21 yanvar' kuni poytaxtimizga Qozog'iston Respublikasi Nur-Sulton shahridan "Kazakh Tourizm" Milliy kompaniyasi boshchiligida delegatsiya tashrif buyurdi.
Delegatsiya e'tiboriga Toshkent shahri va O'zbekistonning bir qator hududlari bo'ylab infotur dasturi taqdim etilgan bo'lib, Toshkent shahar Turizmni rivojlantirish departamenti tomonidan tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadlaridan biri Qozog'iston turistik assotsiatsiyasi bilan turizm sohasidagi aloqalarni mustahkamlash, respublikada ziyorat turizmni rivojlantirish, hamkorlik kelishuvlariga erishish va do'stona munosabatlarni yanada mustahkamlashdan iborat.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Alloh taolo aytadi: "Lekin Alloh ularning otlanishlarini yoqtirmay, tutib qoldi", (Tavba surasi, 46-oyat).
Alloh sizni din ishlariga xizmatchi qilib olgan bo‘lsa, demak, qalbingizga qarab, rozi bo‘libdi. Oddiy bir inson o‘z ishlarida uquvsiz kimsalarni ishlatgisi kelmaydi-ku, Alloh ishlatadi deysizmi?
Allohning yo‘lidan uzoq bo‘lgan odam borki, albatta, Alloh uning ichidan boxabarligi uchun rozi bo‘lmagan. Mashhur odamlarga havas qilmang. Ular arzimagan ishlar bilan mashg‘ullar. Alloh ularni yaxshi ko‘rganida, o‘ziga xodim qilib olgan bo‘lardi.
Zarracha savob ish qilmagan milliarderlarga havas bilan qaramang. Alloh ularni yaxshi ko‘rganida, ulardan yuz o‘girmagan bo‘lardi.
"Rasailu minal Qur’an" asaridan