Indoneziyaning «Kompasiana» elektron nashri 12 yanvar' kuni Halqaro islom akademiyasida bo'lib o'tgan xorijdagi O'zbekiston elchilari bilan uchrashuvga bag'ishlangan maqolani chop etdi, deb xabar bermoqda "Dunyo"axborot agentligi.
Ma'lum qilinishicha, yig'ilishda O'zbekistonda ziyorat turizmining rivojlanishi, tarmoqni butun dunyoni qamrab olgan koronavirus pandemiyasi bilan bog'liq inqirozdan olib chiqish yo'llari muhokama qilingan.
Ta'kidlanishicha, Imom Moturidiy, Imom Buxoriy, Imom Nasafiy, Naqshbandiy va Yassaviy kabi ulug' allomalarning boy ilmiy meroslari har tomonlama o'rganilib, dunyoga keng targ'ib qilinmoqda. Rossiya, Qozog'iston, Turkiya, Malayziya, Indoneziya, Pokiston va boshqa mamlakatlarda katta qiziqish uyg'otmoqda. Shuningdek, O'zbekistonga Hindiston, Indoneziya, Malayziya, Pokiston, Misr fuqarolarida qiziqish juda katta ekani va bu borada o'zaro hamkorlikda faoliyat yuritish orqali yaxshi natijalarga erishish mumkinligi qayd etildi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati
Alloh taolo aytadi: “Kim Allohga taqvo qilsa, U unga (tashvishlardan) chiqish yo‘lini (paydo) qilur”, (Taloq surasi, 2-oyat).
Izoh:
- Ibn Abbos roziyallohu anhu oyati karimaning “chiqish yo‘li” qismini “dunyo va oxiratdagi har turli tashvishlardan uni qutqaradi”, deb tafsir qilganlar.
- Ali ibn Solihga ko‘ra, “chiqish yo‘li” Alloh taoloning o‘sha bandaga rizq berish bilan uni xushnud etishidir.
- Kalbiy oyatni bunday tafsir qiladi: “Kim musibat paytida sabr qilib, Allohdan qo‘rqsa, Parvardigor unga do‘zax otashidan jannat sari bir chiqish yo‘li ko‘rsatadi”.
- Abul Oliya oyatni: “Turli mashaqqat va tashvishlardan chiqish yo‘li”, deya sharhlagan bo‘lsa,
- Rabi’ ibn Haysam: “Odamni siqadigan hamma narsadan unga chiqish yo‘li ko‘rsatadi”, shaklida tafsir qilgan.
- Husayn ibn Fazlga ko‘ra, oyat tafsiri bunday: “Kim farzlarni ado etish borasida Allohdan qo‘rqsa, Alloh unga jazolanishdan qutulish yo‘lini ko‘rsatadi”.