Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Iyul, 2025   |   18 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:20
Quyosh
05:01
Peshin
12:34
Asr
17:40
Shom
20:00
Xufton
21:33
Bismillah
13 Iyul, 2025, 18 Muharram, 1447

Hakim at-Termiziy majmuasi direktori: Muqaddas qadamjomizni dunyoning turli davlatlaridan sayyohlar kelib, ziyorat qiladi

27.01.2021   1581   3 min.
Hakim at-Termiziy majmuasi direktori: Muqaddas qadamjomizni dunyoning turli davlatlaridan sayyohlar kelib, ziyorat qiladi

Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi ishchi guruhi ayni kunlarda Surxondaryo viloyatida bo'lib, hududda ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlashga oid o'rganish ishlarini olib bormoqda. O'rganish davomida mas'ullar vohadagi turizm ob'ektlari, ko'ngilochar maskanlar hamda viloyat turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasi, Boysun turizm va servis kollejida davlat tili to'g'risidagi qonunchilikka rioya etilishiga doir holat bilan yaqindan tanishdi. Davlat tilida ish yuritish holati, turizm ob'ektlari va ko'ngilochar maskanlarga nom berilishi hamda tashqi reklama to'g'risidagi qonunchilikka muvofiqligi o'rganildi. Surxondaryo viloyati Turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasida o'tkazilgan o'rganish yakunlariga bag'ishlangan yig'ilishda so'nggi yillarda mamlakatimizda o'zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar borasida so'z yuritildi.
Prezident Shavkat Mirziyoevning 2020 yil 20 oktyabrdagi «Mamlakatimizda o'zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi farmoni ijrosi sohadagi ishlar samaradorligini yanada oshirishga yo'naltirilgan. Shu o'rinda, «2020-2030 yillarda o'zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish kontseptsiyasi» tasdiqlanib, tegishli vazifalar belgilab olingan.
«Mamlakatimizda qabul qilingan «Davlat tili haqida»gi O'zbekiston Respublikasi qonuni Vatanimiz suvereniteti va mustaqilligi yo'lida tashlangan dadil qadamdir, – dedi Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi raisining ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo'yicha maslahatchisi, ishchi guruh rahbari O'tkir Saidov. – O'ttiz ikki yildan buyon mazkur qonun xalqimizni ezgu islohotlar yo'lida birlashtirib, tinch, obod va to'kin hayot qurishdek ulug'vor ishlarga undaydigan beqiyos kuch sifatida namoyon bo'lmoqda. Ona tilimiz xalqaro minbarlarda baralla yangrab, uning dunyodagi o'rni va nufuzi oshmoqda. So'nggi yillarda «O'zbek tili bayrami kuni» keng nishonlanayotgani ham yurtimizda davlat tiliga qaratilayotgan e'tiborning yorqin ifodasidan dalolatdir».
Ishchi guruh tomonidan joylardagi turizm ob'ektlari, ko'ngilochar maskanlar hamda hududiy departament va boshqarmalarda qonun ijrosi ta'minlanishini o'rganib, o'zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish kontseptsiyasini ro'yobga chiqarishga yaqindan ko'maklashishni maqsad qilingan. Ishchi guruh a'zolari Hakim at-Termiziy, Iso Termiziy, Sulton Saodat majmualari, Kokildor ota xonaqasi, Qirqqiz qalasi, Termiz hayvonat bog'i, Qoratepa, Fayoztepa arxeologik yodgorliklari, Termiz Arxeologiya muzeyi, Termiz davlat muzey qo'riqxonasi, Termiz shahridagi mehmonxonalar va boshqa turizm ob'ektlardagi nom berilishi, peshtaxta yozuvlarining davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlariga muvofiqligini ko'zdan kechirib, yo'l qo'yilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha tegishli taklif va tavsiyalar berishdi.
«Yildan-yilga obodonlashib borayotgan muqaddas qadamjomizni dunyoning turli davlatlari va mamlakatimizning barcha hududlaridan sayyohlar kelib, ziyorat qiladi,– deydi Hakim at-Termiziy majmuasi direktori A.Choriyev. – Shuningdek, peshtaxtalardagi ayrim yozuvlarni davlat tilida yozib qo'yishda e'tiborsizlikka yo'l qo'ygan ekanmiz. Ishchi guruh o'rganib, ularni qonun hujjatlariga muvofiqlashtirishni tavsiya etdi. Barcha yozuvlarni davlat tilida aks ettirishning nafis madaniyatimiz, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash hamda ona tilimizning nufuzini oshirishdagi ahamiyati haqida tushunchalar berdi va biz bu kamchilikni tezda bartaraf etishga kirishdik».

