o'zingiz tasavvur qilgan bir qavlga raddiya bo'libdi. Uchalasida ham bu ulamolar omi odam qaysi mazhabdagi fatvo berishga layoqatli kishidan so'rasa ham bo'laveradi, degan. Men esa bu qavlni hech bir payt inkor qilmadim. Siz o'sha men yozgan maqolalarni ko'ring-chi. Qayerda men faqat bir mazhab olimidan so'rasin, omiy bir mazhabdan chiqishi harom yoki chiqmasligi vojib dedim?
Keyin, bu masalada bir emas, ikki qavl bor. Omi odam o'zini bir mazhabga nisbat bersa, o'shanda fatvo so'rashi kerak degan ulamolar ham bor:
أدب المفتي والمستفتي (ص: 161)
"الثالثة": هل يجوز للعامي
يتخير ويقلد أي مذهب شاء؟ لينظر، إن كان منتسبًا إلى مذهب معين بنينا ذلك على وجهين، حكاهما القاضي حسين: في أن العامي هل له مذهب أولا؟
"أحدهما": أنه لا مذهب له، لأن المذهب إنما يكون لمن يعرف الأدلة، فعلى هذا له أن يستفتي من شاء من شافعي، أو حنفي, أو غيرهما
"والثاني": وهو الأصح عند القفال المروزي، أن "له مذهبًا" لأنه اعتقد أن المذهب الذي انتسب إليه هو الحق، ورجحه على غيره فعليه الوفاء بموجب اعتقاده ذلك.
فإن كان شافعيًّا لم يكن له أن يستفتي حنفيًّا، ولا يخالف إمامه، فقد ذكرنا في المفتي المنتسب ما يجوز له أن يخالف إمامه فيه، وإن لم يكن قد انتسب إلى مذهب معين فينبني ذلك فيه على وجهين
Biroq men bu qavlni ham, unisini ham aytmadim. Agar men demagan bo'lsam, unda siz kimga raddiya yozgansiz bu iqtiboslar bilan? Birovga e'tiroz bildirishdan oldin u bilan o'zining xilofli nuqtasini aniqlab olishi kerak odam, birodarim. Bo'lmasa, o'zingiz bilan o'zingiz munozara qilayotgandek bo'lib qolasiz.
Biroq mening e'tiborimni tortgan iqtibosingiz shayxulislom Ibn Solahning kitoblaridan olgan matningiz bo'ldi. Mana o'sha matn va sizning unga tarjimangiz:
قال الإمام ابن الصلاح الشافعي رحمه الله: [فمَنْ وَجَدَ من الشافعيين حديثًا يُخالِف مذهبه نظر:
- فإنْ كمُلَتْ آلات الاجتهاد فيه، إما مُطلقًا، وإما في ذلك الباب، أو فى تلك المسألة؛ كان له الاستقلال بالعمل بذلك الحديث.
- وإن لمْ تكْمُل إليه، ووجَدَ في قلبه حزازةً من مُخالفة الحديث بعد أن بحَثَ فلَمْ يَجِد لمُخالفته عنه جوابًا شافيًا، فلينْظُر هل عَمِل بذلك الحديثِ إمامٌ مُستقلٌّ؟
- فإنْ وجَدَ فله أنْ يتمَذْهبَ بمذهَبِه في العمل بذلك الحديث عُذرًا في ترك مَذهَب إمامه في ذلك].
أدب المفتي والمستفتي 1/58
"Shofeiy mazhabida (ya'ni: o'zlarining mazhablarida misol keltirib aytyaptilar) bo'lgan inson o'zining mazhabiga muxolif bo'lgan bir hadisni eshitsa, uning holati quyidagicha bo'ladi:
"Agar mujtahid mutloq bo'lsa yoki o'sha (hadis kelgan) bobda yoki o'sha (hadis kelgan) masalada mujtahid bo'lsa, o'zi mustaqil o'sha hadisga amal qilishi mumkin.
Agar mujtahid bo'lmasa, lekin qalbida hadisga qarshi chiqayotganday g'ashlik topsa-yu, lekin o'sha g'ashlikni ketkazadigan qoniqarli javob topa olmasa, qaraydi: Agar bu hadisga biror e'tiborli mujtahid olim amal qilganini topsa, o'sha olimning mazhabiga o'tib, o'sha hadisga amal qilishi joiz. Bu narsa imomining mazhabini tashlashlikka uzr bo'ladi", dedilar.
Keyin esa bu matnni xato tushunishingizga binoan quyidagi savollarni so'ragansiz:
“Salafiylar yoki bemazhablar kim? Mujtahid mutloqmi yoki ba'zi masalalarda mujtahid bo'lgan olimmi? Dalillarni ajrata olgani uchun mazhabdan chiqib, boshqa qavlga ergashadigan muqallid olimmi?
Yoki qalbi qoniqqan olimga ergashayotgan avom odammi?
Bir mazhabga amal qilgan odam bir sahih dalil uchun mazhabidan chiqsa va boshqa bir (mustaqil) imomga ergashsa salafiy (bemazhab) bo'ladimi?
Unday bo'lsa Ibn Solah va Imom Navaviy rohimahullohlar salafiy bo'lganmi yoki salafiylikka chaqirganmi?”
