OZ-OZ O'RGANIB DONO BO'LUR...
* * *
ZahiruddinMuhammad Bobur xazinalari
* * *
MUBAYYaN VA NASRIY BAYoNI
* * *
IYMON-E_''TIQOD KITOBI
* * *
NAZM
Ishorat isrofil alayhissalomning surig'a
Davri oxirki chun yovuqlashsa,
Umr paymonasi bari toshsa,
Amr bo'lg'ay Hudoydin, beqiyl,
Damni sur ichra surgay Isrofil.
Sham'dek o'lg'ay el bu dam birla,
Ham adam bo'lg'ay el bu dam birla.
Holiy o'lg'ay bu xalqdin olam,
Umrlar bo'lmag'ay baniy Odam.
Yana bo'lg'ay Hudoydin ma'mur,
Sur aro dam surarga sohibsur.
Zinda qilg'ay barini bir damda,
Hech o'luk qolmag'ay bu olamda.
Hashr o'lur mo''miniyn bu suratta,
Balki, mundin latif hay'atta.
NASRIY BAYoN
Isrofil alayhissalomning
sur chalishlari bayoni
Oxirat vaqti yaqinlashsa va barcha umrlarning paymonasi to'lib-toshsa, ya'ni insoniyat umri nihoyasiga etsa, shubhasiz, Alloh ta'olodan amr bo'lib, (farishtalarning ulug'laridan bo'lmish) Isrofil alayhissalom surga dam uradilar (surni chaladilar).
Bu dam urish bilan butun xalq (maxluqot) sham'dek (erib tamom) bo'ladi hamda xalq bir damda yo'qlikka ketadi, ya'ni vafot topadi. Shunda dunyo xalqdan (barcha tirik maxluqotdan) bo'shab qoladi,butun Odam farzandlarining umri tugaydi.
Yana sur egasi (Isrofil alayhissalom) Alloh tarafidan surni (ikkkinchi bor) chalishga buyuriladi. Bir damda (bir onda) butun jonu jonzotni (Alloh O'z amri bilan) tiriltiradi va olamda birorta ham o'lik jonzod qolmaydi.
Bu suratda (bu holatda) barcha mo''minlar ham tirilib hashr bo'ladilar – mahshargohda to'planadilar, balki bundan ham nozik bir hay'atda – nozik shaklu holatda tirilib jamlanadilar.
IZOH. Qur'oni karimda uch turli sur chalinishi bildirilgan:
BIRINChI SUR: o'lish. osmonlardagi va erdagi jon-jonzotlarning hammasi yiqilib o'ladi, faqat Alloh xohlagan vazifador farishtalar qoladi (Zumar surasi, 68-oyatiga ko'ra).
«Alloh xohlagan farishtalar»dan maqsad to'rt ulug' farishta yoki Arshni ko'tarib turuvchi farishtalar yoxud jannat farishtalari va ularning tepasidagi Rizvon hamda do'zax farishtalari bo'lgan zaboniylar va tepalaridagi Molikdir (“Fayzul-Furqon”).
IKKINChI SUR: hamma jon-jonzod qayta tiriladi (Zumar surasi, 68-oyatiga ko'ra).
UChINChI SUR: hamma Alloh tomon boradi – mahshargohda to'planadi (Naml surasi, 87-oyatiga ko'ra).
Insonlar orasidagi bog'liqliklar, nasablar yo'q bo'ladi, hech kim birbirining holini so'rab-surishtirmaydi. Butun hukmronlik Allohniki bo'ladi (An'om surasi, 73-oyatiga ko'ra).
Nasriy bayon va sharh muallifi:
Mirzo KYeNJABYeK
Ayoli vafot etganidan keyin eri juda mayus bo‘lib qoldi. Bir kuni uning yaqin do‘sti uni koyidi:
– Haliyam uylanmadingmi?
– Yo‘q, – dedi u.
– Nega, nahotki boshqa ayollar ichida senga yoqadigani bo‘lmasa?
– Rahmatli ayolimga o‘xshagani topilmasa kerak...
– Qo‘ysang-chi, ayollarning bari bir-biriga o‘xshaydi-ku!..
– Men zohirini aytmayapman. Ichki olamini, botinini aytyapman.
Yigit hayron bo‘lib qarab turgan do‘stiga hayotida bo‘lgan birgina voqeani gapirib berdi:
“Bir kuni ayolim jahlimni chiqardi. Qattiq urishdim va uni ota uyiga haydadim. Jimgina ketdi. Oradan bir necha kun o‘tgach, qilgan ishimdan pushaymon bo‘ldim. Aslida ayb o‘zimdan o‘tganini angladim. Ming andisha bilan qaynotamnikiga bordim. Eshik oldida biroz turib qoldim. So‘ng eshikni taqillatdim. Ayolim ochdi va meni hayratda qoldirib, xuddi oramizda hech gap o‘tmaganday, baland ovozda:
– Assalomu alaykum dadajonisi, safaringiz yaxshi o‘tdimi? – deya tabassum bilan ko‘zini qisib qo‘ydi. Unga bir nimalar demoqchi bo‘lgan edim, u meni qattiq bag‘riga bosib, bunday dedi:
– Gapirmang, ota-onamga sizni “safarga ketdilar”, dedim...
Ana shunday fahmli, oqila edi ayolim. Shuning uchun ham unga hech birini o‘xshatolmay, uylanolmay yuribman, do‘stim”.
Ha, azizlar! Alloh taolo erkakni ayol uchun, ayolni erkak uchun ne’mat qilib bergan. To‘g‘ri, ba’zilar bir-birlarining kamchiliklaridan shikoyat qilib qolishadi. Ammo hech kim benuqson emas. Mukammal ayolni ham, erkakni ham axtarmang bu dunyoda. Hikoyada kelganidek, ba’zida er uchun bir jufti halol butun dunyodagi ayollardan afzal bo‘lishi mumkin. Shunday ekan, ahli ayolimizni qadrlaylik. Zero, u ham kimningdir farzandi, bolalarimizning onasi. Eng muhimi, Allohning bizga bergan omonatidir.
Akbarshoh RASULOV