O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Yurtga qaytgan hojilar – ezgu ishlar boshida

12.07.2025   4160   2 min.
Yurtga qaytgan hojilar – ezgu ishlar boshida

2025 yilgi Haj safarida ishtirok etgan yurtdoshlarimiz “Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari” tashabbusi doirasida faol ish olib bormoqdalar. Ushbu tashabbus doirasidagi navbatdagi namunaviy-amaliy tadbir Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida bo‘lib o‘tdi.


Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Farg‘ona viloyati vakili, viloyat bosh imom-xatibi Ubaydulloh domla Abdullayev ishtirok etib, tadbirga boshchilik qildi. “Sayyid Ahmadxon hoji” jome masjidida o‘tkazilgan yig‘ilishda tajribali imom-xatiblardan iborat Ishchi guruh tuzilib, ustuvor vazifalar belgilab olindi.


Ishchi guruh uch yo‘nalishda faoliyat olib bordi. Jumladan:


– Hajdan qaytgan ziyoratchilar ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga jalb etildi;

– 65 ta oilaga borilib, ma’naviy suhbat va amaliy yordamlar ko‘rsatildi;

– 9 ta xonadondagi ruhiy-ma’naviy qiyinchiliklar o‘rganilib, maslahatlar berildi.

– Oilaviy kelishmovchilik sababli notinch bo‘lib turgan oilalarga suhbat va nasihatlar o‘tkazildi. Natijada 2 ta arazlashgan oila yarashtirilib, 1 ta ajrimning oldi olindi;

– Sudlanganlar, jazo muddatini o‘tayotganlar hamda ularning oilalari bilan muloqot qilindi.

– Nogiron va ehtiyojmandlar holidan xabar olinib, moddiy-ma’naviy ko‘mak ko‘rsatildi.


Tumanning Taptiqsaroy mahallasida yong‘in oqibatida zarar ko‘rgan xonadonni qayta ta’mirlash ishlari homiylar va hojilar ko‘magida boshlab yuborildi. Bosh imom-xatib Ubaydulloh domla ushbu xonadonga tashrif buyurib, muloqot qildi hamda tavsiyalar berdi.


Bundan tashqari, “Doimobod” mahallasidan bo‘lgan, nogironligi bor fuqaroning uyiga ham tashrif uyushtirilib, tugallanmagan uy qurilishi uchun zarur qurilish materiallari yetkazildi.


Peshin namozidan so‘ng Ishchi guruh tarkibidagi iqtidorli imom-xatiblar jamoatga ma’ruza qilib, tinchlik, osoyishtalik va xalq farovonligi uchun duo qildilar. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Farg‘ona viloyati vakilligi
Matbuot xizmati

Yurtga qaytgan hojilar – ezgu ishlar boshida Yurtga qaytgan hojilar – ezgu ishlar boshida Yurtga qaytgan hojilar – ezgu ishlar boshida Yurtga qaytgan hojilar – ezgu ishlar boshida Yurtga qaytgan hojilar – ezgu ishlar boshida Yurtga qaytgan hojilar – ezgu ishlar boshida
O'zbekiston yangiliklari