Shu yil 3 noyabr' kuni O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Holiqnazar hazratlari raisliklarida Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan imom-xatiblarning majlisi bo'lib o'tdi.
Yig'ilish Qur'oni karim tilovati va xayrli duolar bilan boshlandi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Holiqnazar hazratlari imom-xatiblik mas'uliyatli va sharafli vazifa ekanini ta'kidlash barobarida ular din va millat rivoji uchun xizmat qilishlari hamda keyingi yillarda diniy-ma'rifiy sohada bo'layotgan o'zgarishlar haqida so'z yuritdilar.
Shuningdek, Muftiy hazratlari Samarqand viloyatida oxirgi yillarda diniy sohada ko'plab natijalarga erishilgani, hali tizimda ko'plab qilinishi lozim bo'lgan ishlar borligini alohida ta'kidlab, mazkur jarayonda ba'zi imom-xatiblar faoliyatida kamchiliklar kuzatilayotganini misollar bilan keltirib o'tdilar.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
#Ajdodlar_merosini_o‘rganamiz
Buyuk mutafakkir va faqih Burhoniddin Marg‘inoniyning yetuk shogirdi, hanafiy olim Imom Zarnujiy rahimahullohning "Ta’limul muta’allimi toriqot ta’allumi" kitobi asosida ilm olishning foydalari, odoblari, inson va jamiyat taraqqiyotida ilm-fanning o‘rni haqida so‘z boradi.
Sakkiz asrdan beri ilm ahli, talabalar va ziyolilar orasida keng foydalanib kelinayotgan mazkur asar haqida Alloma Laknaviy rahimahulloh haqida "Ko‘p foydalarga ega, nafis, manfaatli kitob", deya ta’rif bergan.
Abduvohid domla Ahmadaliyev
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi mutaxassisi