Tarjimangiz, ortidan bergan savolingiz va umuman bu matnni keltirishingizdan ko'rinib turibdiki, siz shayxulislom Ibn Solahning ushbu asarini o'qimagansiz. Shuning uchun bu matndan, har qanday inson bir hadis topsa, unga ergashaverar ekan - omimi, boshqachimi - deb tushunib olgansiz.
Men buni o'zingizdan so'rab aniqlamoqchiman. Ayting-chi, birodar, siz o'zingiz iqtibos keltirgan mana shu kitobni - shayxulislom Ibn Solahning “Adab ul muftiy val mustaftiy” kitoblarini menga mana shu raddiyangizni yozishingiz va u kitobdan naql qilishingiz paytida to'liq o'qiganmidingiz? Shu savolga javobingizni kutaman.
Kitob 175 bet atrofida (nashr qilganning uzundan uzun qo'shimchalarini hisobga olmasa).
Kitob quyidagi 3 qismga bo'linadi:
1. Fatvoning sharafi…. bayoni.
2. Muftiyning shartlari, sifati, hukmi, odobi.
3. Fatvo so'rovchining shartlari, sifati, hukmi, odobi.
( Siz keltirgan iqtibos 2-qismdan. )
Shayxulislom ushbu muborak kitoblarini fatvo berishning naqadar xatarli ish ekanini ta'kidlash bilan boshlaydilar. Fatvo xatari haqida 30 ga yaqin ulamolar so'zlarini keltirib, bu ishdan qattiq ehtiyot bo'lishga chaqiradi, men maqolam cho'zilmasligi uchun ularni keltirib o'tirmayman.
Shundan so'ng ikkinchi qism – Muftiylar hukmlari va shartlari qismini boshlaydi.
U qismda muftiylarni 5 darajaga bo'ladi:
Avvalo, Mustaqil mujtahid muftiylar.
هد المستقل: هو الذي يستقل بإدراك الأحكام الشرعية من الأدلة الشرعية من غير تقليد وتقيد بمذهب أحد.
Mustaqil mujtahid – shar'iy dalillardan shar'iy ahkomlarni olishda (ularga etib borishda) hech kimga taqlid qilmaydigan va hech bir mazhab bilan chegaralanmaydigandir.
So'nra imom mustaqil mujtahidning holati haqida yozib, oxirida bunday deydi:
ومنذ دهر طويل طوي بساط المفتي المستقل المطلق، والمجتهد المستقل وأفضى أمر الفتوى إلى الفقهاء المنتسبين إلى أئمة المذاهب المتبوعة، وللمفتي المنتسب أحوال أربع:
“Ko'-o'p zamonlardan beri mustaqil mujtahid (mujtahid mutloq) qolmadi. Va fatvo berish ishi mazhablar imomlariga o'zini nisbat beruvchi fuqaholarga qoldi. Mazhabga nisbat beriluvchi fuqaholar esa 4 holat (darajada)lar:
الأولى: أن لا يكون مقلدًا "لإمامه"، لا في المذهب ولا في دليله لكونه قد جمع الأوصاف والعلوم المشترطة في المستقل، وإنما ينتسب إليه لكونه سلك طريقه في الاجتهاد، ودعا إلى سبيله.
Birinchi holat: imomiga na mazhabda va na dalilida muqallid bo'lmaydi, sababi mujtahid uchun shart qilingan vasflar va bilimlarni o'zida jamlagan bo'ladi. o'sha imomining ijtihoddagi yo'lini tanlagani uchungina unga o'zini nisbat beradi.
So'ngra ba'zi kibor shofeiy imomlari mana shunday darajani da'vo qilganlarini zikr qilib, “bu juda katta da'vo, ularning holati bu darajaga munosib emas” deydi:
أدب المفتي والمستفتي (ص: 93)
قلت: دعوى انتفاء التقليد عنهم مطلقًا من كل وجه لا يستقيم إلا أن يكون قد أحاطوا بعلوم الاجتهاد المطلق، وفازوا برتبة المجتهدين المستقلين، وذلك لا يلائم المعلوم من أحوالهم, أو أحوال أكثرهم، وقد ذكر بعض الأصوليين منا: أنه لم يوجد بعد عصر الشافعي مجتهد مستقل
O'sha buyuk imomlar uchun bu katta da'vo bo'lsa, hozirgi odamlar uchun nima deyilar ekan?!
(davomi bor)
Mahmud Usmon,
Madina
azon.uz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshiriqlari bilan xalqimizning bag‘rikenglik va qo‘llab-quvvatlash ramzi sifatida "Qurbon hayiti" (Eid al-Adha) munosabati bilan Afg‘oniston aholisiga 183 tonna oziq-ovqat mahsuloti ortilgan navbatdagi insonparvarlik yordami yuklari Balx viloyatiga yetkazildi.
Insonparvarlik yuklari Hayraton shahridagi "Astras" kompaniyasi hududida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Irgashev, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hamda Balx viloyati gubernatorining o‘rinbosari Nurulhodi Abuidris, shuningdek, ikki tomon rasmiylari ishtirokida topshirildi.
Insonparvarlik yordami tarkibidan un, guruch, shakar, makaron va qandolat mahsulotlari, o‘simlik yog‘i, tez tayyorlanadigan taomlar, qizil loviya va mosh o‘rin olgan.
Afg‘oniston rasmiylari O‘zbekiston Prezidenti va xalqiga ko‘rsatayotgan insonparvarlik yordami uchun minnatdorchilik bildirib, Qurbon hayiti munosabati bilan samimiy tabriklarini yo‘llashdi.